Tarix o’tmishning ko’zgusi
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamolchilik inqilobining salbiy hususiyatlari
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1. Usmonli Turklar imperiyasi qaysi davlatlar o’rtasida taqsimlandi? 2. Turkiyadagi milliy ozodlik harakatida Mustafo Kamol poshshoning tutgan o’rni haqida gapirib bering. 3. Nima uchun G’arb davlatlari Sevr shartnomasini yangilashga majbur bo’ldi? 4. Kamolchilik inqilobining salbiy hususiyatlari haqida so’zlab bering. 5. www.krugosvet.ru saytidan foydalanib ―Mustafo Kamol – Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti‖ mavzusida mustaqil ishlang. 1918-1939 YILLARDA ERON VA AFG’ONISTON Tarixni esga oling ! Eron geografik jihatdan juda qulay hududda jaylashgan. Bugungi Eron shimolda kavkazorti mamlakatlari, kaspiy dengizi va Turkmaniston bilan, sharqda Afg’oniston va Pokiston bilan, g’arbda Turkiya, Iroq va Quvayt bilan chegaradosh. Janubda esa fors qo’ltig’iga tutash. Eron hududida tashkil topgan ilk davlatlardan biri Elamdir (mil. avv. 3 ming yillik). Mil. avv. 7-asrda Eronning shimoli-g’arbida Midiya davlati tashkil topdi. Mil. avv. 6-asrda Erondagi parsua qabilasining Ahamon urug’i Ahamoniylar davlatiga asos solishdi. Mil. avv. 4-asrda bu davlat yunon- Kamolchilik inqilobining salbiy hususiyatlari - 103 - makedon davlati tomonidan bosib olindi. Yunon-makedonlar davlati zaiflashgach, mil. avv. 3-asrda Eron Parfiya davlatiga qo’shib olindi. Milodiy 3-asrning birinchi yarimida Eron hududida Sosoniylar davlati tashkil topdi. 11-12 asrlarda Eron hududi saljuqiy turklar tomonidan ishg’ol etildi. 1502- 1722 yillarda Eron Safaviylar sulolasi boshqaruvida edi. 1722-yilda Safaviylar sulolasi ag’darildi. 1736-yilda afg’on qabilasidan bo’lgan Nodirqul Eron taxtini egalladi. Nodirshoh vafotidan so’ng mamlakatda taj-taxt uchun kurashlar avj oldi. Nihoyat 1794-yilda hojar qabilasining yo’lboshchisi Og’a Muhammad hokimiyatni qo’lga oldi. Hojarlar sulolasi Eronni 1925-yilgacha boshqarishdi. O’rganayotgan davrimizda Eron amalda Buyuk Britaniya va podsho Rossiyasining yarim mustamlakasi edi. Sovet davlati 1917-yilning 3-dekabrida podsho hukumatining Eronga majburan qabul qildirgan shartnomalaridan voz kechdi. Rus qo'shinJari evakuatsiya qilindi. Buyuk Britaniya esa 1918-yilning boshlarida Eronni butunlay ishg'ol etishga kirishdi. Inglizlarni birinchi navbatda Eron nefti va O'rta Osiyo paxtasi qiziqtirardi. Bundan ko'zlangan maqsad Eronni yarim qaram holatda saqlashni davom ettirish va milliy-ozodlik harakatlarining Hindistonga tarqalishiga yo'l qo'ymaslik edi. Buyuk Britaniya 1919-yilning 9-avgustida Eron hukumatini tengsiz shartnoma imzolashga majbur etdi. Vosiq ud-davla bunga qarshilik qilolmadi. Unga ko'ra, armiya, moliya, tashqi savdo, yo'l qurilishi nazorati ingliz maslahatchilari qo'liga o'tdi. Biroq Eron xalqi yarim mustamlaka holatiga ko'nikmagan, albatta. 1919-yildan mamlakatda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. Muhammad Xiyoboniy boshchiligida Tabrizda katta qo'zg'olon bo'lib o'tdi va hokimiyatni egallab, «Ozodiston»ni tuzdi. Resht shahrida G'ilon Sovet respublikasi tuzildi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya o'ziga xayrixoh guruhlarning hokimiyatga kelishiga harakat qildi. Bunga davlat to'ntarishini uyushtirish yo'li bilan erishdi. 1921- yil 21 fevral kuni Rizoxon boshchiligidagi harbiylar Tehronda davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Rizoxon harbiy ishlar vaziri bo'lib qolsada, amalda hokimiyatni o'z qo'liga oldi. Yangi hukumat mamlakatdagi siyosiy kayfiyat ta'sirida 1919-yilgi ingliz-eron shartnomasini bekor qilishga majbur bo'ldi. Biroq Buyuk Britaniya mavqei saqlanib qolindi. Ayni paytda, yangi hukumat 1921-yilning 26-fevralida Sovet Rossiyasi bilan ham shartnoma imzoladi. Eron xalqining 1919- 1922-yillardagi milliy-ozodlik harakati izsiz ketgani yo'q. Buning natijasida Buyuk Britaniya Erondan o'z armiyasini olib ketishga majbur bo'ldi. Eron armiyasi va moliya tizimida ingliz maslahatchilarining ishlashi taqiqlandi. Biroq inglizlar o'z ta'sirini saqlab qolaverdi. Lekin 1922-yildan boshlab Eron AQSH bilan yaqinlasha boshladi. 5 ta viloyatda neft qazish ishlarini ijaraga berdi. Lekin ko'p o'tmay bekor qilindi. Chunki ingliz-eron neft kompaniyasida ularning ta'siri kuchli edi. 1920- 1922-yillarda mamlakatda markaziy hokimiyatni kuchaytirish borasida jiddiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Chunonchi, separatchi kuchlar qarshiligi bostirildi. Turli ko'rinishdagi qurolli kuchlar yagona armiyaga birlashtirildi. Bu o'zgarishlar Rizoxon nomi bilan bog'liq edi. 1923-yil oktabrida u bosh vazir lavozimini egalladi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling