Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114
ozodlik ligasi tuzilishida o'z ifodasini topdi. Mazkur tashkilot davlat tomonidan 
boshqarilish va liberal islohotlar rad etilishini, yirik kapitalga soliqlar kamaytirilishini 


- 85 - 
hamda mehnatkashlarga va demokratik harakatlarga nisbatan qattiq yo'nalishga 
o'tilishini talab qildi. 
Burjuaziya muhitidagi «yangi yonalish» dushmanlarining asosiy qismi AQSH 
Oliy sudiga va uning ortida turgan moliya oligarxiyasining reaksion kuchlariga 
tayanardi. Umrbod saylangan Oliy sud a'zolarining aksariyati xususiy biznes sohasiga 
davlat tomonidan har qanday, aralashuvga qarshi chiqishardi va «yangi yo'nalish» 
huquqan to'g'riligini inkor etishardi. Ularning tazyiqi tufayli AQSH Oliy sudi 1935-yil 
mayida qabul qilingan qonunlarning, 1936-yil yanvarida qishloq xo'jaligining 
boshqarilishi haqidagi qonunning konstitutsiyaga to'g'ri emasligini e'lon qildi. So'ngra 
1933-1934-yillarda qabul qilingan yana 9 ta qonun konstitutsiyaga to'g'ri kelmaydigan 
qonunlar sifatida tan olindi. 
Erishilgan ijtimoiy yutuqlarga nisbatan xavf «yangi yo'nalish» atrofida liberal-
demokratik kuchlarning keng koalitsiyasini birlashtirdi. 1936-yili FDR saylovlarda 
ajoyib g'alaba qozondi. 48 shtatdan 46 tasi uning nomzodini quvvatladi. Bu umumxalq 
qo'llab-quvvatlanishini olgan neoliberalizmning zafari edi. 
Kasaba ayushmalari huquqlalarining va 
ish tashlash huquqining tan olin-ganligi 
ishchilar sinfining o'z saflari birligi 
uchun kurashiga yangi turtki berdi 1934 
yildayoq 1 mln. 170 ming ishchi, ya'ni avvalgidan ko'ra ko'proq kishi stachkalarda 
qatnashdi. 1933-1939-yillarda AQSHda 8 mln. dan ortiq ishchi ish tashladi. Stachkalar 
hujumkor xususiyatga ega bo’lib yuqori darajadagi uyushganhgi bilan ajralib turardi. 
Kasaba yushmalari soni ko'paya boshladi. Tan olingan markaz- Amerika mehnat 
federatsiyasi (AMF) bilan birga yangi kasaba
uyushma tashkiloti - Ishlab chiqarish 
kasaba komiteti paydo bo'ldi. Bu tashkilot 1938-yildan Ishlab chiqarish kasaba 
uyushmalari Kongressi (ICHKUK) deb nomlandi. Yangi kasaba uyushma birlashmasi 
tarkibiga malakasiz ishchilar kirishgan va ular ma'lum darajada sinfiy hamkorlikda va 
korchalonlarga qarshi kurashdan bosh tortishda mujassamlanadigan eskicha 
qarashlardan ozod edilar. 
1939-yilga kelib, kasaba uyushmalari a'zolari soni 9 mln.ga yetdi, kasaba 
uyushmalari harakati mamlakat mamalakat siyosiy hayotining muhim qismiga aylandi. 
Kasaba uyushmalari barqaror ravishda Demokratik partiyani qo'llashardi va shu 
qo’llab-quvvatlash tufayli partiya 1952-yilgacha hukmronlikni egallab turdi. FDR 1940 
va 1944-yillarda asosan ishchilar sinfining ovozlari hisobidan katta ustunlik bilan 
saylangan edi. 
FDR prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi 
siyosatda ham aks etdi. AQSHning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va 
haqqoniyroq bo'lib qoldi. Yangi ma’muriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi -

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling