Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
ISPANIYA Tarixni esga oling ! Qadimda Ispaniya Iberiya deb atalgan. Bu hududda bir necha shahar-davlatlar mavjud bo’lib, ular miloddan avvalgi 2-asrning oxiri va 1-asrning boshlarida Rimliklar tomonidan bosib olindi. Rim imperiyasi inqirozga yuz tutayotgan bir paytda, 418-yilda Ispaniya hududida Vestgotlar qirolligi tashkil topdi. 6-asrning oxiri va 7-asrning boshlarida Ispaniya Arab xalifaligi tomonidan ishg’ol etildi. Keyinchalik bu erda arablarning Qurdoba (Kardova) amirligi tashkil topdi. Ayni paytda bu hududda Kastiliya va Aragoniya qirolliklari ham mavjud edi. Suni alohida ta’kidlash kerakki, Ispaniya o’rta asrlarda Sharq va G’arb madaniyatlari tutashgan hudud edi. Sharq mutafakkirlarining nodir asarlari Ispaniyada lotin tiligi tarjima qilinib, Evropaga tarqaldi. Rivojlangan o’rta asrlarda Ispaniya qirolligi qudratli davlatga aylandi va dengizda hukmrohlik uchun Angliya bilan raqobatlashar edi. Buyuk geografik kashfiyotlarni ham Ispanlar boshlab berishdi. Ispanlar Amerika qit’asining katta qismi, Afrika va boshqa hududlarda mustamlakalarni bosib oldilar. 1-jahon urushida Ispaniya betaraf turdi. Ispaniya Yevropaning chetki janubi- g'arbiy burchagida joylashgan va Yevropa davlatlari tizimida muhim strategik bo'g'inni tashkil etadi. U uzoq vaqt davomida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ulkan imperiyani barpo etib, yirik mustamlakachi davlat bo'lib keldi. lspan mustamlakalan XIX asr oxirida mamlakatda hukmron ijtimoiy kuchga va siyosiy hayotdagi eng ta'sirdor omilga aylangan yirik ispan pomeshchiklari -latifundistlarini boyitib turardi. Latifundistlar hukmronligi hukmron armiyaga va katolik cherkoviga tayanardi. Zodagon oilalarning, yirik latifundistlarning vakillaridan iborat zobitlar korpusi o'zini qaror topgan tartiblar qo'riqchisi hisoblar va har qanday ilg'or o'zgarishlarga intilishlarni mamlakat milliy manfaatlariga daxl qilish sifatida baholab, ularga barham berardi. 1916-1917-yillarda armiyada «harbiy xuntalar» tarmog'i yuzaga keldiki, ular mamlakatda harbiy diktatura o'rnatish rejalarini tuzib yurishardi. Ushbu xuntalar XX asrda mamlakat siyosiy hayotiga armiyaning tez-tez aralashuvi vositasiga aylandi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling