Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
 
 
 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
 
1. Birinchi jahon urushining Fransiya iqtisodiyotiga ta’siri haqida so’zlang. 
2. Nima uchun Aristid Brianni hozirgacha ―Evropaning otasi‖ deb atashadi? 
3. ―Kollaboratsionist‖ va ―Devolvatsiya‖ atamalariga ta’rif bering. 
4. ―To’rtlar bitimi‖ va uning maqsadllari haqida so’zlab bering. 
5. 1932-1939-yillarda Fransiyaning tashqi siyosatida qanday o’zgarishlar yuz 
berdi? 
6. ―Fransiyada fashizmga qarshi kurash‖ mavzusida mustaqil ishlang. 
1918-1939 YILLARDA BUYUK BRITANIYA 
 
Tarixni esga oling ! 


- 49 - 

Buyuk Britaniya hududida ilk davlatlar ―xalqlarning buyuk ko’chishi‖dan 
so’ng paydo bo’ldi. Britaniya oroliga bostirib kirgan anglo-saks va yut 
qabilalari bu hududda bir necha qirolliklarga asos solishdi. Bu davr Angliya 
tarixida ―Geptarxiya‖, ya’ni ―etti qirollik‖ davri deb ataladi. 

1066-yilda Britaniya hududini Normandiya gertsogi Vilgelm Bosqinchi iste’lo 
qildi. Bu davr Angliya tarixida yangi davr bo’lib, markazlashgan feodal 
davlatning tashkil topishi bilan harakterlanadi. 

Buyuk Britaniya ham Fransiya kabi butun tarixi davomida Evropada birinchi 
bo’lishga intilib keldi. Bu esa Buyuk Britaniya va Evropa davlatlari (ayniqsa 
Fransiya va Ispaniya bilan) o’rtasida qirg’inbarot urushlarga sabab bo’ldi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Buyuk Britaniyaning orolda joylashganligi 
uning butun tarixi davomida qo’l keldi. 

Buyuk geografik kashfiyotlarda Buyuk Britaniya faol harakat qildi va 
Amerika, Afrika hamda Hindixitoyda ko’plab mustamlakalarga ega bo’ldi. Bu 
jarayon Buyuk Britaniyaning Fransiya, Ispaniya va Rossiya kabi davlatlar 
bilan munosabatlari keskinlashuviga sabab bo’ldi. 

I-jahon urushida Buyuk Britaniya ―Antanta‖ tarkibida urushga kirdi. 
Birinchi jahon urushi Britaniyaning dunyodagi 
mavqeini tubdan o'zgartirib yubordi. Bir 
paytlar jahon sanoat bozorida hukmronlik 
qilgan Angliya dunyo «sanoat ustaxonasi» rolini to'liq qo'ldan boy berdi. Ingliz 
mahsulotlarining eksporti kamayib, import ko'paydi. Angliya harbiy xarajatlarni 
to'lashga majbur edi, shu sababli chet el zayom va kreditlaridan foydalanardi. Natijada 
Angliya AQSHning asosiy qarzdoriga aylandi (urushgacha AQSH uning asosiy 
qarzdori edi). Buyuk Britaniya qarzdan qutulish uchun o'zining chet ellardagi 
mulklaridan chorak qismini sotib yuborishga majbur bo'ldi.
Urush ingliz monopoliyalari uchun ulkan foyda manbaiga aylandi. U ingliz 
iqtisodiyotining barcha kuchlarini jamlashni taqozo etdi. Bu esa o'z navbatida 
sanoatning va kapitalning birligini kuchaytirdi. Kichik va o'rta korxonalarning 
majburiy kooperativlashtirilishi hamda banklarning birlashuvi ro'y berdi. Ayni shu 
jarayonda yirik London banklari - «Lloyd», «Barklay», «Midlend», «Vestminster» va 
ingliz bankidan iborat «katta beshlik» vujudga keldi. Ularning tasarrufida Angliya pul 
resurslarining 85 foizi jamlangan edi. Sanoatda oltita yirik monopoliya paydo bo'ldi. 
Bular «Royyal Datch shell» (neft), «Ingliz-Eron neft kompaniyasi» (neft), «Yunilever» 
(keng iste'mol mahsulotlari), «Imperial kemikl indastriz» (kimyo sanoati), «Danlop 
rabbers» (kauchuk, rezina) va «Vikkers» (qurol-yarog') edi. Mazkur olti yirik 
monopoliya amalda ishlab chiqarishning barcha sohalarida hukmron edi. Beshta eng 
yirik bank bilan birgalikda ular Angliya ichki va tashqi siyosatining yo'nalishlarini ham 
belgilardilar. 
Urush ingliz mehnatkashlari boshiga cheksiz azob-uqubatlar keltirdi. Urush 
mobaynida aholining turmush darajasi ancha pasaydi. Ish haqining real darajasi ham 
pasayib bordi. Deyarli cheklanmagan ish kuni, favqulodda tezkor ish sur'ati, oz ish 
haqi, yomon uy-joy va maishiy sharoitlar, oziq-ovqatlarning yuqori narxlari o'lim va 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling