Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lotin Amerikasi
mamlakatlarining yarim mustamlakaga aylantirilishi - 89 - Lotin Amerikasi xalqlari xorijiy kompaniyalarning tazyiqiga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun muntazam kurash olib bordilar. Bu kurashda demokratik xususiyatga ega Meksika inqilobi yirik hodisa bo'ldi. U 7 yil (1910-1917) davom etdi va mustaqil Meksika respublikasining e'lon qilinishi bilan tugadi. Meksika inqilobi qit'ada ozodlik harakatlari silsilasining boshlanishiga turtki berdi va ular Lotin Amerikasi mamlakatlarining yirik davlatlarga qaramligi zaiflashib, mustaqilliklari mustahkamlanishiga olib keldi. Birinchi jahon urushi qit'ada iqtisodiyotning o'sishiga imkon yaratdi. Yevropa tayyor mahsulotlari importining qisqarishi bu yerda qayta ishlash sanoatining rivojlanishiga turtki berdi. Peru, Kolumbiya, Venesuela, Kuba va boshqa mamlakatlarda olinayotgan foydali qazilmalar hajmi ko'paydi, qishloq xo'jalik xom ashyosini ishlab chiqarish va tashqi savdo hajmlari ham oshdi. Shu bilan birga milliy burjuaziya va milliy ishchilar sinfi, o'rta va mayda savdogarlar tabaqasi ham o'sdi. Biroq, Birinchi jahon urushidan so'ng yirik davlatlarning Lotin Amerikasidagi ekspansiyasi yanada kuchaydi. Shu bilan bir vaqtda jahon bozorida Lotin Amerikasi mollari (oziq-ovqat mahsulotlari, qahva, selitra, mis, neft)ga bo'lgan talab kamaydi. Bu qit'adagi qator mamlakatlarning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta'sir qildi. Mehnatkashlarning turmush darajasi keskin pasaydi. Birinchi jahon urushi tugashi bilan Lotin Amerikasi mamlakatlari hayotida keskin o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu eng avvalo ijtimoiy nizolarning keskinlashishida aks etdi. Qit'adagi barcha mamlakatlarda ishchilarning yirik ish tashlashlari, dehqonlarning qo'zg'olonlari, talaba va ziyolilarning inqilobiy namoyishlari bo'lib o'tdi. Ular ta'lim tizimini isloh qilish, siyosiy hayotni demokratlashtirish, agrar islohotlarni amalga oshirishni talab qildilar. Inqilobiy harakat to'lqinida eski kasaba uyushmalari markazlari mustahkamlandi, ulkan mehnatkash ommani birlashtirgan yangi kasaba uyushmalari vujudga keldi. Lotin Amerikasi mamlakatlarining hukmron doiralari ayrim yon berishlarga borishga va islohotlarni o'tkazishga majbur bo'ldilar. Deyarli barcha mamlakatlarda sakkiz soatli ish kuni, yakshanbada dam olish, ijtimoiy sug'urta va shu kabilar joriy qilindi. Qit'adagi mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklaridan foydalangan yirik davlatlar ularning iqtisodiyotiga faol aralashishga kirishdilar. 20-yillarga qadar Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirish borasida Angliya birinchi o'rinda turardi. Biroq, 20-yillar oxiriga borib AQSH bu borada Angliyani ancha chetga surdi. 30-yillar oxiriga borib esa yirik AQSH kompaniyajari bu yerda hal qiluvchi mavqeni qo'lga kiritdilar. AQSH elektr stansiyalari, temir yo'llar, pochta, telegraf, neft va tog'-kon sanoatini o'z nazorati ostiga oldi. Xorijiy sarmoyaning tazyiqi Lotin Amerikasi jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy tizimining konservatsiyalanishi va jahon ijtimoiy taraqqiyoti darajasidan ortda qolishiga olib keldi. 20-yillarda iqtisodiy faol aholining 66%i qishloq xo'jaligida ishlab, faqat 14%igina ishlab chiqarishda band etilgan edi. Xorijiy sarmoyaning tazyiqi bu yerda yaratiluvchi boyliklarning asosiy qismi chet elga chiqib ketishiga imkon yaratardi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling