Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114
10-avgustda Parij yaqinidagi Sevr shahrida shunday tinchlik shartnomasi imzolandi. 
Bu Turkiya taqdirini hal qilishi lozim edi. Sevr shartnomasiga ko'ra sobiq Usmonli 
turk imperiyasi amalda Fransiya bilan Angliya o'rtasida taqsimlandi. Suriya va Livan 
Fransiya mandati ostiga o'tdi. Millatlar Ligasidan olgan mandat shartlariga ko'ra, 
Fransiya yigirma yilda Suriya va Livanni ―mustaqillikka‖ tayyorlashi shart edi. Xuddi 
shu shartlarda Angliya ham Mesopotamiya (Iroq) va Falastinga mandat oldi. Hijoz 
qirolligi (Arabiston yarim oroli) mustaqil deb e'lon qilinadigan bo'ldi. Sevr tinchlik 
shartnomasida nafaqat Usmonli turk imperiyasining bo'linishi, balki Turkiyaning o'zini 
ham parchalash ko'zda tutilgandi. Turkiyada yarim mustamlaka tartiboti o'rnatilardi va 
amalda suveren davlat huquqidan mahrum qilingandi. Chet ellik fuqaro turk sudiga 
bo'ysunmasligi mavjud bo'lgan kapitulyatsiya tartiboti ham tiklanardi. Angliya va 
Fransiya vakillaridan iborat komissiya Turkiya mablag'lariga egalik qilar, Turkiya 
byudjetining nazoratini amalga oshirardi. 
Sevr shartnomasining imzolanishi butun Turkiyada 
norozilik uyg'otdi. Hukumat shartnomani qat'iyan rad 
etdi. Turkiyada Sevr shartnomasini tugatishga qaratilgan milliy-ozodlik harakati 
boshlandi. Qishloq joylarda partizan bo'linmalari, shaharlarda ishchi tashkilotlari 
tuzishga kirishildi. Milliy-ozodlik harakatining tashkil etilishi va tayyorlanishida turk 
armiyasi generali Mustafo Kamol (1881-1938) poshsho katta rol o'ynadi. U qisqa 
muddatda turk armiyasini yangidan tuzishga erishdi va bu armiya 1922-yili 
intervensiya armiyasining bir qismi bo'lgan grek qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi. 
Shundan keyin Mustafo Kamol izdoshlari kamolchilar, Turkiyada yuz bergan inqilob 
esa kamolchilik inqilobi deb atala boshlandi. Bu davrda Rossiya davlati Turkiyaga 
katta moddiy-ma'naviy yordam ko'rsatdi. 1921-yil 6-martda Moskvada do'stlik va 
birodarlik haqida sovet-turk shartnomasi imzolandi. Sovet hukumati Sevr 
shartnomasini tan olishdan bosh tortdi va Turkiyaga 10 mln. so'mlik oltin miqdorida 
tekin yordam berdi. Mustafo Kamol bu mablag'ni o'z armiyasining qurol bilan to'liq 
jihozlanishiga sarfladi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling