Tarix o’tmishning ko’zgusi


Xunta (isp. xunta -yig'in, birlashma) -hukumatni g'ayriqonuniy ravishda


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114
Xunta (isp. xunta -yig'in, birlashma) -hukumatni g'ayriqonuniy ravishda 
egallovchi va diktatorlik usullari bilan hukmronlik qiluvchi fitnachilar guruhi 
(Ispaniya, Lotin Amerikasi mamlakatlari). 
Ispanlarning asosiy ko'pchiligi katoliklar edi. Shu boisdan katolik cherkovi 
mamlakat siyosiy hayotida muhim rol o'ynardi. Katolik cherkovi diniy ishlar bilan 
cheklanib qolmasdan o'z ijtimoiy asosini mustahkamlashga intilgan holda dunyoviy 
Ispaniayada siyosiy hayot. 
Siyosiy partiyalar va ularning 
mamlakatdagi o’rni. Harbiy 
diktaturaning o’rnatilishi 


- 73 - 
ishlarga ham aralashardi. Katoliklar kasaba uyushmalari, o'zaro yordam kassalari, 
shirkatlar tuzdilar. 1919-yili esa cherkov nazorati va rahbarligi ostida Katolik agrar 
federatsiyasi tashkil etildi. Bu federatsiya agrariylarga-yirik zamindorlar, dehqon-
mulkdorlar, ijarachilar va qirollarga kuchli ta'sir ko'rsatar edi. Federatsiya qishloq 
xo'jaligida konservatizmning tayanchiga aylandi va agrar islohotlarga qarshi chiqdi. 
Dehqonlar katolik cherkovining eng sodiq tarafdorlari va mamlakatdagi konservativ 
kuch-larning tayanchi edi. 
Barcha ushbu kuchlarning hokimiyati monarxiyada mujassamlashgandi. 1874-
yildan Ispaniya taxtini Burbonlar sulolasining hukmronlari egallab, 1931-yilgacha 
hukm surishdi. To'g'ri, ularda hech qanday hokimlik vakolatlari yo'q edi. Ispan qirollari 
ko'p jihatdan ingliz qirollariga o'xshardi. Bu yerda ham hokimiyat amalda Angliyadagi 
kabi yirik zamindor zodagonlar va Birinchi jahon urushi davrida ulg'aygan, 
mustahkamlangan burjuaziya qo'lida edi. 
Ispaniya tabiiy qazilmalar -ko'mir, temir rudasi, simob, uran, marganets, mis va 
boshqalarning noyob zaxiralariga ega. Ushbu boyliklar Birinchi jahon urushi davrida 
ingliz va fransuz sarmoyadorlarining diqqatini jalb etdi. Ispan pomeshchiklariga 
foydali qazilmalar mavjud yerlami chet ellik sarmoyadorlarga sotish foydali edi. Shu 
tariqa Ispaniya sanoatining barcha muhim tarmoqlari xorij kapitali -ingliz, fransuz, 
nemis, italyan, kanadalik, amerikalik, belgiyaliklar qo'liga o'tdi. Ispaniyadan xom 
ashyo va oziq-ovqat olib ketish bo'yicha Germaniya birinchi o'rinni egalladi. 
Ispan proletariati bir xil tarkibda bo'lmagani bois uning siyosiy partiyalarida 
tartibsizhk hukm surardi. Ishchilar harakatida sotsialistik ishchi partiyasidan tashqari 
shaxsning cheklanmagan mustaqilligiga asoslangan hokimiyat o'rnatishga intiluvchi 
anarxo-sindikalizm ham kuchli ta'sirga ega edi. Anarxo-sindikalistlar yakka terror va 
isyonni ko'zda tutuvchi «bevosita harakat» taktikasini qo'llashdi. 1921-yili Ispaniyada 
sotsialistik yoshlar federatsiyasi bazasida kommunistik partiya (IKP) tashkil etildi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling