Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1932-1939 yillarda Fransiyaning tashqi siyosati.
- 1936-yil 27-aprelda
kollaboratsionistlar deb nomladilar, ular Gitlerning tashqi siyosatini amalga oshirishi
uchun yo'l ochib berdilar. Kollaboratsionistlar (fransuzcha collaboration- hamkorlik) -Ikkinchi jahon urushi davrida fashist bosqinchilari bilan hamkorlik qilgan shaxslar. 1933-yil iyunida Fransiya diplomatiyasi fashistlar bilan kelishuvga bordi. 1933-yil 7-iyunda Angliya, Fransiya, Italiya va Germaniya o'rtasida «To rtlar bitimi» imzolandi. U kuchga kirmadi, biroq Fransiya tashqi siyosatining mohiyatini ochiq ko'rsatdi. 1934-yil oktabrida Fransiya bosh vazirligiga P. Laval tayinlandi. U ikki yoqlama o'yin olib bordi, ya'ni fashistlarning davlatlari e'tiborini jalb qilish maqsadida o'zini go'yoki Sovet Ittifoqi bilan yaqinlashmoqchidek qilib ko'rsatdi. 1935-yil 2-mayda o'zaro yordam to'g'risidagi sovet-fransuz bitimi imzolandi. Biroq, u faqat 1936-yil yanvaridagina tasdiqlandi. Unga qadar Fransiya diplomatlari «Fransiyaning Germaniya bilan tola va uzil-kesil kelishishi uchun zarur bo'lsa» sovet-fransuz bitimidan voz kechishga tayyorliklarini aytib, Germaniya bilan til topishga rosa urindilar. Gitler rad javobi berdi. 1932-1939 yillarda Fransiyaning tashqi siyosati. - 48 - 1936-yil martida Gitler qo'shinlari harbiysizlashtirilgan Reyn hududiga kirdi. Bu bilan Gitler Fransiyani ochiq-oydin maydonga chaqirdi. Versal bitimining 42- va 43- moddalari buzilganiga qaramay, Fransiya chekindi, fashistlar Germaniyasining birinchi tajovuzkor harakatiga hech qanday qarshilik ko'rsatmadi. Kollaboratsionistlar Gitler tuzumiga qarshi zarba mehnatkash ommani inqilobga ruhlantiradi, vatanparvarlik tuyg'ularini oshirib, fashizmga qarshi kurashning kuchayishiga olib keladi, deb qo'rqdilar. 1936-yil iyulida Gitler Avstriyani ham bosib oldi. Fransiya o'zining so'nggi ittifoqchisidan ayrildi. 1936-yil 27-aprelda Belgiya o'zini betaraf deb e'lon qildi, ya'ni Fransiyaning sharqiy chegaralarini qo'riqlovchi Reyn bitimining kafolatchisi bo'lishdan bosh tortdi. Reyn voqealaridan ko'p o'tmay, 1936-yil iyulida, Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanib, Germaniya va Italiya fashistlari isyonchilarga ochiq-oydin yordam bera boshlaganlaridan so'ng, Fransiya Ispaniya ishlariga o'zining aralashmasligini e'lon qildi va Ispaniya respublikachilariga qurol-yarog' sotishni man etdi. Fransiya hukumati Gitlerning malayiga aylandi. 1938-yilda Gitler yangi qurbon - Chexoslovakiyani talab qildi. Fransiya Bosh vaziri E. Daladye Chexoslovakiya hukumatining fikrini surishtirmay Sudetni Germaniyaga berishga rozilik bildirdi. 1938-yil 4-oktabrda Fransiya Milliy Majlisi sharmandali Myunxen bitimini ratifikatsiya qildi va bu mamlakatning fashistlar Germaniyasi bilan til biriktirish yo'liga ochiq-oydin tushganini tasdiqladi. Myunxen bitimi ratifikatsiya qilingach, Fransiya kolaboratsionistlari nihoyat yengil tin oldilar. Ular Gitlerga Sharq tomon yo'l ochdilar. Endi Germaniyadan ―kehshuv‖ to'g'risidfa so'rash mumkin edi. Germaniya rozi bo'ldi va Myunxen bitimidan ikki oy o tib, 1938-yil 6-dekabrda Parijda Fransiya tashqi ishlar vaziri J. Bone va Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrop o’zaro hujum qilmaslik to'g'risidagi bitimdan umuman farq qilmagan qo'shma deklaratsiyani imzoladilar. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling