Tarix o’tmishning ko’zgusi


Lotin Amerikasi mamlakatlari


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114
Lotin Amerikasi mamlakatlari 
ikki jahon urushi oralig’ida 
 


- 90 - 
Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlangan davlatlarning xom ashyo «dumi»ga 
aylanib qoldi. Oziq-ovqat mahsulotlari, foydali qazilmalar bu yerdan past narxlarda 
olib ketilib, tayyor mahsulot ko'rinishida tannarxidan bir necha o'n baravar yuqori 
narxlarda qaytib kelardi. Teng huquqli bo'lmagan bitimlar majburan qabul qildirilar, 
xalqqa qarshi tuzumlar qaror topar edi. 
XX asrning 30-yillarida Lotin Amerikasi qit'asiga harbiy-fashistlar ittifoqi 
mamlakatlari -Germaniya, Italiya va Yaponiyaning faol ta'sir ko'rsatishi kuzatildi. 
Ikkinchi jahon urushiga tayyorgarlik ko'rayotgan bu mamlakatlar Lotin Amerikasidan 
qishloq xo'jalik mahsulotlari, strategik xom ashyo, neft, rangli metallar, selitra xarid 
qildi. Germaniya sarmoyasi Argentina, Braziliya, Chili, Paragvay iqtisodiyotiga faol 
joylashtirilib, bu mamlakatlardagi hukmron sinflarning siyosatiga tobora kuchliroq 
ta'sir ko'rsata boshladi. Nemis muhojirlarining ko'pligidan foydalanib, gitlerchilar bu 
yerda fashistik tashkilotlarni ko'paytirdilar, natsizm mafkurasini tarqatishga urindilar. 
Gitler Germaniyasi rahbariyatining diqqat markazida Janubiy Amerikadagi eng 
yirik davlatlar hisoblangan Argentina va Braziliya turdi. Bu mamlakatlarda qo'shin 
boshliqlari fashizm andozasidagi harbiy diktatura o'rnatilishini orzu qilardi. Ofitserlar 
korpusi nemis harbiy instruk-torlari tomonidan o'qitilgan bo'lib, qo'shin ham fashistlar 
qo'shini 
namunasi 
bo'yicha 
tuzilgandi. 
Argentina 
va 
Braziliya 
fashizm 
ekspansiyasining Janubiy Amerikadagi tayanchi bo'lishi lozim edi. Gitlerchilarga 
Italiya fashistlari ham ko'maklashib, Braziliya, Chili va Argentinada o'z tayanch 
punktlarini barpo etdilar. Bu yerda tashkil etilgan fashistik tashkilotlar hokimiyatni 
egallash uchun qurolli chiqishlarni tayyorladilar. 
Biroq, fashistlarning Janubiy Amerikada hokimiyatni egallash borasidagi rejasi 
chippakka chiqdi. Germaniya va Italiya bu yerdan o'zlarining G'arbiy Yevropadagi 
raqiblarini siqib chiqarishga iqtisodiy jihatdan zaiflik qildilar. lqtisodiyotda yetakchi 
marralarni egallashga bo'lgan urinishlar bir nechta firma tashkil qilish va savdoni 
birmuncha kengaytirish bilan yakunlandi. 
Ijtimoiy-siyosiy hayotda fashistlarning hokimiyatni egallashga bo'lgan urinishi 
liberal-demokratik kuchlar boshchiligidagi antifashistlarning qudratli demokratik 
harakati qarshiligiga uchradi. Meksikada L. Kardenas (1934-1940)ning demokratik 
hukumati, Xalq fronti harakatiga tayanib, 1938-yilda general Sediloning fashistlar 
ko'magida harbiy to'ntarish uyushtirishga bo'lgan urinishini chippakka chiqardi. Bu 
Lotin Amerikasi qit'asida fashizmga qarshi kurashda keskin burilish yasadi. Fashistlar 
hokimiyatni Ispaniyadagi kabi egallashni uddalay olmadilar. Meksikadan Kolumbiya, 
Kuba va Chili ibrat oldi. Ayniqsa, Chilida ro'y bergan o'zganshlar katta ahamiyatga 
egadir. Bu yerda demokratik tashkilotlarning keng ommasi ko'magida hukumat 
tepasiga demokratik kuchlar vakili senator Salvador Alyende boshchiligidagi Xalq 
fronti keldi. 
Lotin Amerikasi xalqlari qit'aga fashizmni kiritmadilar. Bu Ikkinchi jahon 
urushidagi kuchlar nisbatida katta o'rin tutdi. Biroq, fashizmga tarafdor kuchlar to'liq 
tor-mor etilmadi va ular Ikkinchi jahon urushi yillari Lotin Amerikasi 
mamlakatlarining 
antifashistlarning 
demokratik 
ittifoqi 
tomonida 
urushga 
qo'shilishlariga faol to'sqinlik qildilar. AQSH qo'shini tarkibiga harbiy-havo kuchlari 
eskadrilyasini Filippinga jo'natgan Meksika hamda 5 ming kishilik (ittifoqchilar 


- 91 - 
qo'shini tarkibiga kirgan) ekspeditsiya korpusini Italiyaga yuborgan Braziliyadan 
tashqari, Lotin Amerikasi mamlakatlari urushda bevosita ishtirok etmadi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling