Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1930-yil mart
- 1931-yil 12- aprelda
- Alfonso XIII 14-aprelda
yanvarda general iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. Bu harbiy-monarxistik
diktaturaning xotimasi bo'ldi. Generalning iste'fosi tug'dirgan siyosiy inqiroz mamlakat sanoati, qishloq xo'jaligi, savdosi va moliyasini izdan chiqargan umumjahon iqtisodiy inqiroziga to'g'ri keldi. Ishsizlik jami ishchilarning 40 foizdan ko'prog'ini qamrab oldi. Inqiroz ishchilar, dehqonlar, o'rta tabaqalar va intelligensiya chiqishlarining yangi to'lqiniga turtki berdi. Barcha chiqishlarda bir narsa -demokratik respublika o'rnatilishi talab qilindi. Ispaniyada keskin iqtisodiy va siyosiy inqiroz vujudga keldi. Diktatura ag'darilganidan keyingi birinchi haftalarda eski respublikachi partiyalarni tiklash va yangilarini tuzish qizg'in kechdi. An'anaviy monarxistik partiyalar -konservativ va radikal partiyalar chuqur inqirozga uchrab, siyosiy hayotga ta'siri yo'q qator mayda guruhlarga ajralib ketdi. 1930-yil mart oyi oxirida monarxistlarning tarqoq guruhlari o'ng liberal- respublikachilar partiyasiga birlashdi. 1930-yil avgustda mamlakatda ommaviy ish tashlash harakati avj oldi va dehqonlarning chiqishlari boshlanib ketdi. Bu respublikachi partiyalarni yanada faol harakatlarga undadi. Barcha respublikachi partiyalar keyinroq sotsialistik partiya ham qo'shilgan inqilobiy qo'mita tuzishdi va yashirin Muvaqqat burjua hukumat tashkil etishdi. Ularning maqsadi diktaturani majburan ag'darish edi. Respublikachilarning monarxistlar bilan birinchi to'qnashuvi 1931-yil 12- aprelda bo'lib o'tgan mahalliy munitsipal saylovlarda yuz berdi. Saylovchilarning aksariyati o'z ovozlarini respublikachilarga berishdi. Saylovlar yakuni haqidagi xabar siyosiy kurashning rivojlanishiga turtki berdi. Mamlakatda burjua-demokratik inqilobi boshlandi. Barcha shaharlarda namoyishlar bo'lib o'tdi. Demokratlar davlat muassasalarini egallashib, siyosiy mahbuslarni ozod qilishardi. Qator shaharlarning munitsipalitetlari respublika e'lon qilishdi. Respublikachilar g'alabasi muqarrarligini ko'rgan qirol Alfonso XIII 14-aprelda taxtdan voz kechdi. Inqilob yanada avj olib, yuksalish yo'nalishidagi rivojlanishini davom ettirdi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling