Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114
Afg’onistonning ichki
va tashqi siyosati 
 


- 105 - 
harbiy yordam berishini ham ma'lum qildi. 1921-yilda sovet-afg'on shartnomasi 
imzolandi. 
Buyuk Britaniya Afg'oniston davlatining mustaqil siyosat yuritishiga aslo chiday 
olmadi. Afg'onistonni itoatkor davlatga aylantirish maqsadida 1919-yilning 3-mayida 
unga hujum qildi, shu tariqa uchinchi ingliz-afg'on urushi boshlandi. Inglizlar 300 ming 
qo'shin bilan hujum boshladi. Afg'on armiyasi 60 ming kishi edi. Lekin 200 mingdan 
ortiq jangchisi bo'lgan afg'on qabilalari chegara bo'ylab joylashgan edi. Shu sababli 
ingliz armiyasining hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 8-avgust kuni Ravalpindi 
shahrida ingliz-afg'on shartnomasi imzolandi. Bu voqea mustaqil Afg'on davlatining 
tan olinishini ham anglatar edi. Lekin 3 mln. aholini o'z ichiga olgan afg'on qabilalari 
hamon Hindiston hisobida qoldi. Omonullaxon markaziy hokimiyatni mustahkamladi. 
Bu o'rinda 1923-yilda qabul qilingan Afg'oniston davlatining birinchi Konstitutsiyasi 
muhim rol o'ynadi. Qabila boshliqlari hokimiyati cheklab qo'yildi va ular davlat 
soliqlarini yig'ish huquqidan mahrum etildi. Ruhoniylarning sud va ta'lim tizimidagi 
mavqei ma'lum darajada cheklab qo'yildi. Yosh afg'onlar hukumati milliy sanoatni 
rivojlantirishga alohida e'tibor berdi. Chet el mollariga boj ko'paytirildi. 
1923-yilda yerga xususiy mulkchilikni joriy etish to'g'risida qonun qabul qilindi. 
Dunyoviy o'quv yurtlari kengaytirildi. Xotin-qizlar gimnaziyasi ochildi. Nikoh haqida 
qonun qabul qilindi. Ko'p xotinlilik cheklandi. Yer solig'i natural emas, pul bilan 
olinadigan bo'ldi. Bu ijobiy o'zgarishlar, tabiiyki, aholi kambag'al qismining turmush 
darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Natijada aholining bu qatla'mi orasida hukumat 
siyosatidan norozilik vujudga keldi. 
Yosh afg'onlar hukumatiga qarshi hukmron tabaqalar bundan o'z maqsadlari 
yoMida foydalandilar. 1924-yilda Xostda reaksion g'alayon ko'tarildi. Podshohni 
«dindan qaytgan» deb e'lon qilindi. Xotin-qizlar gimnaziyasi yopildi. 1927-yilda 
Omonullaxon chet el safarida bo'ldi. Misrparlamentiga afg'on qilichini taqdim qilar 
ekan «mustaqillik jangda qo'lga kiritiladi, sadaqa qilinmaydi», dedi. 1928-yilda 
safardan qaytgan Omonullaxon umumiy majburiy xizmat joriy etdi. Feodal nishonlarini 
bekor qildi. Qirolicha Surayyo ochiq yuz bilan delegatlar oldiga chiqdi. Natijada 
feodallar 1928-yilning kuzida yosh afg'onlar hukumatiga qarshi qo'zg'olon 
uyushtirishga erishdilar. Buning oqibatida 1929-yilning yanvarida Omonullaxon 
hukumati ag'darildi. Amirlik taxtini reaksiya tayanchi Bachai Sako egalladi. Yangi 
hukumat yosh afg'onlar boshlagan islohotlarni bekor qildi. Bu hol Afg'onistonning 
burjuacha yo'ldan rivojlanishi tarafdori bo'lgan kuchlarning noroziligiga sabab bo'ldi. 
Bu kuchlar 1929-yilning oktabr oyida general Muhammad Nodir boshchiligida 
hokimiyatni egalladilar. Bachai Sako taxtdan ag'darildi. 
Muhammad Nodirshoh markaziy hokimiyatni mustahkamlagani holda mahalliy 
xonlar va ruhoniylarning qator imtiyozlarini ham tikladi. Chunonchi, ruhoniylar sud 
ishlari va ta'lim sohasida avvalgi mavqega ega bo'ldilar. Biroq ularning faoliyati davlat 
nazorati ostiga olindi. 1931-yilda mamlakatning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. U 
Afg'onistonning mutlaq monarxiyadan konstitutsiyaviy monarxiya davlatiga aylanishi 
yo'lida yangi qadam bo'ldi. 1933-yilda Nodirshoh vafot etgach, taxtga o'g'li 
Muhammad Zohirshoh o'tirdi. U otasi kabi ichki siyosatda milliy, iqtisodiyotda bozor 
munosabatlarini chuqurlashtirish yo'lini tutdi. 


- 106 - 
Afg’onistonning tashqi siyosati har doim ham bir maromda bolmadi. Masalan, 
Omonullaxon davrida shimoliy qo'shni Sovet davlati bilan do'stona munosabat 
o'rnatilgan bo'lsa, Bachai Sako davrida, aksincha. bu munosabat yomonlashdi. Bunga 
Afg'onistonning Turkistondagi milliy-ozodlik harakatini qo'llab-quvvatlaganligi sabab 
bo'ldi. Buyuk Britaniya Afg'onistonda o'z mavqeini kuchaytirishga harakat qildi. 
Nodirshoh davrida afg'on-sovet munosabatlari yana o'z iziga tusha boshladi. 1931 -
yilning 24-iyunida Afg'oniston va Sovet davlati o'rtasida betaraflik va hujum qilmaslik 
to'g'risida shartnoma imzolandi. 
Ikkinchi jahon urushi arafasida Germaniya va Italiya Afg'onistonga qiziqish 
bilan qaray boshladi. Chunki Afg'oniston geografik jihatdan Sovet davlati hamda 
Germaniya va Italiyaning siyosiy raqiblaridan biri bo'lmish Buyuk Britaniya 
mustamlakasi Hindistonga yaqin edi. Ular Afg'onistonni betaraflik yo'lidan qaytarishga 
urindilar. Lekin bunga muvaffaq bo'lolmadilar. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, 
Afg'oniston betarafligi e'lon qilindi. 1941 -yilda esa Buyuk Britaniya va Sovet davlati 
murojaati bilan Afg'oniston hududidan elchixonalar xodimiaridan tashqari barcha 
Germaniya va Italiya fuqarolari chiqarib yuborildi. Urush davomida Afg'oniston o'z 
betarafligini saqlab qoldi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling