Tarix o’tmishning ko’zgusi


Duche (italyancha duce-dohiy) - Italiyadagi fashistlar diktatori B


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
Duche (italyancha duce-dohiy) - Italiyadagi fashistlar diktatori B. 
Mussolinining unvoni. 
Mussolini nomi ommaviy axborot vositalari tomonidan ilohiylashtirildi. 
O'zining ko'p sonli nutqlarida Mussolini fashizm ―demokratiyadan buzilgan‖Yevropani 


- 71 - 
yangilashi, sog'lomlashtirishi va «Osiyo bolshevizmiga» qarshi kurashga boshlashi 
lozimligini isbotlashga urindi. «Italiyaning asosiy dushmani-bolshevizm, -deb aytardi 
u, -Italiya fashizmi unga qarshi turadi». 
Duchening nutqlaridan olingan parchalar fashist targ'ibotchilarining asosiy 
quroliga aylandi. Gazetalar «Mussolini doimo haq» qabilidagi shiorlarni muttasil va 
sabot bilan takrorlardilar. Madaniyat vazirligining yo'riqnomalaridan birida esa 
shunday deb ko'rsatilgan edi: «...italiyaliklar mamlakatda hozir amalga 
oshirilayotgan barcha ishlar duchening tashabbusi bilan bo'layotgani va ularda 
duche shaxsining ramzi mavjudligini doimo esda saqlashlari lozim». Duchening 
benuqsonligi va beqiyos qudratiga ishonch italiyaliklar ongiga muttasil singdirilishi 
lozim edi. 
O'sib kelayotgan avlod fashistlarning bolalar va o'smirlar tashkilotlariga jalb 
qilindi. Bu tashkilotlardagi rasm-rusumlar va ularning faohyati harbiylashtirilgan 
xususiyatga ega bo'ldi. Maqsad -o'ylamasdan itoat qiluvchi mukammal fashist askarini 
tarbiyalash edi. 
Biroq, fashizm italiyaliklarning ongini zaharlay yoki unga chuqur singa olmadi. 
Fashizm Italiya millati ongiga, uning diniy va demokratik an'analariga tamomila zid 
edi. Demokratik kuchlarning vakillari yashirin sharoitda fashistlarga qarshi kurashni 
davom ettirdilar. Fashistlarning tashkilotlariga joylashib, ularga qarshi faol 
qo'poruvchilik ishlarini olib bordilar, yoshlar orasida fashizmga qarshi kayfiyatlarning 
uyg'onishiga sabab bo'ldilar. Fashizmga qarshi kurashda katolik cherkovining qator 
vakillari ham munosib hissa qo'shdilar. 
Italiya fashizm talablarining imkoniyatlariga muvofiq emasligi fashistlarning 
tashqi ekspansiyaga intilishlarini kuchaytirdi. Italiya harbiylashish va urushga 
tayyorgarlik ko'rish yo'liga tushdi. Mussolini italiyaliklarni O'rta Yer dengizini «o'z 
dengizimiz»ga aylantirishga chaqirdi. 1934-yilda jadal sur'atlarda harbiy-dengiz floti 
va harbiy aviatsiyani qurishga kirishildi. 1935-yil oktabrida Italiya armiyasi Efiopiyaga 
urush e'lon qilmay bostirib kirdi. Faqat 1936-yil may oyidagina 600 ming kishilik 
Italiya armiyasi mamlakatni ishg'ol qilishga erishdi. Millatlar Ligasi Italiya 
hukumatining harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi va mamlakatga qarshi 
iqtisodiy sanksiyalar e'lon qildi. Bu Italiyaning fashistlar Germaniyasi bilan 
yaqinlashishiga turtki berdi. 1937-yil noyabrida Italiya Germaniya va Yaponiya 
imzolagan Antikomintern bitimiga qo'shildi. Mussolini uni atrofida butun Yevropa 
birlashishi lozim bo Igan «doira» sifatida ta'rifladi Berlin-Rim-Tokio doirasi» degan 
nom shundan kelib chiqdi). Ushbu bitimga ko'ra Germaniya Efiopiyaning bosib 
ohnishini tan oldi, xalqaro aloqalarda umumiy bo'lgan yo'nalish belgilandi, harbiy 
aviatsiyani rivojlantirishning yagona siyosati ishlab chiqiMi, Bolqon va Dunaybo'yi 
davlatlaridagi ta'sir doiralan chegaralandi 
Italiya Ispaniyadagi fuqarolar urushida faol qatnashdi va Frankoni qo'llab-
quvvatladi. Germaniya bilan o'zaro kelishuvga ko'ra Italiya 1939-yil aprelda 
Albaniyani bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi arafasida -1939-yil 22-mayda Germaniya 
va Italiya o'rtasida Yevropada harbiy blokni tuzish to'g'risidagi «Po'lat bitim» 
imzolandi. Bitimning tuzilishi Ikkinchi jahon urushiga olib kelgan omillardan bin 
bo'ldi. 


- 72 - 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling