Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
20-yillarda AQSH ichki va 
tashqi siyosat. Yangi 
ijtimoiy falsafa 


- 81 - 
qashshoqlikka barham berishga sarflanishi lozim edi. Agar Yevropada ijtimoiy 
muammolarni ijtimoiy islohotlar yo'li bilan hal qilishga uringan bo'lsalar, AQSHda 
boshqa yo'ldan borildi. Bu yerda tadbirkorlik faoliyatining o'sishi, yuqori tabaqalarning 
boyishi bevosita qashshoqlikning tugatilishiga olib kehshi lozim edi. Bu ijtimoiy 
falsafa boylar boyigani sari, boylikning bir qismi shubhasiz qashshoqlarga ham tegadi, 
degan qarashdan kelib chiqqandi. Ushbu falsafa tarafdorlari Amerikada ro'y berayotgan 
o'zgarishlarni ro'kach qildilar. 1928-yilda Amerikada 28 mln. avtomobil bor edi, ya'ni 
Amerikadagi deyarli har bir oila XX asrning bu ardoqli kashfiyotiga egalik qilish 
imkoniyatini qo'lga kiritgandi. Avtomobillashtirish Amerika maishiy hayotining 
muhim omili hisoblanardi. «Hamma g'ildiraklarga, hamma narsa g'ildiraklar uchun» 
shiori amerikaliklarning eng suygan shiori edi. Shu bilan birga, iste'mol mollari - 
radiopriyomniklar, elektr jihozlari, yo'lovchilar samolyotlari, tayyor kiyim-kechak 
ishlab chiqarish ham jadal rivojlandi, mamlakatni yalpi telefonlashtirish amalga 
oshirildi. Tovarlarni kreditga sotish keng yo'lga qo'yildi, bu esa tijorat va ishlab 
chiqarishning yuksalishiga turtki berdi. 
Amerika tashqi siyosatida ikki yo'nalish - izolyatsionizm va internatsonalizm 
tarafdorlari doimiy kurash olib bordilar. Izolyatsionistlar AQSH eng avvalo ichki 
muammolar bilan shug'ullanishi, qimmat tashqi siyosiy tadbirlarga pul va mablag' 
sarflamasligi lozim, deb hisoblardilar. Internatsionalistlar esa, aksincha, AQSHning 
faol tashqi siyosati natijasida Amerika tijorati faqat yutadi, degan g'oyani ilgari 
surardilar. AQSHning jahon iqtisodiyotidagi yuksak mavqei uning Birinchi jahon 
urushidan so'ng jahon siyosatida yetakchi davlatga aylanishiga olib keldi. 
1919-yildan 1935-yilgacha bo'lgan davrda AQSHning hukmron doiralari Lotin 
Amerikasi va Osiyodagi turli mamlakatlarga milliy-ozodlik harakatlarini bostirish 
uchun bir necha marta qo'shin yubordilar. Amerika dengiz piyodalari Panama (1919, 
1921), Gonduras (1919, 1924- 1925), Xitoy (1920, 1924-1925), Kosta-Rika (1921)ga 
tushirildi. 1926-yildan 1935-yilgacha Amerika qo'shinlari Nikaragua va Kubada saqlab 
turildi. 20-yillarda Amerika sarmoyasi g'arbiy yarim sharda tanho hukmronlik qildi. 
Lotin Amerikasidagi 20 mamlakatning 14 tasi AQSHning moddiy nazorati ostida 
bo'lib, bu mamlakatlarda Amerika hukmron doiralarining irodasiga bo'ysungan 
tuzumlar qaror topdi. 
Amerika Qo'shma Shtatlari G'arbiy Yevropadagi moliya tizimlarida ham 
yetakchi marralarni qo'lga kiritib, bundan qit'a ustidan o'z siyosiy hukmronligini 
o'rnatish yo'lida foydalandi. Daues rejasi (1924) ko'magida moliya sarmoyasi G'arbiy 
Yevropaga kiritildi va Germaniya harbiyish-lab chiqarish qudrati hamda Germaniya 
militarizmining tiklanishiga ko'maklashdi. Amerika kompaniyalarida ayniqsa Polsha 
katta qiziqish uyg'otdi, Amerika sarmoyasi bu yerda Polsha qazilma va metallurgiya 
sanoatining 50%i ustidan nazorat o'rnatishga erishdi. 
AQSHda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi 
aynan shu mamlakat uchun eng sertalafot 
oqibatlar keltirdi. Inqiroz 1929-yilning 24-
dekabrida Nyu-York birjasidagi vahimadan 
boshlandi. Aksiyalar kursi keskin ravishda pasayaverdi. Bir haftadan so'ng 
aksiyalarning umumiy qiymati 4,5 baravar pasaydi, barcha qimmatli qog'ozlar, 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling