Tarix o’tmishning ko’zgusi


-1939 YILLARDA LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114
1918-1939 YILLARDA LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI 
 
Tarixni esga oling ! 

Lotin Amerikasi shimolda Meksika chegaralaridan boshlanib, janubda Olovli 
yergacha cho'zilgan. Qit’aning tub aholisi mayya, atstek va ink kabi qabilalar 
edi.  

Lotin Amerikasi buyuk geogragik kashfiyotlar davrida Fransiya, Ispaniya va 
Portugaliya mustamlakachilari tamonidan bosib olindi. Mustamlakachilar 
Lotin Amerikasining tub aholisini deyarli qirib tashladilar. So’ngra ishchi 
kuchiga bo’lgan talabning orta borishi natijasida mustamlakachlar Afrikadan 


- 88 - 
negrlarni qul qilib olib kelishdi. Negrlar omon qolgan tub aholi bilan chatishib 
o’ziga xos irq – mulatlarni tashkil etishdi.  

18-asrning oxiri va 19-asrning birinchi yarimidan boshlab Lotin Amerikasi 
davlatlarining mustaqillik uchun kurashi kuchaydi va ular bilan birin ketin 
mustaqillikka erishdilar: Meksika va Peru – 1821 yil, Venesuela va Yangi 
Grenada (hozir u Kolumbiya) – 1819 yil, Braziliya va Ekvador – 1822 yil, 
Boliviya – 1825 yil. 1830 yilga kelib Janubiy Amerikaning barcha xalqlari 
mustaqillikni qo’lga kiritishdi. 

Lotin Amerikasi mustaqil davlatlarning paydo bo’lishidan 1-jahon 
urushigacha o’tgan davr mobaynida AQSH bu hududda o’z ta’sirini 
mustahkamlashga harakat qildi va bu yo’lda Ispaniya bilan urush olib bordi. 

1-jahon urushida Lotin Amerikasi davlatlari betaraf turdilar va bu hol 
davlatlar iqtisodiyotining o’sishiga sabab bo’ldi.  
Faqat 
torgina 
Dreyk 
bo'g'ozi 
Lotin 
Amerikasini Antarktidadan ajratib turadi. Qit'a 
hududining 
katta 
qismi 
abadiy 
yashil 
o'rmonlar, 
dunyodagi 
eng 
yirik 
qalin 
savannalardan iborat. O'rmonlarda texnika va tibbiyot uchun ahamiyati beqiyos bo'lgan 
qimmatbaho daraxt turlari, rezina ishlab chiqarishda bebaho xom ashyo sanalgan 
kauchuk olinuvchi daraxtlar ko'plab o'sadi. 
Lotin Amerikasi zamini foydali qazilmalar -temir rudasi, mis, molibden, xrom, 
tabiiy gaz, uran rudasi, marganets, nikel, kobalt, volfram, qo'rg'oshin, rux, qalayi, 
surma, fosfatlar va boshqa qazilmalarga juda boy. Tabiiy boyliklarining hajmi va 
xilma-xilligi jihatidan hech bir qit'a Lotin Amerikasiga tenglasha olmaydi. 
Lotin Amerikasi bu yerda o'z rivojlanayotgan sanoati uchun xom ashyo olishni 
va uikan mol o'tkazish bozoriga ega bo'lishni ko'ziagan AQSHning va Yevropadagi 
yirik davlatlarning e'tiborini ko'pdan o'ziga tortib keladi. XIX va XX asr chegarasida 
ular Lotin Amerikasida keng ekspansiyani avj oldirdilar. 1903-yilda AQSH Panama 
kanali hududini «abadiy» foydalanish uchun sotib olib, muhim strategik mavqeni 
qo'lga kiritdi. 
AQSH agrar munosabatlarning sodda shakllarini saqlab qolishga, Lotin 
Amerikasi mamlakatlarini o'zining agrar-xom ashyo «dumi»ga aylantirish maqsadida 
uni iqtisodiy ixtisoslashtirishni kuchaytirishga urindi. Argentina va Urugvay -bug'doy, 
go'sht, jun, Braziliya -qahva va kauchukni yirik miqdorda yetishtiruvchi, Boliviya -
qalayi, Chili -mis va selitra, Meksika va Venesuela - neft yetkazib beruvchi davlatlarga 
aylandi. Asosan AQSHga meva yetkazib berish bilan shug'ullangan Markaziy Amerika 
mamlakatlari «bananli respublikalar» nomini oldi. 
Bu yerda Nikaragua, Paragvay, Salvador, Panama va Kosta-Rikada yuksak 
mavqega ega bo'lgan AQSHning yirik «Yunayted frut kompani» kompaniyasi 
xo'jayinlik qildi. Kuba shakarqamish yetishtirishga ixtisoslashtirildi. Kuba, Panama, 
Gaiti, Nikaragua, Dominika respublikasi kabi mamlakatlar AQSHning yarim 
mustamlakasiga aylantirildi. Ularda hokimiyat tepasiga harbiy xuntalar keldi. 
Mamlakatni boshqarishni ular oilaviy ishga aylantirdilar. AQSHning pullari evaziga 
uikan qurolli kuchlarni saqlab turdilar. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling