Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114
1939-yil 26-iyul kuni AQSH Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 
1939-yil 4-noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan so'ng betaraflik haqidagi 
qonun qayta ko'rib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga AQSHdan qurol-yarog' 


- 87 - 
sotib olish imkonini berdi. AQSH demokratik davlatlar tomonidagi o'z holatini qat'iy 
belgiladi. 
1941-yil 11-martda Kongress prezident FDRga himoyasini «prezident AQSH 
mudofaasi uchun hayotiy muhim hisoblagan har bir millatga» qurol va harbiy anjomlar 
qarzga (lend), yoki ijaraga (liz) berishi uchun imkon yaratgan lend-liz haqidagi 
qonunni qabul qildi. AQSH lend-liz bo'yicha amalda Angliyaga, Sovet lttifoqi va 
Xitoyga qurol bilan katta yordam berdi. Qonun AQSHning Ikkinchi jahon urushiga 
kirishidan sakkiz oy oldin mamlakat harbiy sanoati rivojlanishini tezlashtirishga shart-
sharoitlar yaratdi. Bu siyosiy jihatdan AQSHning urushayotgan tomonga aylanganligini 
anglatdi hamda amerikalik siyosiy va harbiy arboblarga jahon siyosatida faol rol 
o'ynash huquqini berdi. Biroq, bu AQSHning bevosita urushga kirish niyatidaligini 
bildirmasdi. Izolyatsionistlarning mavqei kuchli edi va Amerikaning rahbar 
namoyandalari doimiy ravishda AQSHning urushdagi ishtiroki harbiy harakatlarda 
faqat dengiz va havo kuchlarining qatnashishi bilan cheklanishi haqida ma'lum 
qilishardi. Shu boisdan AQSH hukumati fashistlar agressiyasiga faol va qat'iy qarshi 
chiqishga shoshilmadi. Shu bilan birga AQSH Buyuk Britaniyaning halokatga 
uchrashiga va Britaniya imperiyasining parchalanishiga yo'l qo'ya oimasdi. Zero, 
gitlerchilar Germaniyasining g'alabasi natijasida yuzaga keladigan yangicha kuchlar 
nisbati AQSH uchun g'oyatda foydasiz va xavfli bo'lishi mumkin edi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
 
1. Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlarini misollar bilan 
tushuntiring. 
2. ―Da’vatkorlik to’g’risida hujjat‖ning qabul qilinishi va uning oqibatlari haqida 
so’zlab bering. 
3. Jahon iqtisodiy inqirozi AQSH iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko’rsatdi? 
4. AQSHning prezidenti F. D. Ruzveltning ―Yangi yo’nalish‖i jamiyatni 
liberallashtirishda qanday rol o’ynadi? 
5. ―1918-1939 yillarda AQSHning tashqi siyosati‖ mavzusida mustaqil ishlang. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling