Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114
Eronning ichki va 
tashqi siyosati 
 


- 104 - 
1925-yilning 31-oktabrida Eron parlamenti (majlis) Hojarlar sulolasi ag'darilganligini 
va hokimiyat Rizoxonga topshirilganligini e'lon qildi. 12-dekabr kuni esa Rizoxon 
Eron shohi deb e'lon qilindi. 
1929- 1933-yilgi jahon iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarish 30- 40 tbizga 
tushdi, gilam narxi 75 foizga arzonlashdi. Mamlakatda qator islohotlaro'tkazildi. 
«Xolisa» yerlarni sotishga ruxsat etildi. Pul solig'i joriy etildi. Davlat yerlari ijaraga 
beriladigan boidi. Dunyoviy maktablar ham ochildi. 1934-yilda Tehron universiteti 
ochildi. 1935-yilda ayollaming paranjisiz yurishi haqida qonun chiqarildi. Yevropacha 
turmush tarziga ruxsat etildi. Ayni paytda shoh hokirniyati tobora kuchayib bordi. 
Parlament huquqi cheklandi. 
1933-yilda ingliz-eron neft kompaniyasi bilan yangi shartnoma imzolandi. Unga 
ko'ra, kompaniyaning davlatga to'laydigan to'lovi miqdori oshirildi. Buning evaziga 
Kompaniya ijara muddatini 1993-yilgacha uzaytirib oldi. 
Rizoxon Sovet davlati bilan munosabatlarni tobora cheklab qo'yish siyosatini 
yuritdi. 30-yillar oxirida Eron va Sovet davlati o'rtasidagi savdo munosabatlari to'xtab 
qoldi. Ayni paytda Germaniya bilan yaqinlashuv kengaya bordi. Eron tashqi 
savdosining 40-45 foizi Germaniyaga to'g'ri keldi. Eron strategik jihatdan Germaniya 
uchun nihoyatda zarur edi. 
AFG’ONISTON 
 
Tarixni esga oling ! 

Afg’oniston hududida dastlabki milliy mustaqil davlat 1747-yilda vujudga 
keldi. Bu davlat asoschisi durroniylar qabilasining yo’lboshchisi Ahmadshoh 
edi.

18-asr oxiri va 19-asr boshlarida inglizlar Afg’onistonni o’z ta’sirlariga olish 
uchun astoydil harakat qildilar. Bu esa bir necha marta ingliz afg’on urushiga 
sabab bo’ldi. 

19-asrning ikkinchi yarimida Afg’oniston Rossiya bilan Angliya o’rtasida 
bahsga sabab bo’lgan mamlakat bo’lib qoldi. 
Birinchi jahon urushi oxirida Afg'oniston mustaqil 
davlat hisoblansada, amalda Buyuk Britaniyaga qaram 
davlat edi. Mamlakat hukmdori amir Habibullaxon 
inglizlar tayanchi edi. Mamlakatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tartiblarga 
qarshi kuchlar ham vujudga keldi. Bu kuch «Yosh afg'onlar harakati» deb atalgan. 
Ularning maqsadi davlat mustaqilligiga erishish va erkin tadbirkorlik munosabatlarini 
qaror toptirish edi. Ana shunday sharoitda, 1919-yilning fevralida saroy fitnasi 
uyushtirildi. Uning natijasida amir Habibullaxon o'ldirildi. Taxtni Habibullaxonning 
o'g'li Omonullaxon egaladi. U yosh afg'onlar harakati bilan mahkam bog'langan edi. 
1919-yilning 28-fevralida Omonullaxon Afg'onistonni mustaqil davlat deb e'lon qildi. 
Sovet Rossiyasi o'z janubiy chegaralarida Buyuk Britaniyaning mustahkamlanib 
olishini va uning Afg'oniston bilan birga Turkistondagi milliy-ozodlik kurashi tayanchi 
bo'lib qolishini istamas edi. Shuning uchun ham Afg'onistonning davlat mustaqilligini 
birinchi bo'lib Sovet Rossiyasi tan oldi. Ayni paytda, Afg'onistonga zarur bo'lib qolsa, 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling