Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Birinchi jahon
urushidan keyingi Afrikaning siyosiy xaritasi - 119 - manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrga kelib «Britaniya imperiyasi otasi» Sesil Rodsning Qohiradan Keyptaungacha yerlarni egallash haqidagi orzusi ushaldi. Afrika xalqining haq-huquqlari uchun kurashi Panafrika harakati deb atalgan harakatni vujudga keltirdi. Bu harakatning tashabbuskori advokat G. Silvestr Uilyam edi. Harakat negr xalqining manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuzildi. Uning kongresslarini tay-yorlash va o'tkazishda doktor Uilyam Dyubua katta jasorat ko'rsatdi. U dunyoda o'zining negrafrika tarixiga oid asarlari bilan mashhur edi. Harakatning 1 kongressi 1919-yilda Parij shahrida chaqirildi. Unda 15 davlat (shu jumladan 9 ta Afrika davlati) vakillari qatnashdi. Uning Afrika davlatini tuzish loyihasi bor edi. Kongress Parij konferensiyasini afrikaliklar manfaatini himoya qilishga qaratilgan xalqaro kodeksni ishlab chiqishga chaqirdi. Kongress takliflda yer va uning boyliklari afrikaliklar manfaati uchun xizmat qilishi; chet el investitsiyasi Afrikani xonavayron qilmasligi; qulchilik, majburiy mehnatning va tan jazosining bekor qilinishi; koloniyadagi bolalarga jamoat hisobidan ta'lim berilishi; yerli aholiga oliy va o'rta ma'lumot olish uchun sharoit yaratilishi kabilar ilgari surilgan edi. Bundan tashqari, mahalliy aholi vakillariga boshqaruv organlarida ishtirok etish huquqi berilishi ham qayd etilgan edi. Shuningdek, Kongress Germaniya mustamlakalarining alohida davlatlar nazoratiga emas, xalqaro tashkilot nazoratiga berilishini so'ragan. Bu davrda Panafrika harakatining avj olishiga garvizm ham sabab bo'ldi. Amerikalik negr Markus Garvi 1920-yilda «Orqaga, Afrikaga!» shiori bilan chiqdi va o'zini Afrikaning birinchi imperatori deb e'lon qildi. Ikkinchi jahon urushigacha yana 3 ta Kongress o'tkazildi. Kongress ilgari surgan g'oyalar keyinchalik milliy-ozodlik harakatining kuchayishida ma'lum darajada ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Yillar o'tishi bilan Afrika davlatlarida ham milliy burjuaziya va ziyolilar shakllandi. Afrika xalqlari ozodlik uchun kurashdilar. Ular siyosiy partiyalar tuzilguniga qadar kurashning o'ziga xos shakllaridan, jumladan mustamlakachilikka qarshi kurashda xristian dinining millatparvarlik g'oyalaridan foydalandilar. Mustamlakachilarni ana shu g'oyalarga amal qilishga chaqirdilar. Vaqtli matbuot ziyolilar uchun o'z fikrlarini vatandoshlariga yetkazish vositasi bo'lib xizmat qildi. Ba'zi davlatlarda aholining mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan kichik-kichik uyushmalari tuzildi. Ular mustamlakachi ma'murlar oldida mahalliy aholi manfaatlarini himoya qildilar. Afrikada siyosiy partiyalar ichida yirigi 1912-yilda Janubiy Afrika Ittifoqida tashkil topgan Afrika Milliy Kongressi edi. 20-yillarda mustamlakalar rivojlangan davlatlarning xomashyo bazasiga aylanib qoldi. Harbir mamlakat asta-sekin ixtisoslasha boshladi. Tropik va Janubiy Afrika dunyodagi olmosning 97 foizini, kobaltning 92 foizini, oltinning 40 foizini, platinaning uchdan bir qismini berar edi. Talonchilik avj oldi. Mustamlakalarda assimilatsiya kuchaytirildi. Tub joy aholisining ahvoli og'irlashdi. Aparteid va segregatsiya avj oldi. Ayniqsa, Janubiy Afrika Ittifoqida bu narsa yaqqol ko'rindi. Afrikaliklar uchun ajratilgan yerlar (rezervatlar) mamlakatning 12 foizini tashkil qilib, bu yerlar qishloq xo'jaligi uchun juda noqulay edi. Rezervatlarda aholining zich yashashi va yer kamligi ularni boshqa yerlarga borib ishlashga majbur qilardi. Bundan tashqari «uy solig'i» Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling