Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114
Buyuk depressiyalarning 
boshlanishi. FDRning “yangi 
yo’nalishi”.


- 82 - 
jumladan, pullar ham shuncha qadrsizlandi. Bir necha hafta mobaynida ko'plab 
zavodlar, shaxtalar, temir yo'llar, elektr stansiyalari to'xtab qoldi. Sanoat ishlab 
chiqarishi deyarli yarimiga qisqardi. Avtomobillar chiqarish 80%ga, eksport, import, 
chakana savdo aylanmasi ikki barobarga kamaydi. Ushbu inqiroz «Buyuk depressiya» 
deb nomlandi, zero, 1929-1932-yillarda 130 mingga yaqin firmalar bankrotlikka 
uchradi. 
Qishloq xo'jaligidagi vaziyat ham keskin yomonlashdi. Qishloq xo'jalik 
mahsulotlarining xarid narxlari tushib ketganligi fermer xo'jaliklarining ommaviy 
inqiroziga sabab bo'ldi. Inqiroz yillarida milliondan ortiq fermer xo'jaliklarining bor-
budi sotib yuborildi. Ularning egalari esa ishsizlar safiga qo'shilishdi. Ishsizlik 
amerikaliklar uchun haqiqiy ofatga aylandi. 1933-yili mamlakatda 17 mln. ishsiz bo'lib, 
har uchinchi ishchi ish haqidan mahrum edi. AQSHda ish-sizlikdan sug'urtalash tizimi 
mavjud bo'lmagani bois ko'pchilik odamlar uchun ochdan o'lish haqiqatdan xavf sola 
boshladi. 1931-yili Nyu-Yorkda ikki mingdan ziyod odam ochlikdan halok bo'ldi. 
Ishlab turgan ishchilarning ahvoh ham aytarli yaxshi emas edi, zero, ish haqi 40% ga 
kamaytirilgan, ko'pchilik to'liqsiz ish haftasida mehnat qilardi. 
Buyuk depressiya ommaviy stachkachihk harakatiga turtki berdi, ishchilar va 
fermerlarning chiqishlari boshlandi. 1931-yil dekabrida va 1932-yili ishsizlarning 
Vashingtonga yurishlari tashkil etildi. Ular ―ocharchilik yurishlari ―deb nomlandi. 
G'alayonlar qishloq xo'jalik hududlariga ham tarqaldi. 22 shtatni fermerlarning chiqish-
lari qamrab oldi. Davlat beshafqat repressiyalar yo'h bilan chiqishlarni bostirdi. Qora 
tanli aholi orasida ham g'alayonlar avj oldi. Ijtimoiy tuzumning barcha tayanchlari 
dahshatli tezlikda buzila boshlandi. Amerika bir necha yillar mobaynida mavjud 
tizimning halokati yoqasida turdi. 
1932-yili prezidentlikka saylovlar og'ir iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy qutblanish va 
qizg'in siyosiy kurash sharoitlarida o'tdi. G. Guver - Respublikachilar partiyasidan
Nyu-York shtati gubernatori Franklin Delano Ruzvelt (1882- 1945) Demokratlar 
partiyasidan nomzod edilar. F. Ruzvelt keng miqyosli iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar 
o'tkazish ko'zda tutilgan ko'lamdor dastur bilan chiqdi. U mustahkam g'alabaga erishdi 
- Ruzvelt uchun 23 mln. saylovchi ovoz berdi, raqibi esa 16 mln. ovoz oldi. 
Demokratlar 12 yil mobaynida birinchi bor zafar qozonishib, o'z nomzodlarini Oq uyga 
chiqarishdi. F. Ruzvelt AQSH ning 32-prezidenti hamda Amerika tarixidagi eng 
mashhur prezidentlardan biri edi. U 1932-yildan 1944-yilgacha prezidentlikka to'rt 
marta saylangan yagona prezident ham edi. Zero, konstitutsiyaga ko'ra, prezident faqat 
ikki muddatga saylanishi mumkin. 
F. D. Ruzvelt Morganlar moliya guruhiga yaqin boy amerikalik oilasida 
dunyoga keldi. U AQSHning ikkita eng nufuzli oliy o'quv yurti - Garvard hamda 
Kolumbiya universitetlarini tamomlab, huquqshunos diplomini oldi. Siyosiy faoliyatini 
1910-yili harbiy-dengiz floti ministrining yordamchisi lavozimidan boshladi. Bu 
vazifasini yetti yil, ya'ni 1920-yilgacha egallab turdi, keyin kasallik tufayli tark etdi. 
Ruzvelt 1921-yili falaj dardiga yo'liqdi. U mustaqil harakatlanish qobiliyatidan 
mahrum bo'lsada, buyuk ishbilarmonlik fazilatlari va siyosiy iste'dodi tufayli katta 
siyosatga qayta oldi. Ruzvelt 1928-yili barcha qonun-qoidalarga qarshi o'laroq, Nyu-
York shtati gubernatori etib saylandi. 


- 83 - 
FDR (butun Amerika ism-sharifi initsiallariga ko'ra, uni shunday atardi) 
prezident bo'lgach, Amerika iqtisodiyotida «yangi yo'nalish» sifatida shuhrat 
qozongan keng miqyosli islohotlarni boshladi. Bu yo'lning mohiyati ishlab chiqarish 
vositalariga xususiy mulkchilik to'Liq saqlangan holda davlat boshqaruvini 
iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga keng joriy etishdan iborat edi. Ruzvelt hamda 
uni quvvatlovchi siyosiy arboblar dadil qadam tashlay olishdi - mamlakat 
iqtisodiyotini boshqarishning davlat dastaklarini qo'llash ko'zda tutilar, mehnat 
huquqini jiddiy qayta ko'rish, ishsizlikka qarshi kurashga katta mablag'lar ajratish va 
ijtimoiy sug'urta asoslarini yaratish (pensiyalar, kasallik bo'yicha nafaqalar, sog'liqni 
saqlash, xalq ta'limi tizimini takomil-lashtirish) rejalashtirilgandi. Shunday qilib, 
Ruzveltning «yangi yo'nalish»idagi asosiy vazifa davlatning iqtisodiy faoliyat 
jarayoniga faol aralashuvi yo'li orqali mamlakatni inqirozdan chiqarishdan iborat edi. 
Ruzvelt Amerika bank tizimini qutqarishdan o'z yo'nalishini amalga oshirishga 
kirishdi. Inqiroz natijasida mamlakatdagi deyarli barcha banklar yopilgan edi. 
Favqulodda bank qonuni shartlariga ko'ra faqat eng yirik banklarga davlat zayomlari 
ochish va olish uchun ruxsat berildi. Oqibatda banklar soni qisqardi, lekin qolganlari 
haqiqatda faoliyat ko'rsatardi. 30-yillarning yarimiga kelib, 1929-yili AQSHda ishlab 
turgan 25 ming bankdan faqat 15 mingtasi keldi. Ular davlatdan kreditlar olib, 
omonatchilar bilan hisob-kitob qilishdi. Shu tariqa amerika iqtisodiyotining tabarruk 
qadamjosi - banklar saqlab qolindi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling