Tarix o’tmishning ko’zgusi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
1. Birinchi jahon urushining Xitoyga ta’siri haqida nimalarni bilib oldingiz? 
2. Sun Yatsenning Xitoy xalqi uchun qilgan xizmatlari nimalardan iborat? 
3. Chan Kayshining hokimyatni qo’lga kiritishida qaysi G’arb davlatlari 
ko’mak berdi? 
4. Xitoy halqining yapon bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik urushi 
natijalari haqida so’zlab bering. 
5. ―Gomindanning XKP bilan kurashi‖ mavzusida mustaqil ishlang. 
 
1918-1939-YILLARDA HINDISTON 
 
Tarixni esga oling ! 

Hindiston Janubiy Osiyodagi yirik davlatlardan biridir. Bu hududdagi 
dastlabki davlatlar Hind daryosi va uning irmog’i bo’lgan Panjob vodiysida 
vujudga keldi. Bu hududda miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda 
Moxenjadaro va Xarappa madaniyatlari ravnaq topdi. Olimlarning fikricha 
Moxenjadaro va Xarappa Hindistonda paydo bo’lgan ilk davlatlardandir. 
Milliy-ozodlik 
urushi 
 


- 97 - 

Miloddan avvalgi 6-asrda Hind daryosi bo’ylarida Magadxa, Koshala va 
Malla kabi 20 dan ziyod davlatchalar mavjud edi. Bu davlatlar ichida dastlab 
Magadxa kuchayib, atrofdagi davlatlarni bo’ysundiradi. Miloddan avvalgi 
345-yilda oddiy tabaqadan chiqqan Ugrasen Nand Magadxani bosib olib
Nand davlatiga asos soldi. 

Miloddan avvalgi 327-yildan Hindistonda yunonlar (Aleksandr Makedonskiy) 
bosqini boshlandi va Hindiston yunonlar tomonidan bosib olindi. 

A. Makedonskiy vafotidan so’ng yunonlar Hindistondan quvib chiqarildi va 
Chandragupta tomonidan Mauriylar davlatiga asos solindi. Mauriylardan 
so’ng Hindistonda Kushonlar (O’rta Osiyoda paydo bo’lgan davlat) 
hukmronlik qilishdi. 

Milodiy 4-asrning birinchi yarimida Hindistonda Guptalar davlatiga asos 
solindi. 

11-asrda Hindistonning shimoliy qismi G’aznaviylar tomonidan bosib olindi. 

13-asrning boshlarida G’aznaviylardan mustaqil bo’lgan Dehli sultonligi 
tashkil topdi. 1398-1399 yillarda Amir Temur Dehli sultonligini bosib olib
Hindistonni zabt etdi. Dehli sultonligi mayda knayzliklarga bo’linib ketdi. 

1414-1451 yillarda Hindistonda sayidlar sulolasi hukmronlik qildi. 
Keyinchalik Dehli shimolidagi afg’on qabilalari Bahlul Lodi (1451-1489 
yillar) boshchiligida sayidlarni hokimiyatdan chetlatdilar. O’rta Osiyodan 
borgan Bobur Mirzo qo’shinlari Bahlul Lodining o’q’li Ibrohim Lodi(1489-
1526 yillar)ga qarshi urush olib borgan va Hindistonni zabt etib, Boburiylar 
sulolasiga asos soldi. 

18-asrning oxiri va 19-asrninng birinchi yarimida Hindistonda inglizlar ta’siri 
kuchaydi. Inglizlar Hindistonni mustamlakaga aylantirish niyatida faol tashqi 
siyosat olib bordilar. 19-asrning ikkinchi yarimida Hindiston inglizlar 
tomonidan to’liq bosib olindi. 
Birinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham Hindiston inglizlar mustamlakasi 
edi. Hindistonning mustaqilligi uchun kurashuvchi Hind milliy kongressi (HMK) hind 
xalqi orasida katta obro' -e'tiborga ega, xalqning o'zi ham zolimlarga qarshi yangidan 
kurash boshlashga shay edi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling