Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114
1933-yil 12-mayda fermerlarga yordam haqidagi qonun qabul qilindi. Ularning 
mahsulotlariga bo'lgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzor maydonini va 
chorva sonini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Burring 
uchun ularga muko-fotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi 
va noma'lum muddatga to'xtatib qo'yildi. Davlat yuz minglab fermerlarga kreditlar 
berdi. Norentabel fermalar tugatildi. 1933-1936-yillarda qarzlar va soliqlarni 
to'lamaganligi uchun deyarli 600 ming fermalar, ya'ni jami fermalarning 10 foiziga 
yaqini «kim oshdi»da sotib yuborildi. Mazkur choralar amerikalik fermerlarning barcha 
muammolarini hal etmasada, qishloq xo'jaligini halokatdan saqlab qoldi. 
“Yangi yo’nalish” AQSHdagi ijtimoiy munosabatlarni hiberallashtirish uchun 
ijtimoiy qonunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirdi. 1935-yili AQSH 
Kongressi «Vagner gonuni»ni qabul qildi. Mazkur qonun bo'yicha ishchilar jamoaviy 
shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega bo'lishdi. Bundan buyon ish 
tashlashda qatnashganligi uchun ta'qib qilish man qilindi. Xuddi shu yili AQSH 
tarixida birinchi marta ijtimoiy sug'urtalash haqidagi qonun qabul qilindi. Bu 
qonunda keksalarni ta'minlash va ishsizlik bo'yicha kompensatsiya to'lash, ko'zi 
ojizlarga, majruhlarga, yolg'iz onalarga va yetimlarga yordam berish ko'zda tutildi. 
Bunday qonunlar mavjud bo'lmagan mamlakatda bu hodisa ijtimoiy islohotlar va 
adolatli jamiyat yaratish yo'lidagi olg'a tashlangan katta qadam edi. 
FDRning «yangi yo'nahsh»i AQSH tarixidagi eng ilg'or sahifalardan biri bo'ldi. 
Bu Amerika siyosatida liberalizm va liberal g'oyalarning g'alabasi edi. «Neoliberalizm» 
nomi shu bilan bog'liqki, ruzveltcha liberalizm avvalgi liberal islohotlardan farqli 
o'laroq, davlatdan kelib chiqardi va uning asosida ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish 
maqsadida yirik biznes daromadining ma'lum qismini olish uchun davlat tomonidan 
barcha samarador dastaklardan faol foydalanish yotardi. Eng boy oilalarning millionlab 
va milliardlab daromadlariga keng mehnatkashlar ommasining ahvolini yaxshilash 
uchun qo'shimcha soliqlar solindi. «Yangi yo'nalish» bozor iqtisodiyoti doirasida 
umuman butun jamiyatning sifat jihatdan o'zgarishiga olib keluvchi teran ijtimoiy 
islohotlarni amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. 
«Yangi yo'nalish» amalga oshirilishining boshlang'ich davrida AQSHdagi yirik 
biznes uni qo'llab-quvvatladi, hatto bu rejaning hayotga tatbiq etilishiga ko'maklashdi. 
Biroq inqiroz o'tib borgani sari moliya va sanoat kapitali vakillari, shuningdek muxolif 
siyosiy kuchlar FDR siyosatiga qarshi ochiq chiqa boshlashdi. Amalda 1934-yildayoq 
burjuaziyaning bir qismi «yangi yo'nalish» siyosatiga muxolifatlikka o'tdi. Bu 1934-yili 
Dyupon va Morganlar yirik monopolistik guruhlarining bevosita ishtirokida Amerika 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling