Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114
1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o'rnatilganligidir. Ikki 
mamlakat o'rtasida munosabatlar me'yorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini 
faollashtirdi. 1935 va 1937-yillarda AQSH bilan SSSR o'rtasida ikki mamlakatning 
o'zaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlari 
tuzildi. 
“Yangi yo’nalish”ning jamiyatni 
liberalizatsiyalashdagi roli. 
FDRning tashqi siyosati.


- 86 - 
1933-yili AQSH hukumati Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan «yaxshi 
qo'shnichilik» siyosatini e'lon qildi. FDR Gaitidan Amerika qo'shinlarini chaqirib oldi. 
Kuba bilan shartnoma tuzilib, AQSHning intervensiya huquqi bekor qilindi. Lotin 
Amerikasi davlatlari bilan ular uchun qulay savdo bitimlari tuzildi. Siyosatining yangi 
usullari tufayli AQSH Janubiy Amerikadagi asosiy raqiblar - Angliya, Germaniyani 
tezda qisib qo'yishga erishdi. AQSH yevropalik raqobatchilariga qarshi kurashda Lotin 
Amerikasi 
mamlakatlari 
aholisining 
keng 
qatlamlarida 
hukmron 
bo'lgan 
panamerikanizm g'oyalaridan mohirona foydalandi. Shu davrda o'tkazilgan uchta 
Panamerika 
konferensiyalari 
AQSHning 
Lotin 
Amerikasidagi 
gegemonligi 
mustahkamlanishiga imkon yaratdi. 
30-yillar o'rtalarida AQSHdagi hukmron doiralarning diqqat markazini Yevropa 
va Uzoq Sharq siyosati muammolari egalladi. Bu masalalar bo'yicha o'tkir siyosiy 
kurash avj oldi. AQSHda ko'pdan beri «izolyatsionizm», ya'ni Yevropa siyosatiga har 
qanday aralashishni rad etish siyosati hukmron edi. Mazkur siyosat tarafdorlari 
AQSHning xalqaro mavqeini mustahkamlash uchun «qo'llar erkinligi» saqlanishi 
zarurligini va davlatlar bilan harbiy-siyosiy ittifoqlarga kirishmaslikni ta'kidlashardi. 
Bundan tashqari, izolyatsionistlar Yevropa qit'asidagi ikki koalitsiyaning to'qnashuvi 
ularning o'zaro zaiflashuviga olib keladi va qaysidir uchinchi tomonga hal qiluvchi 
daqiqada 
o'z 
shartlarini 
o'tkazish 
rmkonini 
beradi 
deb 
hisoblashardi. 
Izolyatsionistlarning mavqei Amerikaning keng xalq doiralarida hukmron bo'lgan 
urushga qarshi kayfiyatlar, shuningdek Demokratik partiyaning o'zida «betaraflik - 
urushga qarshi vositachi» shiorini ilgari suradigan kuchli senatorlar guruhi mavqei 
tufayli kuchaya bordi. Bu senatorlar guruhi ko'pgina holatlarda tashqi siyosat 
masalalari bo'yicha muhim qarorlar qabul qilinishiga faol ta'sir ko'rsatishga muvaffaq 
bo'ldi. 1935-yil avgustida ularning tazyiqi bilan betaraflik haqidagi qonun qabul 
qilindi. Bu qonun Yevropa qit'asidagi urushayotgan mamlakatlarga qurol-aslaha va 
harbiy materiallar yetkazilishini taqiqlardi. Yevropa qit'asidagi fashistik davlatlarning 
tajovuzkorona siyosati va ularning dunyoda hukmronlikka ochiq da'volari avj olgani 
sayin AQSH tashqi siyosatida boshqa yo'nalish - internatsionalizm (baynalmilalchilik) 
tobora kuchayib bordi. Bu yo'nalish vakillari fashistik davlatlar blokining vujudga 
kelishi AQSHga ham harbiy xavf tug'diradi va shuning uchun G'arbiy Yevropadagi 
demokratik davlatlar bilan, birinchi navbatda Angliya bilan yaqinlashish zarur deb 
hisoblashardi. Prezident FDR, uning kabineti a'zolari va Amerika Kongressining 
ko'plab taniqli yetakchilari internatsionalistik yo'nalish tarafdorlari edi. 
FDR 1937-yil 5-oktabr kuni Chikagoda so'zlagan nutqida agressorlar atrofida 
«karantin» o'rnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini 
ham keskin qoraladi. AQSH hukumati o'zining barcha imkoniyatlarini ishga solib 
urushga faol tayyorgarlik ko'ra boshladi. Shu maqsadda qurol ishlab chiqarish 
kengaytirilib, ularning sifati takomillashtirib borildi. Tinch okeani orollarida 
shoshilinch ravishda harbiy bazalar qurishga kirishildi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling