Tarix o’tmishning ko’zgusi
partizanlik harakati yaponlarni Rossiyadan ketishga majbur qildi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1931-yil sentabrida
- XX asr boshlarida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvol
partizanlik harakati yaponlarni Rossiyadan ketishga majbur qildi. Biroq yapon harbiylarini to'xtatish endi qiyin bo'lib qolgan edi. Urushni boshlashga tayyorlanayotgan, qudratli flot va zamonaviy aviatsiyaga ega ulkan armiya tuzilgandi. Yaqinda esa cheksiz inson resurslariga ega ulkan Xitoy, tabiiy resurslarga boy Janubi-Sharqiy Osiyo, Britaniya mustamlakalari - Birma, Malayya, Hindiston joylashgan edi. 1931-yil sentabrida Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqiy provinsiyalarini bosib olib, bu yerda Manchjou-Go qo'g'irchoq davlatini barpo etdi. Xuddi shu vaqtdan Xitoy bilan faqat 1945-yilda tugallangan uzoq urush boshlandi. Yaponiya fashistik davlatlar bilan yaqinlashish yo'lini tanladi. Bu 1940-yili agressorlar - Yaponiya, Germaniya va Italiyaning uchyoqlama pakti bilan rasmiylashtirildi. Uchyoqlama pakt Germaniyaning raqiblari - AQSH, Angliya va Fransiyaga qarshi yo'naltirilgan edi. Germaniya va Italiyadan madad berish va'dasini olgan Yaponiya Tinch okeanidagi o'z asosiy raqibini safdan chiqansh uchun AQSHga, XX asr boshlarida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvol - 109 - mustamlakalarini bosib olish maqsadida Angliyaga qarshi urushga faol tayyorlana boshladi. Ikki jahon urushi oralig'ida Yaponiyaning rivojlanishi tekis kechmadi. Birinchi jahon urushida u Tinch okeani bozoriga o'z eksportini keskin oshirishga erishdi. Yaponiyaning chet elga kapital sarfi deyarli besh karra miqdorda ortdi. Butun Xitoy tashqi savdosining 50 foizi Yaponiya hissasiga to'g'ri kelardi. Harbiy ta'minot va tashqi iqtisodiy ekspansiya sanoat rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Urush yapon burjuaziyasini boyitdi. Aksiyadorlik jamiyatlarining kapitali 2,5 barobar ko'paydi. Dzaybatsularning yapon siyosatiga ta'siri yanada kuchaydi. «Mitsubisi» konserni 20-yillarda 120 ta kompaniyani nazorat qilardi va o'z tarkibida temir yo'l, elektrotexnika, metallurgiya, kemasozlik, kemachilik kompaniyalariga ega edi. Dastlab bankirlik uyi bo'lgan «Yasuda» birlashmasi urush paytida katta miqdordagi sanoat korxonalarini sotib oldi. Dzaybatsularning kuchayishiga yondosh ravishda davlatning tadbirkorlik faoliyatidagi rolining yanada ortishi jarayoni bordi. Davlat iqtisodiyotga katta mablag'larni sarflar va bu mablag'larning barchasi dzaybatsularga berilgandi. Imperator (mikado) mamlakatning eng yirik zamindori bo'lgani holda «Mitsui» va «Mitsubisi» konsernlarining ham yirik aksiyadori edi. Yaponiya 20-yillarda yirik jahon davlatiga aylandi. Lekin Yaponiya iqtisodiyotida hamma narsa joyida emas edi. Avvalo, 20-30- yillarda qishloq xo'jaligi og'ir inqirozni boshidan kechirdi. Qishloqda pomeshchik- samuraylarning hukmronligi dehqonlar mehnati samara dorligining pasayishiga olib keldi. Konsernlarning qudratli byurokratik apparati bilan texnik jihatdan qoloq mayda va o'rta sanoat o'rtasida nomutanosiblik yuzaga keldi. Ichki bozorga xizmat ko'rsatuvchi qator tarmoqlarda 30-yillar boshlarida ham sanoat rekonstruksiyasi tugallanmagan va ular oddiy asbob-uskunakfrda ishlashardi. Monopoliyalarning rivojlanishi mustamlakalarni, norentabel korxonalar mahsuloti va raqobatbardosh bo'lmagan buyumlarni sotish bozorlarini talab qilardi. Yaponiyada mustamlakalarni bosib olishga tayyorlanayotgan va mustahkam siyosiy ittifoqqa birlashgan harbiylar, pomeshchik-samuraylar hamda dzaybatsular diktaturasi shakllandi. Tegishli rejalarni amalga oshirish uchun mamlakat iqtisodiyotini harbiy]ashtirish o'tkazildi. 1934-yilda Yaponiya dunyodagi eng qudratli armiyalardan biriga ega bo'lib, urushga tayyor edi. Butun iqtisodiyot harbiy izga ko'chirildi. 1938-yil martida «Millatni umumiy safarbar qilish haqida»gi qonun qabul qilinib, bunda dzaybatsular va ishlab chiqarishga aloqador kompaniyalarga kreditlar, xom ashyo, ishchi kuchi va kafolatli buyurtmalar olishda ulkan imtiyozlar berildi. «Umumiy safarbar qilish haqida»gi qonun bo'yicha har qanday ish tashlashlar va yig'ilishlar ta'qiqlandi, ish kuni 14-16 soatgacha davom etardi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling