Tarix o’tmishning ko’zgusi
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1. Birinchi jahon urushidan keyin Eronning ichki siyosatida qanday o’zgarishlar ro’y berdi? 2. Eron halqining 1919-1922-yillardagi milliy-ozodlik harakati qanday natijalar bilan yakunlandi? 3. Eronning ikki jahon urushi oralig’dagi tashqi siyosati haqida gapirib bering. 4. ―Yosh afg’onlar harakati‖ning maqsadi nimalardan iborat edi? 5. Afg’nistonning tashqi siyosati haqida nimalarni bilib oldingiz? 6. ―Eron va Afg’onistonda mustaqillik uchun kurashning o’ziga xos hususiyatlari‖ mavzusida mustaqil ishlang. 1918-1939-YILLARDA YAPONIYA Tarixni esga oling ! Yaponiya Uzoq Sharqda, Tinch okeani orollarida joylashgan bo’lib, ini „Kun chiqar mamlakat― nomi bilan ham yuritishadi. O’rta asrlar davomida Xitoy Yaponiya taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu ta’sir ayniqsa, Min sulolasi hukmronligi davrida Xitoy madaniyati, rassomchiligi, adabiyoti, turar joy binolarini, inshoatlarini qurish san’ati, falsafasi va harbiy sohada sezilarli bo’ldi. Mashhur ikki bino – Kinkakudzi (Oltin pavilon) va Ginkakudzi (Kumush pavilon) xuddi shu davrda bunyod etilgan. 16-asr oxiri 18-asr boshlarida Yaponiya tipik toifalarga ajpalgan Sharq mamlakatidan iborat bo’lib, har bir viloyat ma’lum bir feodal – daymelar nazoratida bo’lgan, ularning qo’lida dvoryan – samuraylar xizmat qilgan. - 107 - Mamlakat tepasida rasman imperator tursa-da, siyosiy hokimiyat amalda harbiy hukmdor – syogun qo’lida bo’lgan. Mamlakatni birlashtirishda uch mashhur tarixiy shaxsning xizmati beqiyos. Bular: Nobinaga – katta er egasi, Xideyosi – dehqon va Ieyasu – zodagon, saroy xizmatchisi.Ular birgalikda armiya tuzib, mamlaktni fuqarolar urushi girdobidan qutqarib qolishdi. Yuqoridagi qahramonlardan biri Tokugava Ieyasu o’ziga qarashli mavzeda Edo shahrini bunyod etdi. Keyinchalik bu shahar Tokio nomi bilan yuritiladigan bo’ldi. Buyuk geografik kashfiyotlardan so’ng Yaponiyaga portugallar, ispanlar, gollandlar va boshqalar savdo-sotiq uchun kirib kelishdi. Biroq ular bilan xristian dinini targ’ib etuvchi missionerlar va iyezuitlar ham kirib kelishib, o’z g’oyalarini zo’r berib targ’ib eta boshladilar. Bu harakatlar yaponiya mustaqilligiga real xavf solar edi. 1587-yilda qabul qilingan dekretga ko’ra, Yaponiyada missionerlik bilan shug’ullanish man etildi. Chet elliklar uchun Yaponiya faqatgina savdo-sotiq uchungina ochib qo’yildi. 1636-yildan esa Yaponiya xorijliklar uchun butunlay „yopildi―. Darhaqiqat, yaponlarning, ayniqsa davlat rahbarlarining sezgirligiga tan berish lozim. 19-asrning o’rtalarida AQSH Yaponiyani „ochishga― urindi. Muzokaralar natijasida Yaponiyaning ikki porti AQSH uchun ochib berildi. Yaponiya 19-asrning o’rtalarida ham qoloq bir mamlakat edi. Qisqa vaqt ichida Yaponiya rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin oldi. Gap shundaki, yaponlar G’arb ilm-fani, texnologiyasini ijobiy o’zlashtirishlari bilan o’zlarining eng yaxshi, asrlar davomida shakllanib kelgan udumlari va an’analarini saqlab qoldilar. Ko’plab yapon yoshlari chet ellarda tahsil ola boshladi. Barcha vatanparvar kuchlar, Yaponiyaning ilg’or kishilari, ziyolilari, davlat arboblari imperator Musixito atrofida jipslashdilar. Oqibatda Yaponiya jadallik bilan rivojlanib, g’arbliklarni ham ortda qoldirdi. Yaponiya ikkita burjua- demokratik inqilobini boshidan kechirdi. Birinchi inqilob 1867-1868-yillarda bo'lib o'tdi va «Meydzi restavratsiyasi» nomi bilan tarixda qoldi. 1889-yilgi konstitutsiya bo'yicha Yaponiya imperator boshchiligidagi monarxiya deb e'lon qilingan edi, lekin qonun chiqarish hokimiyati imperator bilan birga qonunlar ishlab chiqishi shart bo'lgan parlamentga berilgandi. Burjua islohotlarining amalga oshirilishi bozor munosabatlari rivojlanishi uchun zaminni tozaladi va XIX-XX asrlar chegarasida Yaponiya jadal sur'atlar bilan boshqariladigan bozor munosabatlarini keng tarqatish bosqichiga kirdi. Davlat jqtisodiyot rivojlanishini kuchli nazorat qilardi - zavod-fabrikalar qurib, xususiy kapitalni jalb etishi shart bo'lgan korxonalar tuzardi. Yirik moliyaviy oligarxiyalar - dzaybatsular: Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Yasuda va Okura vujudga kelib, amalda yapon iqtisodiyotining xo'jayinlariga aylanishdi. Ular orasida Mitsui va Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling