Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillikning e’lon qilinishi. Inqilobning o’ziga xos hususiyatlari
partiyasining umrbod raisligiga saylandi va unga Otaturk, ya'ni Turklar otasi faxriy unvoni berildi. Kamolchilik inqilobidagi shaxs kulti shu bilan izohlanadiki, bunday inqiloblarning harakatlantiruvchi kuchi aholining turli guruhlari -ishchi-dehqonlardan tadbirkorlar, yirik savdogarlar, ziyolilar va yuqori amaldorlargacha bo'ladi. Binobarin, ularni faqat millat yo'lboshchisi sifatida hamma tan olgan shaxs birlashtirishi mumkin. Bu yo'lboshchiga katta ustunliklar beradi-u demokratik atributlardan foydalangan holda islohotlar o'tkazishga go'yo butun xalqdan sanksiya oladi. Buni kamolchilik inqilobining eng diqqatga sazovor xususiyati deyish mumkin. Mustaqillikning e’lon qilinishi. Inqilobning o’ziga xos hususiyatlari - 102 - Shu bilan birga kamolchilik inqilobi qator salbiy xususiyatlarga ham ega edi. Avvalo, davlat hokimiyati shovinistik mazmun kasb etgani holda Turkiyaning barcha fuqarolari, dini va millatidan qat'i nazar, turklar ekanligini e'lon qildi. Bunday shovinizm hukumat qattiq tazyiqqa olgan kurd aholisini chiqishlarga undadi. Boshqa tomondan, kamolchilik hukumati dehqonlarning taqdiriga mutlaqo befarqlik bilan qarardi va ularga yer berilishi uchun hech narsa qilmadi. Hukumat kurdlarning va dehqonlarning barcha chiqishlarini shafqatsizlik bilan bostirdi, mavjud hamda patensial muxolifat vakillari o'rtasida ko'p sonli qamashlar o'tkazildi. Shu tariqa kamolchilik inqilobi asta-sekin o'z xalqiga qarshi repressiyalar yo'liga tushib qoldi. Kurdlar va dehqonlar harakati doimiy muammoga aylanib, Mustafo Kamol hukumati vaqti-vaqti bilan ularning chiqishlarini bostirishga intilib, haqiqiy urushlar boshlardi. Otaturk 1938-yili 57-yoshida vafot etdi. Uning ichki va tashqi siyosatini Ismet Inenyu davom ettirdi. U ham XRP ning umrbod raisligiga saylangan edi. U 1950- yilning mayiga qadar mamlakat prezidenti, 1961-yil noyabridan to 1965-yilgacha Bosh vazir bo'lgan. Ismet Inenyu prezidentligi davrida Turkiya fashistlar Germaniyasi bilan ancha yaqinlashdi. Mamlakat islohotlardan tobora uzoqlashgan holda harbiylashish yo'liga o'tdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan birmuncha oldin Turkiya Germaniya bilan do'stlik to'g'risida shartnoma imzoladi. Garchi urush davrida Turkiya betaraflik e'lon qilgan bo'lsada, u Germaniyaga xrom va boshqa qimmatli xom ashyolarni yetkazib bergan, bo'g'ozlar orqali Qora dengizga fashistlar harbiy kemalarini o'tkazgan, o'z hududidan fashistlar josuslariga panoh bergan edi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling