Tarix o’tmishning ko’zgusi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
1. Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun birinchi jahon urushining oqibatlari 
haqida so’zlang. 
2. 1918-1939 yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat haqida nimalarni bilib oldingiz? 
3. XX asrning 20-30-yillarida Braziliya, Kuba va Nikaraguada o’rnatilgan 
siyosiy tuzum haqida fikringizni bayon eting. 
4. Pedro Agirra Serda va Eleasar Kontreraslarning siyosiy faoliyatini 
yoritib bering . 
5. Kolumbiya va Peru o’rtasida qonli urushning boshlanishiga sabab nima 
edi?
6. Boliviya va Paragvay o’rtasidagi qurolli to’qnashuvlarning sababini 
so’zlab bering. 
7. www.krugosvet.ru saytidan foydalanib ―Lotin Amerikasida 1918-1939 
yillarda faoliyat yuritgan siyosiy arboblar‖ mavzusida mustaqil ishlang. 
1918-1939-YILLARDA XITOY 
 
Tarixni esga oling ! 

Xitoy sharqiy Osiyodagi eng yirik davlatlardan biridir. Bu hududda ilk 
paleolit davridan beri odamlar yashab keladi.

Xitoy hududida paydo bo’lgan ilk davlatlardan biri Xuanxe daryosi boy’idagi 
Sya davlatidir. Bundan tashqari qadimgi Xitoyda Chjou, Sin, Xan kabi 
davlatlar mavjud edi.

Ilk o’rta asrlarda Xitoyda Suy, Tan va Sun kabi davlatlar tashkil topdi. Sun 
sulolasi hukmronligining oxirgi yillarida Xitoy mug’ullar tomonidan iste’lo 
qilindi (1279).

14-asrga kelib, Mug’ullar davlatining inqirozidan foydalangan Xitoyda 
ozodlik kurashi boshlandi. Bu kurashlar natijasida 1368-yilda Xitoy 
mug’ullardan ozod qilindi va yahgi Min sulolasiga asos solindi.

16-asr oxiri va 17-asr boshlarida Xitoy manjur qabilalarining hujumiga duchor 
bo’ldi. 1644-yilda Pekinda hokimiyatni qo’lga olgan manjurlar Sin sulolasiga 
asos solishdi. Bu sulola Xitoyni 1-jahon urushiga qadar boshqardi.

1911 va 1913 yillarda Sun Yatsen boshchiligida Sin sulolasiga qarshi yirik 
qo’zg’alonlar bo’lib o’tdi. 1914-yilda Xitoyda Sin sulolasi tugatilib, Yuan 
Shikay boshchiligida diktatura o’rnatildi. 
 
Birinchi jahon urushi oxirlarida Xitoy qoloq, yarim feodal, 
yarim mustamlaka mamlakat edi. Xitoy yirik dunyo 
davlatlarining ta'sir doiraiariga taqsimlangan, mamlakat sanoati, 
transporti, banklari, tashqi savdosining asosiy qismi xorijiy kompaniyalarga tegishli 
edi.Birinchi jahon urushi yillarida mamlakat sanoati o'sib, milliy ishchilar sinfi 
shakllandi va bosh maqsadi chet el hukmronligidan to'liq ozod bo'lishidan iborat 
milliy-demokratik inqilobning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling