Tarix o’tmishning ko’zgusi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
1. Urushdan keyingi yillarda Angliya ichki va tashqi siyosatida qaysi 
manopoliyalar muhim rol o’ynadi?
2. ―Konservator‖, ―tred-yunion‖, ―shop-styuard‖ va ―depressiya‖ atamalariga 
ta’rif bering. 
3. R.Magdonald va uning siyosiy faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 
4. N.Chemberlenning Gitlerni ―tinchlantirish ― siyosati haqida so’zlang. 
5. Nima uchun Angliya hukmron doiralari dominionlardagi aholiga yon berishga 
majbur bo’ldi? 
6. ―Vestministr nizomi‖ haqida biganlaringizni so’zlab bering. 
7. ―1918-1939 yillarda Buyuk Britaniya tarixida muhim rol o’ynagan davlat 
arboblari‖ mavzusida mustaqil ishlang. 
 
1918-1939 YILLARDA ITALIYA VA ISPANIYA 
 
Tarixni esga oling ! 

Italiyada davlatning paydo bo’lishi miloddan avvalghi VIII asrga to’g’ri 
keladi. Bu davlatlar etrusklar davlati va Rimdir. Ular dastlab shahar-davlatlar 
sifatida paydo bo’lib, keyinchalik Rimda markazlashgan davlatga asos solindi. 
II asrda Rim O’rta er dengizi havzasidagi eng kuchli va qudratli davlatga 
aylandi. Rim imperiyasi milodiy V asrga kelib ko’chmanchi qabilalar hujumi 
natijasida inqirozga yuz tudi. 

Ilk o’rta asrlarda Italiya Franklar davlati tarkibiga qo’shib olindi. Franklar 
imperiyasi parchalangach, Italiya Karl Buyuk vorislari tomonidan boshqarildi.


- 62 - 

O’rta asrlarda Italiyada bir necha mayda davlatlar tashkil topdi. XIX asrning 
ikkinchi yarimida Italiyadagi mayda davlatlarni birlashtirish uchun kurash 
boshlandi. Uning tepasida Pyemont qirolligi Bosh vaziri K. B. Kovur, J. 
Madzini va J. Gribaldi kabi vatanparvarlar turar edi. 1870 – 1871 yillardagi 
Fransiya-Prussiya urushidan keyin Italiyaning birlashtirilishi ytakun topdi. 

I-jahon urushining dastlabki yillarida Italiya betaraf turdi. Biroq Buyuk 
Britaniya hukmron doiralari turli va’dalar berish yo’li bilan Italiyani urushga 
olib kirdi. 
 
Birinchi jahon urushida Antanta tomonida ishtirok 
etgan Italiyada anchagina o'zgarishlar ro'y berdi. 
Harbiy buyurtmalar og'ir sanoatning rivojlanishiga, 
yengil sanoatning bir qadar jonlanishiga sabab 
bo'ldi. Italiya garchi sanoat taraqqiyoti jihatidan 
rivojlangan industrial davlatlar darajasiga yetmagan bo'lsada, agrar mamlakatdan 
industrial-agrar mamlakatga aylandi. Italiyada mamlakat iqtisodiy hayotida muhim 
o'rin tutgan, sanoatni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'lgan yirik sanoat 
monopoliyalari shakllandi. «Fiat», «Breda», «SNIA», «Ilva», «Terni», «Arsa» va 
«Montekatini» kabi iqtisodiy gigantlar Italiya sanoatining o'zagini tashkil etgan 
avtomobilsozlik, qora metallurgiya, konchilik va kimyo sanoatida hukmron mavqega 
erishdilar. Ayni paytda umumiy soni 120 mingga yetgan kichik korxonalar ham mam-
lakat iqtisodiy hayotida katta o'rin egallardi. Ularda 800 mingdan ortiq ishchi ishlardi. 
Italiya iqtisodiyotining o'ziga xos jihatlaridan biri qishloq xo'jaligining 
nihoyatda qoloq ekanligi edi. 40 ming yirik zamindor 10 mm. gektar yerga ega bo'lsa, 
2,5 mln. dehqonning bor-yo'g'i 6 mln. gektar yeri bor edi. Dehqonlarning yarimi yersiz 
bo'lib, yirik zamindorlardan dala ijara olishga majbur qilingandi. Ijara uchun dehqon 
hostining yarimini berardi. Qishloq xo'jaligida chorikor -dehqon asosiy kuch edi. 
Italiya janubi, Sitsiliya hamda Sardiniya oroflari ayniqsa qoloq edi. Bu yerda 10 ming 
gektardan ortiq yerga ega bo'lgan zamindorlar saqlanib qolgandi. 
Italiya iqtisodiyoti katta harbiy xarajatlarni ko'tara olmadi. Ichki davlat qarzlari 
to'rt yil ichida uch barobar ko'paydi. Bundan tashqari, Italiya o'z ittifoqchilaridan ham 
anchagina qarzdor bo'lib qoldi. Natijada soliqlar keskin oshib ketdi, pul qadrsizlandi. 
Pulning qiymati 1920-yilning oxiriga kelib 1914-yilga nisbatan besh barobar pasaydi. 
Birinchi ehtiyoj mahsulotlarining narxi dahshatli tarzda o'sib bordi. Urushdan keyingi 
dastlabki yillarda ro'y bergan ocharchilik mamlakat aholisi boshiga ko'p kulfatlar 
keltirdi. 
1916-yilda Antanta mamlakatlari bilan imzolangan maxfiy bitimga asosan 
Italiya bir qator hududlarni o'ziga qo'shib olish maqsadida urushga kirgan edi. Ammo 
Parij tinchlik konferensiyasida Angliya va Fransiya o'z va'dalarini bajarishdan bosh 
tortdilar. Italiya faqat Janubiy Tirol va Adriatika sohilidagi Triest portini olishga 
muyassar bo'ldi. Bundan boshqa talablari rad etildi. Italiya «g'oliblar ichidagi mag'lub» 
vaziyatida edi. Urushning bunday yakunlanishi mamlakatdagi siyosiy inqirozni yanada 
chuqurlashtirib yubordi. 1919-yil kuziga kelib mamlakatdagi vaziyat nihoyatda keskin 
tus oldi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling