Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Fashizmning mohiyati
va fashistlarning ichki siyosati. - 38 - navbatda siyosiy demokratiyani yo'q qilishga kirishdi. Bu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun har qanday jirkanch vositalarni ishga soldi. Xususan, siyosiy partiyalar faoliyatiga barham berish uchun 1933-yil 23-fevralda Reyxstag binosiga o't qo'yishni uyushtirdi va aybni kommunistlarga ag'darib bolgariyalik G. Dimitrovni sud qildi. Lekin uni oqlashga majbur bo'ldi. Fashistlar ochiq terror yo'liga o'tdilar. Fashistlar partiyasidan boshqa barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. A. Gitler sotsial-demokratlarni Birinchi jahon urushida Germaniya taqdiri hal bo'layotgan kezlarda noyabr inqilobini keltirib chiqarganlikda, kommunistlarni esa «qizil diktaturani» o'rnatmoqchi bolganlikda va sovetlarning josuslari sifatida aybladi. Gitler prezident Gindenburgga «Xalq va davlatni muhofaza qilish to'g L risida»gi dekretni imzolatishga erishdi. Bu dekret A. Gitlerga favqulodda vakolatlar berdi. Endi Reyxstag boshlig'i Gitler o'z dekretlari bilan mamlakatni boshqarish huquqiga ega bo'ldi. 1934-yil 2-avgust kuni prezident Gindenburg vafot etdi. A. Gitler prezidentlik lavozimini ham egalladi. Shu tariqa, butun hokimiyat A. Gitler qo'lida to'plandi. Endi u Germaniyaning Federativ Davlat maqomini bekor qildi, barcha darajadagi ma'muriy organlar rahbarlari tayinlanadigan bo'ldi. Davlat hokimiyatining bo'linishi tamoyili harakatdan to'xtatildi va Reyxstagga saylov bekor qilindi hamda qonun chiqaruvchi hokimiyat funksiyasi hukumatga topshirildi. Shu tariqa Veymar Respublikasi amalda barham topdi. Taqiqlangan kasaba uyushmalari o'rniga natsistlar partiyasiga to'liq bo'ysunuvchi «Germaniya mehnat fronti» tuzildi. Barcha matbuot nashrlari yopildi yoki fashistlar nazorati ostiga olindi. Fashizmning kelajagini tarbiyalash maqsadida «Gitleryugen» deb ataluvchi yoshlar taslikiloti tuzildi. Davlat apparatida puxta tozalash o'tkazildi. Natsizmga ozgina bo'lsada muxoliflikda shubha qilinganlar xizmat vazifalaridan bo'shatildi. Ularning o'rnini natsistlar partiyasi a'zolari egalladilar. Qurolli kuchlarning barcha zobitlari natsistlar partiyasi a'zosi bo'lishi shart qilib qo'yildi. 1933-yilning oxiridayoq muxolif marralarda turuvchi barcha tashkilotlar amalda yo'q qilindi. Ayni paytda A. Gitler o'z partiyasi ichidagi muxoliflarni ham qatag'on qildi. Bu mash'um reja 1934-yil 30-iyun kuni tunda amalga oshirildi. Bu tun Germaniya tarixiga «uzun pichoqlar kechasi» nomi bilan kirgan. Shu tariqa A. Gitler Germaniyaning yagona hukmdori, partiya rahbari, fyurer, ya'ni Germaniya xalqining cheksiz huquqqa ega bo'lgan dohiysiga ayfandi. Uning hokimiyatini mustahkamlash asosi terror edi. A. Gitlerning fikricha, terror - bu siyosiy raqiblarini yo'q qilish vositasigina emas, ayni paytda butun nemis xalqini qo'rqitish omili, fuqarolarda qarshilik ko'rsatish muqarrar halokatga olib boradi, degan aqidani qaror toptirish vositasi ham bo'lishi kerak edi. Albatta, Gitler yalpi terror va qatag'on siyosatini bu siyosatni amalga oshirishga qodir bo'lgan qudratli terrorchi tashkilotlarsiz amalga oshira olmas edi. Shuning uchun ham u bunday tashkilotlarni vujudga keltira oldi. Tez orada natsistlar o'zlarining bosh jazo idorasi - xavfsizlik otryadlarini (qo'riqlash qo'shini) - SSni tuzdilar. Unga A. Gitlerning ishongan odami G. Gimmler rahbarlik qildi. - 39 - SS otryadlarining vazifasi - o'zgacha fikrlovchi odamlarni ta'qib etish, ommaviy qirg'in uyushtirish, pechlarda yoqib yuborish, gaz kameralarida zaharlab o'Idirishdan iborat edi. Shuningdek o'lim lagerlari (konslager)ga olib kelingan asirlar ustidan turli tajribalar (muzlatish, zaharli o ’ t ta'siri, turli tibbiy sinovlar) o'tkazilishini tashkil etdi. SSning tarkibiy qismini gestapo (maxfiy politsiya) va SD (razvedka va kontrrazvedka) tashkil etgan. Ularning asosiy vazifasi mavjud tuzumga qarshi paydo boigan har qanday muxolifatni joyida yo'q qilishdan iborat edi. Ayni paytda ular zimmasiga yahudiylarni ommaviy qirgin qilish vazifasi ham yuklatilgan. Fashistlar o'zgacha fikrlovchilar, demokratik tashkilotlar vakillari va harbiy asirlarni ommaviy qirg'in qilish maqsadida I5ta o'lim lagerlari barpo etdilar, bu lagerlarda 10 mln. ga yaqin kishi yo'q qilindi. Asir ayollar sochlaridan kema machtalariga iplar to'qilgan,odam bolasi terisidan ayollar sumkachalari, qo'lqoplar tayyorlangan, yog'idan sovun ishlab chiqarishda foydalanilgan, yoqilgan murdalarning kullari o'g'it sifatida ekin maydoniga sepilgan. Asirlarning tilla tishlari sug'urib olinib, fashistlar davlati manfaatlari yo'lida ishlatilgan. Davlatda oziq-ovqat tanqisligi ro'kach qilinib, yaratuvchilik mehnatiga noqobil boigan barcha kishilar, qariyalar, telbalar, ruhiy bemorlar, tutqanoq kasali bilan og'rigan bemorlarni qirib yuhorishga buyruq berilgan. Germaniyaning 275 ming aholisi o'idirilgan. Natsistlar yahudiy abolini to'liq qirib tashfash bo'yidia maxsus dastur ishlab chiqqanlar. Bu - insoniyat tarixida eng shafqatsiz irqiy ta'qib edi. Xususan Yevropada 6 mln. dan ortiq yahudiy qirib tashlangan. Fashistlar o'z ichki siyosatlarida maktab tarbiyasiga katta e'tibor berganlar. Maktabga qadam qo'yilgan davrdan boshlaboq «irqiy dunyoqarash», «irqiy ustunlik» va german qonunini sof saqlashga e'tiqod tarbiyalana boshlagan. Maktablarda faqat natsizmga xizmat qiluvchi o'qituvchilargina ishlagan. 1933-yilning may oyidan boshlab 18-25 yoshlilar uchun ichki mehnat majburiyati joriy etildi. 1935-yil mart oyidan boshlab esa umumiy harbiy majburiyat to'g'risidagi qonun kuchga kirdi. Germaniya iqtisodiyotini harbiy izga ko'chirish uchun zarur chora amalga oshirildi. Shu maqsadda 1934-yil 20-yanvarda «Milliy mehnatni tartibga solish to'g'risida» qonun qabul qilindi. Unga ko'ra, fuqaro uchun mehnatni erkin tanlash huquqi bekor qilindi. 1936-yilning yozida iqtisodiyotni harbiy yo'nalishga o'tkazishning 4 yillik rejasi rasman tasdiqlandi, Shu 4 yil ichida dunyoda eng qudratli zamonaviy armiya tashkil etilishi lozim edi. Shu yillar davomida harbiy xarajat 10 baravar oshdi. 1939-yilga kelib Buyuk Britaniya harbiy xarajati 5 mlrd., Fransiyaniki 2,3 mlrd. markani tashkil etgani holda Germaniya harbiy xarajatlari 18 mlrd. markani tashkil etdi. 1939-yilda Germaniyada diviziyalar soni 1914-yilgi darajaga yetkazildi va ular eng zamonaviy qurol-yarog'lar bilan qurollantirildi. Harbiy-dengiz floti modernizatsiya qilindi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling