Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1923-yil aprelida
- 1923-yil 24-iyulda
- 1938-yilda vafot etguniga qadar uzluksiz egallab turdi. Mustafo Kamol 1927-yili
Turkiya Birinchi jahon
urushidan so'ng. Usmonli turk imperiyasining bo'linishi Milliy-ozodlik harakati - 101 - Dastlabki yutuqlar Mustafo Kamolni yanada ruhlantirdi. Uning tashabbusi bilan sultonlik bekor qilindi va sulton mamlakatdan qochib ketdi. Turkiya qoloqligining, mag'lubiyatlarining, G'arb davlatlariga qaram, yarim mustamlaka provinsiyaga aylanib qolganligining bosh sababiga barham berildi. 1923-yil aprelida Mustafo Kamol tashabbusi bilan yangi partiya -Xalq partiyasi tashkil etildi. Xalq partiyasi (keyinchalik Xalq respublikasi partiyasi -XRP nomini olgan) Mustafo Kamol va uning inqilobiy islohotlari uchun asosiy siyosiy tayanch bo'lib keldi. Turkiya respublikasi G'arb davlatlarini Sevr shartnomasi o'rniga yangi shartnoma imzolashga majbur qildi. 1923-yil 24-iyulda Lozanna shahrida imzolangan yangi shartnomaga muvofiq, Antanta davlatlari Turkiya mustaqilligini, kapitulyatsiya va unga asoslangan noteng huquqli shartnomalar bekor qilinishini tan olishdi. Lozanna shartnomasi yangi mustaqil turk davlatining G'arb davlatlari tomonidan tan olinganligi hujjati sifatida Turkiya uchun o'ta muhim ahamiyatga ega edi. XVII—XVIII asrlardagi puturdan ketgan sultonlik davlati bo'laklarida demokratik prinsiplarga ega zamonaviy davlat yaratildi. Turkiya nafaqat mustaqillikka erishgan, balki ko'p partiyali siyosiy platformali prezidentlik respublikasi tarzidagi demokratik boshqaruv prinsiplarini qabul qilgan birinchi Osiyo davlati ham edi. Turkiyada g'alaba qilgan kamolchilik inqilobi qator o'ziga xosliklarga ega edi. Eng avvalo, iqtisodiy rivojlanish asosida iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi turardi. Bu shuni anglatardiki, davlat kapital jamg'arilishi va xususiy turk kapitalini rag'batlantirish uchun barcha o'z dastaklaridan foydalanadi. Xususiy kapital imtiyozli kreditlar olgani holda imtiyozli holatga qo'yiladi. Bu milliy xususiy tadbirkorlar qatlamini yaratish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Shuningdek, pudrat va davlat korxonalariga mahsulot yetkazish bilan shug'ullanadigan xususiy mulkdorlarning boyishi uchun ham imkon yaratdi. Mazkur siyosat natijalar bera boshladi. 20-yillarda birinchi qand zavodlari qurildi, to'qimachilik sanoati ken- gaytirildi, temir yo'llar tarmog'i yuzaga keldi, birinchi milliy banklar tashkil etildi. Biroq dehqonlar kamolchilik inqilobidan hech narsa olishmadi -yer avvalgidek zamindorlar va davlat amaldorlari qo'lida qoldi. Shuningdek, kamolchilik inqilobi odatda respublikaning barcha yutuq va muvaffaqiyatlari sababchisi bo'lgan muayyan shaxs nomi bilan bog'liq bo'ldi. Respublika e'lon qilinganidan so'ng mamlakatda ulkan shuhrat qozongan Mustafo Kamol respublikaning birinchi prezidenti etib saylandi va u bu lavozimni 1938-yilda vafot etguniga qadar uzluksiz egallab turdi. Mustafo Kamol 1927-yili Xalq respublikasi Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling