Tarix o’tmishning ko’zgusi
Fashistlarning hokimiyatni
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaston Dumerg
Fashistlarning hokimiyatni
egallashga intilishi. So’l kuchlarning fashizmga qarshi kurashga birlashishi - 45 - boshladilar. 1934-yil 6-fevralda, hukumat inqirozi siyosiy inqirozga o'sib o'tganidan so'ng, Parijda fashistlar isyoni boshlandi. Bir necha o'n ming qurollangan fashistlar ko'chalarga chiqdilar va Burbonlar saroyi, parlament binosiga yorib o'tishga urindilar. Hukumatning beparvoligidan foydalanib, fashistlar pochta, telegraf, vokzallar va Yelisey dalasidagi Murosa maydoniga hujum qila boshladilar. Hukumatning faoliyatsizligini ko'rib, Fransiya poytaxtining turli tumanlarida yuz minglab ishchilar ko’chalarga chiqdilar. Germaniya fojiasining Fransiyada takrorlanishini istamagan odamlarning barchasi oyoqqa turdi. Bunday ommaviy namoyishlar mamlakatning Marse, Lion, Ruan, Nant, Nansi va boshqa shaharlarida bo lib o'tdi. Mamlakat mehnatkashlari Fransiya tarixidagi eng muhim g'alabani qo'lga kiritdilar. Fashistlar millat demokratik kuchlari fronti oldida chekinishga majbur bo'ldilar. Biroq kurash shu bilan tugamadi. Reaksion va konservativ kuchlar hokimiyatni xuddi Germaniyadagi singari siyosiy nayranglar yo'li bilan egallashga qaror qildilar. 1934-yil 7-fevralda E. Daladye o'ziga ishonch bildirilganiga qaramay iste'fo berdi. Bosh vazir qilib fashizmning ochiq tarafdori bo'lgan Gaston Dumerg (1863-1937) tayinlandi. Fransiya mehnatkashlari fashistlar to'ntarishi mualliflari rejasini barbod qildilar. Hokimiyat tepasiga Dumerg kelgani to'g'risidagi xabar tarqalgani hamon yana isyonchi va ishchilar o'rtasida ashaddiy janglar boshlandi. Butun Parijda, har bir tumanda, Fransiyaning hamma yerida ishchilar fashistlarni hokimiyatga qo'ymaslik shashti bilan yondilar. Mamlakatda demokratiya va Fransiya ozodligi uchun kurashuvchilarning umumiy fronti vujudga kela boshladi. Namoyishlar taqiqlanganiga qaramay, 9-fevral kechqurun 50 ming parijlik fashistlarga qarshi namoyishga chiqdi. Shaharda politsiya va ishchilar o'rtasida haqiqiy ko'cha janglari ayj oldi. Parij kasalxonalari yaradorlar bilan to'lib-toshdi. Ishchilar hukumat fashistlar tomonida ekaniga ishonch hosil qildilar, zero, uning buyrug'iga ko'ra politsiya va qo'shinlar de Lya Rok bandalariga qarshi emas, Parij mehnatkashlariga qarshi chiqdilar. 12-fevralda butun Fransiyada umumiy ish tashlash boshlandi. Unda 4,5 rnln. kishi qatnashdi. Shu kuni Fransiyada fashistlarga tarafdor reaksion kuchlar tomonidan tayyorlangan davlat to'ntarishi barbod bo'lgani oydinlashdi. Fashizm Fransiyada o'tmadi. Fevral voqealari so'l kuchlarning fashizmga qarshi kurashga, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun birlashishlariga kuchli turtki berdi. 1936-yil yanvarida Xalq frontining dasturi e'lon qilindi. Uni ishlab chiqishda mamlakat demokratik kuchlarining vakillari ishtirok etdilar. Dastur fashistlarga qarshi demokratik xususiyatga ega edi. Barcha fashistlarning tashkilotlarini qurolsizlantirish va tarqatish talabidan tashqari, u keng xalq ommasining ahvolini yaxshilash - ish haftasini qisqartirish, ishsizlarga yordam ko'rsatish milliy jamg'armasini tashkil qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlariga qat'iy narxlarni belgilashni ko'zda tutuvchi dasturni ham ilgari surardi. 1936-yil bahorida Fransiyada deputatlar palatasiga saylovlar bo'lib o'tdi. Xalq fronti partiyalari birgalikda, umumiy dastur asosida ishtirok etdilar. Saylovlarda Xalq fronti umumiy hisobda 57% ovoz to'plab, g'olib chiqdi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling