Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Veymar respublikasi
inqirozining boshla- nishi. “Daues” rejasi - 33 - Konstitutsiyasiga qarshi kuchlarning bosh ko'targanligi edi. Bu kuchlar Versal shartnomasi va Veymar Konstitutsiyasini tan olmadilar. Ayni paytda bu kuchlar mamlakatda monarxiyani qayta tiklash orzusida edilar. Bu kuchlar 1920-yilning 13-mart kuni monarxist V. Kapp va general E. Lyudendorf boshchiligida davlat to'ntarishi o'tkazish uchun isyon ko'tardilar. V. Kapp o'zini kansler (bosh vazir) deb e'lon qildi va parlamentni tarqatib yubordi. Qo'rqib ketgan hukumat Berlindan qochib ketdi. Ana shunday sharoitda Germaniyada 12 mln. ishchi va xizmatchi isyonga qarshi norozilik belgisi sifatida ish tashladi. Bu hodisa isyonchilami chekinishga majbur etdi. 1922-yilda V. Kuno boshchiligidagi hukumat mamlakatda millatchilik g'oyalarini avj oldirdi. Shuningdek, Antanta davlatlariga tovon to'Iamaslikni zo'r berib targ'ib eta boshladi. Bunga javoban Fransiya va Belgiya armiyasi Rur viloyatini ishg'ol etdi. Bu voqea mamlakatda uningsiz ham og'ir ahvolni yanada og'irlashtirib yubordi. Natijada V. Kuno hukumati iste'fo berishga majbur bo'ldi. 1923-yilda Germaniya kommunistik partiyasi E. Telman boshchiligida Gamburgda qo'zg'olon ko'tardi. Bu qo'zg'olonni Komintern moddiy jihatdan qo'llab- quvvatlagan edi. So'llaming bu avantyurasi tezda bostirildi. Shu yilning 8-dekabr kuni Myunxen shahrida bir guruh fashistlar fashistik diktatura o'matish talabi bilan mitingga to'plandilar. A. Gitler boshchiligidagi bu isyon ham bostirildi. 1924-yilga kelgandagina Germaniyada vaziyat barqarorlasha boshladi. Bu barqarorlikning iqtisodiy asosi «Daues rejasi» deb nom olgan reja edi. AQSH Germaniyaning butunlay zaifiashtirib qo'yilishini aslo istamas edi. Chunki Germaniyaning butunlay zaiflashuvi AQSHning doimiy raqiblari Buyuk Britaniya va Fransiyani yanada kuchaytirgan bo'lardi. Bundan tashqari, AQSHga yangi raqibi - Sovet davlatini jilovlashda qudratli Germaniya zarur edi. Shuning uchun AQSH Germaniyaga iqtisodiy va moliyaviy yordam ko'rsatishga qaror qildi. Bu yordam rejasi tarixga «Daues rejasi» nomi bilan kirgan. Oxir-oqibatda esa, bu reja Germaniya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishiga, uning harbiy qudrati qayta tiklanishiga asos bo'lib xizmat qildi. Rejani AQSHlik bankir, general Daues boshchiligidagi maxsus komissiya ishlab chiqqan edi. Mazkur reja 1924-yil 16-iyulda Londonda bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyada qabul qilindi. Rejada Germaniya sanoatini, birinchidan, diet el sarmoyasi yordamida, ikkinchidan, Germaniya va Rossiya o'rtasidagi savdoni yanada rivojlantirish yo'li bilan tiklash ko'zda tutildi. Rejada Germaniyaning 1925-yilda Antanta davlatlariga oltin hisobida 1 mlrd. marka tovon to'lashi ko'zda tutilgan. 1929-yilda esa bu ko'rsatkich yiliga 2,5 mlrd. markani tashkil etishi kerak edi. Keyinchalik bu to'Iovlar miqdori kamayar va Germaniya iqtisodi imkoniyati darajasiga qarab to'lanar edi. «Daues rejasi»ning qabul qilinishiga Fransiya rozi bo'lsa, AQSH Fransiyaning qarzlarini kechib yuborish majburiyatini olgan edi. Shuning uchun ham u «Daues rejasi»ni qabul qildi va 1925-yilda Rur viloyatidan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketdi. Buyuk Britaniya esa Fransiyaning Yevropa qit'asida yetakchi davlat bo'lib qolishini xohlamas edi. Kuchli Germaniyaning mavjud bo'lishi Fransiyani Buyuk Britaniya bilan hisoblashishga majbur etar edi. Qolaversa, kuchli Germaniya Buyuk Britaniya uchun Sovet davlatiga qarshi turishi ham zarur edi. - 34 - 1924-1929-yillar oralig'ida chet davlatlarning Germaniyaga bergan qarziari, kiritgan sarmoyalari 21 mlrd. markani tashkil etdi. AQSHning o'zi 10 mlrd. dollarlik sarmoya kiritdi. Bu qarz o'z samarasini ko'rsatdi. Germaniya iqtisodiy taraqqiyotida katta muvaffaqiyatlarga erishdi va 1927- 1928-yillarga kelib bu davlat sanoat ishlab chiqarish va tashqi savdo hajmi bo'yicha urushdan oldingi darajaga chiqib oldi. 1929- yil esa undan oshib ham ketdi. Sanoat taraqqiyotida u Buyuk Britaniya va Fransiyani orqada qoldirdi. 1929-yilda ―Daues rejasi‖ «Yung rejasi» bilan almashtirildi Iqtisodiyotning yuksalish yillarida (1924-1929) sanoatning deyarli barcha sohalarida monopoliyalar yanada kuchaydi. Yangi sarmoyadorlar ko'paydi. 1930-yilda ularning soni 2100 taga yetdi hamda iqtisodiyot va siyosatga tobora katta ta'sir ko'rsata boshladilar, shuningdek jamoatchilik fikrini belgilashda hal qiluvchi mavqega erisha bordilar. Bu esa, o'z navbatida, mamlakatda millatchi revanshchi kuchlarning ta'siri kuchayishiga olib keldi. Bu kuchlarning yirik namoyandalaridan biri sobiq kayzer, Germaniya qurolli kuchlarining bosh qo'mondoni feldmarshal P. Gindenburg edi (1874-1934). U 1925-yilda mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Uning prezidentligi davrida Germaniya armiyasi qayta qurollantirila boshlandi. Harbiy-dengiz floti ham tiklana boshlandi. Sanoatning harbiy maqsadlarga mo'ljailangan tarmoqlari rivojiga katta mablag' sarflandi. Germaniya endi Versal shartnomasini ochiqdan-ochiq inkor etish yo'liga o'tdi. Xususan, armiya soni 350 ming kishiga yetkazildi. Mamlakat aholisi, asosan yoshlar ongi g'oyaviy jihatdan yangi urushga tayyorlana boshlandi. Veymar Respublikasi hukumati xalqaro maydonda G'arb davlatlari bilan yaqinlashish siyosatini yurita boshladi. 1925-yilda Germaniya Lokarno shahrida Reyn paktini imzolashga erishdi. Unga ko'ra, Germaniyaning Fransiya va Belgiya bilan mavjud chegarasi tan olindi. Ayni paytda Fransiya va Germaniya bir-biriga hech qachon hujum qilmaslik majburiyatini oldilar. Buyuk Britaniya va Italiya esa bu paktning xalqaro kafillari deb belgilanadi. Biroq Germaniyaning sharqiy qo'shnilari bilan mavjud chegaralar buzilmasligi masalasi ochiq qoldi. Buning nima oqibatlarga olib kelganligi avvalgi mavzulardan ma'lum. 1926-yilda Germaniya Millatlar Ligasiga qabul qilindi va unga Liga Kengashining doimiy a'zosi maqomi berildi. Bu amalda Germaniyaning buyuk davlat sifatida tan olinishi edi. 1929-yilda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi Germaniyani ayanchli ahvolga solib qo'ydi. Uch yil davomida ishlab chiqarish tinimsiz pasayib bordi. Xususan, ishlab chiqarish 40 foizga, real ish haqi esa 50 foizga kamaydi. Mamlakatda ishsizlar soni 9 mln. dan oshdi. Ularning faqat 20 foizigina ishsizlik nafaqasini olardi. Xizmatchilarning ahvoli nihoyatda yomonlashdi. Mayda va o'rta tadbirkorlar, sotuvchilar bankrotga uchradilar. Qator banklarning bankrotga uchrashi moliya-kredit tizimini larzaga soldi. Iqtisodiyotning chet el moliyaviy yordamiga qaramligi, ayni paytda inqiroz davrida chet el sarmoyasining qaytarib olina boshlanishi, ichki bozorning torligi, sobiq Antanta davlatlariga tovon to'lash, moddiy resurslar manbayi bo'lish, mustamlakalarning yo'qligi kabi omillar buning sababi edi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling