Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1938-yildan
ozodlik ligasi tuzilishida o'z ifodasini topdi. Mazkur tashkilot davlat tomonidan
boshqarilish va liberal islohotlar rad etilishini, yirik kapitalga soliqlar kamaytirilishini - 85 - hamda mehnatkashlarga va demokratik harakatlarga nisbatan qattiq yo'nalishga o'tilishini talab qildi. Burjuaziya muhitidagi «yangi yonalish» dushmanlarining asosiy qismi AQSH Oliy sudiga va uning ortida turgan moliya oligarxiyasining reaksion kuchlariga tayanardi. Umrbod saylangan Oliy sud a'zolarining aksariyati xususiy biznes sohasiga davlat tomonidan har qanday, aralashuvga qarshi chiqishardi va «yangi yo'nalish» huquqan to'g'riligini inkor etishardi. Ularning tazyiqi tufayli AQSH Oliy sudi 1935-yil mayida qabul qilingan qonunlarning, 1936-yil yanvarida qishloq xo'jaligining boshqarilishi haqidagi qonunning konstitutsiyaga to'g'ri emasligini e'lon qildi. So'ngra 1933-1934-yillarda qabul qilingan yana 9 ta qonun konstitutsiyaga to'g'ri kelmaydigan qonunlar sifatida tan olindi. Erishilgan ijtimoiy yutuqlarga nisbatan xavf «yangi yo'nalish» atrofida liberal- demokratik kuchlarning keng koalitsiyasini birlashtirdi. 1936-yili FDR saylovlarda ajoyib g'alaba qozondi. 48 shtatdan 46 tasi uning nomzodini quvvatladi. Bu umumxalq qo'llab-quvvatlanishini olgan neoliberalizmning zafari edi. Kasaba ayushmalari huquqlalarining va ish tashlash huquqining tan olin-ganligi ishchilar sinfining o'z saflari birligi uchun kurashiga yangi turtki berdi 1934 yildayoq 1 mln. 170 ming ishchi, ya'ni avvalgidan ko'ra ko'proq kishi stachkalarda qatnashdi. 1933-1939-yillarda AQSHda 8 mln. dan ortiq ishchi ish tashladi. Stachkalar hujumkor xususiyatga ega bo’lib yuqori darajadagi uyushganhgi bilan ajralib turardi. Kasaba yushmalari soni ko'paya boshladi. Tan olingan markaz- Amerika mehnat federatsiyasi (AMF) bilan birga yangi kasaba uyushma tashkiloti - Ishlab chiqarish kasaba komiteti paydo bo'ldi. Bu tashkilot 1938-yildan Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari Kongressi (ICHKUK) deb nomlandi. Yangi kasaba uyushma birlashmasi tarkibiga malakasiz ishchilar kirishgan va ular ma'lum darajada sinfiy hamkorlikda va korchalonlarga qarshi kurashdan bosh tortishda mujassamlanadigan eskicha qarashlardan ozod edilar. 1939-yilga kelib, kasaba uyushmalari a'zolari soni 9 mln.ga yetdi, kasaba uyushmalari harakati mamlakat mamalakat siyosiy hayotining muhim qismiga aylandi. Kasaba uyushmalari barqaror ravishda Demokratik partiyani qo'llashardi va shu qo’llab-quvvatlash tufayli partiya 1952-yilgacha hukmronlikni egallab turdi. FDR 1940 va 1944-yillarda asosan ishchilar sinfining ovozlari hisobidan katta ustunlik bilan saylangan edi. FDR prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. AQSHning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq bo'lib qoldi. Yangi ma’muriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi - Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling