Tarix o’tmishning ko’zgusi


partizanlari Mussolinini asir oldilar va otib tashladilar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114

partizanlari Mussolinini asir oldilar va otib tashladilar. 
Gitlerchilarning insoniyatga qarshi qilgan jinoyatlari uchun qasosdan qochib 
qutulolmasligi muqarrar bo'lib qoldi. 30-aprel kuni Germaniya rahbarlari A. Gitler, 
Gimmler, Gebbelslar o'z jonlariga qasd qildilar. Gitlerning jasadi benzin sepib yoqib 
yuborilgan. Bu voqea sovet jangchilari tomonidan reyxstag binosiga qizil bayroq - 
g'alaba bayrog'i ilingan kunda sodir bo'ldi. Insoniyat jallodining qismati ana shunday 
poyoniga yetdi. 
2-may kuni Berlin garnizoni taslim bo'ldi. 8 maydan 9 mayga o'tar kechasi 
Berlin yaqinidagi Karlxorst deb ataladigan binoda Germaniyaning so'zsiz taslim 
bo'lganligi haqida hujjat imzolandi (Hujjat ilova qilinadi).Hujjatni g'oliblar - Sovetlar 
davlati nomidan marshal G. K. Jukov, Buyuk Britaniya nomidan marshal A. Tedder, 
AQSH nomidan marshal K. Spaats, Fransiya nomidan general J. Delatr de Tassini 
imzoladilar. Mag'lub Germaniya nomidan esa feldmarshall Keytel imzo chekdi. Shu 
tariqa Yevropada urush tugadi. 
1945-yilning 17-iyulida Germaniyaning Potsdam shahrida uch buyuk davlatlar 
rahbarlari (I. Stalin, U. Cherchill, G. Trumen) konferensiyasi ochildi. Germaniyani 
Germaniyaning taslim bo’lishi. 
Potsdam konferensiyasi. Ikkinchi 
jahon urushining tugashi va 
yakunlari. 


- 129 - 
qurolsizlantirish, natsistlar partiyasini yo'q qilish, Germaniyani reparatsiya to'lashga 
majbur etish va asosiy jinoyatchilarni xalqaro harbiy tribunafga berish haqida kelishib 
oldilar. Konferensiya, bundan tashqari, chegara masalasini ham hal etdi. Chunonchi, 
Germaniya chegarasi 1938-yilgi holatiga nisbatan qisqartirildi. Germaniya - Polsha 
chegarasi Oder - Neyse daryolari bo'ylab o'tadigan bo'ldi. 
Sharqiy Prussiyaning sohil bo'yi Kenisberg shahri bilan birga SSSRga berildi. 
Qolgan qismi Polshaga o'tkazildi. Polsha va SSSRga o'tgan hududlarda yashovchi 9 
mln. dan ortiq nemislar ko'chirildi. Uch davlat ishg'ol etgan hududlarda saqlanayotgan 
harbiy asirlar almashiniladigan bo'ldi. Germaniya to'laydigan tovon 20 mlrd. dollar 
miqdorida belgilandi. Uning 50 foizi SSSR ga berilishi to'g'risida kelishildi. 
Konferensiya qaroriga ko'ra, Germaniya yaxlit davlat bo'lib qolishi kerak edi. 
Ayni paytda Germaniyada so'z, matbuot, din erkinligi tiklanadigan bo'ldi. 
Kasaba uyushmalari va demokratik partiyalar faoliyatiga ruxsat berilishiga kelishildi. 
Germaniyaga qarashli Kenisburg viloyati Sovet davlatiga berildi. Sovetlar Yaponiyaga 
qarshi urushga kirishi haqidagi qaroriga amal qilishini yana bir bor tasdiqladi. 
Yaponiya taslim bo'lmaguncha ikkinchi jahon urushi tugamas edi. 1944-yilning 
oktabr oyida eng yirik harbiy-dengiz floti jangida AQSH Yaponiya flotini tor-mor 
keltirdi. 1945-yilning aprel oyida AQSH armiyasi Okinava orolini egalladi. U Tokio 
shahridan 500 km uzoqlikda edi. Yozga kelib Yaponiya armiyasi Osiyoning katta 
qismidan quvib chiqarildi. 
Biroq Yaponiyani taslim etish oson ish emas edi. Buning uchun AQSH 
Yevropadagi kuchlarini Yaponiyaga tashlashi zarur edi. Urush esa 1946-yilning 
oxirigacha cho'zilar vaAQSH odam va aslaha jihatidan juda katta zarar ko'rar edi. 
Shuning uchun ham Sovet davlatining Yaponiyaga qarshi urushga kirishi nihoyatda 
zarur edi. 26-iyul kuni AQSH, Sovet davlati va Xitoy Yaponiyadan so'zsiz taslim 
bo'lishni talab etdilar. Biroq Yaponiya bu talabni rad etdi. 8-avgust kuni Sovet 
hukumati Yaponiyaga urush e'lon qildi. 9-avgustda esa Shimoliy-Sharqiy Xitoy, 
Shimoliy Koreya, Janubiy Saxalin va Kurill orollarida joylashgan Yaponiya armiyasiga 
qarshi hujumga o'tdi. Shu orada Xirosima va Nagasaki shaharlariga AQSH aviatsiyasi 
atom bombasini tashladi. Bu ikki atom bombasidan 100 mingdan ortiq kishi halok 
bo'ldi. 400 mingdan ortiq kishi esa radiaktiv nurlandi. 
Atom bombasining ishlatilishi va Sovet davlatining urushga kirishi Yaponiyani 
mag'lubiyatga uchraganligini tan olishga majbur etdi va 2-sentabr kuni Yaponiya taslim 
bo'lganligi haqidagi hujjat imzolandi. 
Shunday qilib, Yaponiya mustamlakachilik imperiyasi quladi va Yaponiyaning 
taslim bo'lishi bilan ikkinchi jahon urushi ham tugadi. Dunyoning asosiy davlatlarini 
o'z domiga tort-gan ikkinchi jahon urushida 40 davlatning hududida harbiy harakatlar 
olib borildi. Urushda behisob qurbonlar berildi va juda katta vayrongarchilik yuz berdi. 
Urushda fashistik Germaniya, Italiya va militaristik Yaponiya tor-mor etildi. Ular 
vaqtinchalik buyuk davlatlar qatoridan tushib qoldi. Ayni paytda fashizm halokatga 
uchradi, fashistlar partiyasi va tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. Uzoq va og'ir kurashda 
demokratik va antifashistik kuchlar g'alaba qozondi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi va uning Ustavi 1945-yilning 24-
oktabridan kuchga kirdi. Mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi boshlandi. O'nlab 


- 130 - 
yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Buyuk Britaniya va Fransiya sezilarli darajada 
zaiflashdi. AQSH esa dunyoning ikki o'ta qudratli davlatidan biri bo'lib qoldi. Sovet 
davlati ham urush natijasida mislsiz talafotlar ko'rgan bo'lsada AQSH kabi dunyoning 
o'ta qudratli davlatiga aylandi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling