Tarix o’tmishning ko’zgusi
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1. Nima uchun Italiya birinchi jahon urushidan so’ng ―goliblar ichida mag’lub‖ vaziyatida edi? 2. ―Qizil ikki yillik‖ va uning yakunlari haqida so’zlab bering. 3. ―Fashizm‖ atamasi qachon paydo bo’lgan va uning tarqalishi to’g’risida nimalarni bilasiz? 4. Benito Mussolini faoliyati haqida nimalarni bilib oldingiz? 5. ―Totalitarizm‖, ―Konsorsium‖, ―Avtarkiya‖, ―Moliya oligarxiyasi‖ va ―duche‖ atamalariga ta’rif bering. 6. ‖Berlin-Rim-Tokio o’qi‖ to’g’risida nimani bilasiz? - 79 - 7. ‖Hunta‖ va ―anarxo-sindikalizm‖ atamalari qanday ma’nolarni anglatadi? 8. Ispaniyada harbiy diktaturaning o’rnatilishi haqida so’zlab bering. 9. ―1918-1939 yillarda Italiya va Ispaniya ijtimoiy hayotidagi o’xshashliklar‖ mavzusida mustaqil ishlang. 1918-1939 YILLARDA AQSH Tarixni esga oling ! Amerika qit’asi Buyuk geografik kashfiyotlargacha noma’lum edi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida bu qit’aga dunyoning turli burchaklaridan ispanlar, gollandlar, fransuzlar, inglizlar, yahudiylar va boshqa xalqlar kirib kelishdi. Ayni paytda Shimoliy Amerikada inglizlar bir necha mustamlakalarga asos solishdi. 18-asrning ikkinchi yarimida Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalari mustaqillik uchun kurash boshladi. Uning tepasida Jorj Vashington, Tomas Jefferson, Samuel Adams, Benjamin Franklin, Tomas Peyn, Patrik Genri va Jeyms Medison kabilar bosh-qosh bo’lishdi.1776-yil 4-iyulda AQSHning ―Mustaqillik Deklaratsiyasi‖ qabul qilindi. 1783 yilda Buyuk Britaniya hukumati shtatlarning mustaqilligini tan olishga majbur bo’ldi. 1861-1865 yillarda AQSHda fuqarolar urushi bo’lib o’tdi.Urush natijasida janudiy va shimoliy shtatlar birlashtirildi hamda AQSHda qullik bekor qilindi. AQSH 1-jahon urushida dastlab betaraf turdi. Faqatgina 1918-yilning bahoridagina harbiy harakatlarda ishtirok eta boshladi. Birinchi jahon urushidan AQSH juda katta foyda bilan chiqdi. Amerika kompaniyalari Yevropa mamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda harbiy jihozlar, qurol-yarog' va oziq- ovqat yetkazib berdi. Ko'plab Yevropa mamlakatlari AQSHdan urush olib borish uchun kredit oldilar va urushdan so'ng AQSH oldida qarzdor bo'lib qoldilar. Amerika kompaniyalari urush davrida jami 35 mlrd. dollardan ortiq sof daromad oldilar. Bundan tashqari, Yevropadagi 20 mamlakat AQSHdan 10 mlrd. dollar qarzdor bo'lib qoldi. Ular har yili AQSHga kamida 1 mlrd. dollardan to'lab turishlari lozim edi. Urushdan keyingi dastlabki yillardayoq AQSHda mamlakat tarixidagi eng shafqatsiz va keng miqyosli qatag'on avj oldirildi. 1918-yil mayida AQSH hukumati «Da'vatkorlik to'g'risidagi hujjat»ni e'lon qildi. Unga ko'ra mamlakatdagi mavjud tuzum to'g'risida bildirilgan barcha salbiy fikrlar jinoiy deb e'lon qilindi. Bunday ayb bilan qamoqqa olingan har qanday odamga 10 ming dollar jarima solish yoki 20 yil muddatga qamoq jazosi ko'zda tutildi. Ushbu hujjatga ko'ra 2 ming kishi hukm qilindi. O'zgacha fikrlovchilarga nisbatan jismoniy tazyiq qo'llash Amerika huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatida odatiy holga aylandi. 1919-yil hujjati «sindikalizm»ni, ya'ni sanoatdagi xususiy mulkdorlikni qoralovchi har qanday da'vatlarni man etardi. O'zgacha fikrlashda shubha qilingan taraqqiyparvar arboblarga qarshi sud jarayonlari uzluksiz o'tkazila boshlandi. 1920-yil yanvarida AQSH politsiyasi 70 shaharda Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling