- 51 -
Tred-yunionlar (ingl. «trade» - «hunar, kasb» «union» - «birlashma»)
- ingliz
kasaba uyushmalari harakatidagi oqim. Asosiy maqsadi hayotning iqtisodiy shart-
sharoitlarini yaxshilash uchun kurash.
Mazkur kuch mamlakat taqdirini keskin burib yuborish qudratiga ega edi.
Kasaba uyushmalarida tashkilotchi yangi mahalliy rahbarlar (shop-styuardlar
- sex
yetakchilari) paydo bo'ldi. Ishchilar harakatini jipslashtirish va tashkiliy jihatdan
mustahkamlash uchun harakat kengaya boshladi. 1918-yilda
uch eng yirik va nufuzli
konchilar, transportchilar va temiryo'lchilar kasaba uyushmalari o'zaro hamkorlik
haqida Uchlar ittifoqini tuzdilar. Bu ittifoq umumiy talablar
ishlab chiqish va zarur
bo'lganda bir paytda ish tashlash maqsadida tashkil etilgan edi.
Shop-styuardlar - Angliyadagi fabrikalarda sex yetakchilari,
korxonalarda
ishchilar tomonidan saylanadigan vakillar. Turmush darajasini yuksaltirish uchun
ommaviy ishchilar harakatining tashkilotchilari. Shop-styuardlarning
harakatiari tred-
yunionlarnikidan ko'ra keskinroq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: