Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   114
 
1-ilova 
Hujjat. Germaniyaning taslim bo’lganligi haqidagi akt. 
 
1. Biz quyida imzo chekuvchilar, Germaniya Oliy Qo’mondonligi nomidan hozirgi 
paytda nemis qo’mondonligi, shuningdek, Qizil Armiya Oliy Bosh 
Qo’mondonligi va ayni paytda Ittifoq ekspeditsion kuchlari Oliy Qo’mondonligi 
ixtiyorida bo’lgan barcha, quriklikdagi, dengiz va havo kuchlarimizni so’zsiz 
taslim bo’lishiga rozilik bildiramiz. 
2. Germaniya Oliy Qo’mondonligi zudlik bilan quruqlikdagi, dengizdagi va havo 
kuchlari hamda nemis qo’mondonligi tarkibidagi barcha kuchlar 
qo’mondonlariga 1945 yil 8 may markaziy evropa vaqti bilan 23 dan 01 gacha 
harbiy harakatlarni to’xtatish haqida buyruq beradi, shuningdek ularning bu vaqt 
oralig’ida o’z joylarida qolishlarini, to’liq qurolsizlanishlarini, barcha qurol va 
harbiy mulklarni Ittifoq Oliy Qo’mondonligi tomonidan tayinlangan ittifoq 
komandir va zobitlariga topshirishini, paraxod, kema va samolyotlarga, ularning 
dvigateli, korpusi va boshqa vositalariga zarar etkazmasligini, buzmasligini, 
mashina, qurol, apparatlar va umuman urush olib borishning harbiy-texnikaviy 
vositalariga shikast etkazmasligini ta’minlaydi. 
3. Germaniya Oliy Qo’mondonligi Qizil Armiya Bosh Qo’mondonligi va Ittifoq 
ekspeditsion kuchlari Oliy Qo’mondonligi tomonidan berilgan buyruqlar
shuningdek boshqa buyruqlarni bajarilishini ta’minlash uchun, zudlik bilan 
tegishli qo’mondonlarni ajratadi. 
4. Ushbu akt Birlashgan Millatlar tamonidan imzolangan, Germaniya va butun 
german qurolli kuchlariga qo’llaniladigan kapitulyatsiya haqidagi boshqa asosiy 
hujjatga almashtirilishiga to’siq bo’lmaydi. 
5. Agar nemis Oliy Qo’mondonligi yoki uning ixtiyoridagi biror bir qurolli 
kuchlar kapitulyatsiya haqidagi ushbu aktga muvofiq harakat qilmasalar, u holda 
Qizil Armiya Oliy Qo’mondonligi, shuningdek, Ittifoq ekspeditsion kuchlari 
Oliy Qo’mondonligi o’zlari zarur deb topgan jazo choralarini qo’llaydilar yoki 
boshqa faoliyatni yuritadilar. 
6. Ushbu akt rus, ingliz va nemis tillarida tuzildi. Aktning faqat rus va ingliz 
tillaridagi nusxalari haqiqiydir. 
1945 yil 8 mayda Berlin shaxrida imzolandi. 
German Oliy Qo’mondonligi nomidan: 
Keytel, 
Frideburg, Shtumpf 
Qizil Armiya Oliy Bosh Qo’mondonligi vakili
G. Jukov 
Ittifoq ekspeditsion kuchlari Oliy Qo’mondonligi vakili 
Aviatsiya bosh Marshali Tedder ishtirokida imzolandi. 


- 131 - 
Imzolashda guvoh sifatida shuningdek: 
AQSH strategik havo kuchlari qo’mondoni General Spaats 
Fransuz armiyasi bosh qo’mondoni General Delatr de Tassini ishtirok etdi. 


- 132 - 
Hujjat. Germaniyaning mag’lub bo’lganligi haqidagi akt.
Arxiv nusxasi. 


- 133 - 
Hujjat. Germaniyaning mag’lub bo’lganligi haqidagi akt.
Arxiv nusxasi. 


- 134 - 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling