Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermerlarning ahvoli, ijtimoiy qonunchilikdagi o’zgarishlar va Neoliberalizm siyosatiga qarshi harakat
1933-yil 16-iyunda kuchga kirgan ―sanoatni qayta tiklash haqidagi― qonun
«yangi yo'nalish» doirasidagi yana bir muhim tadbir bo'ldi. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan boshqarilishi tizimini joriy qildi. Sanoatning har bir sohasi uchun davlat qonuni sifatida tatbiq qilingan «halol raqobat kodekslari» ishlab chiqildi. Mazkur kodekslar har bir korxona uchun muayyan ishlab chiqarish hajmini, mahsulot narxini, savdo bozorini belgilab berardi. Qonun ishbilarmonlarga ish haqining eng kam darajasini va ish haftasining maksimal vaqtini kodekslarda qat'iy qayd etishni ham belgilardi. Shuningdek, ishchilarning kasaba uyushmalar vujudga keltirish va jamoaviy shartnomalar tuzish huquqi e'lon qilingandi. Sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun bo'yicha ishsizlarga yordam choralari ko'zda tutilgandi. Ijtimoiy ishlar maxsus qo'mitasi tuzilib, uning ixtiyoriga yo'llar qurish, maktablarni ta'mirlash, sport majmualari va boshqa inshootlar barpo etish uchun katta miqdorda mablag' berildi. Mazkur tadbirlar 8 mln. amerikaliklarni ish bilan ta'minladi. Ajratilgan mablag'larga 10.000 km. katta yo'llar qurildi, 77 ming ko'prik va 800 ta aerodrom barpo etildi, o'nlab harbiy kemalar yaratildi. Qashshoq oilalardagi 18 dan 25 yoshgacha bo'lgan ishsizlar uchun maxsus lagerlar barpo etildi. Bu yerda davlat hisobidan ta'lim olib, sanoatning yangi tarmoqlari uchun zarur ixtisosliklarni egallashardi. Har bir shtatga ishsizlarga yordam ko'rsatish uchun dotatsiyalar ajratildi. Mazkur faoliyatning miqyoslari ulkan edi va Amerika ijtimoiy ziddiyatlardan saqlanishga muvaffaq bo'ldi. FDR amerikalik fermerlarni qutqarishga alohida e'tibor qaratdi. Inqiroz AQSH qishloq xo'jaligiga ulkan ziyon yetkazdi. An'anaviy bozorlarida: Fermerlarning ahvoli, ijtimoiy qonunchilikdagi o’zgarishlar va Neoliberalizm siyosatiga qarshi harakat - 84 - mahrum bo'lgan, bank kreditlarini yo'qotgan ko'plab fei mer xo'jaliklari halokatga uchradi. Jorjiya, Alabama Oklaxoma, Texas fermerlari o'z fermalarini tark etib, boshqa shtatlarga ish va yer topish uchun jo'nab ketishdi. Amerika yo'llari birmuncha yaxshi sharoitli shtatlarg jo'nayotgan fermer oilalarining avtomashinalariga to'la edi. Bu yerlarda ham ularni o'zlari qochgan xuddi o'sha falokat kutardi. Mazkur voqealarni XX asrning buyuk amerikali yozuvchisi Jon Steynbek «G'azab g'ujumlari» asarida ajoyib tarzda tasvirlagan. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling