Tarix o’tmishning ko’zgusi
Ikkinchi frontning ochilishi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Ikkinchi frontning ochilishi.
Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropaning fashizmdan ozod etilishi.Qrim konferensiyasi - 127 - AQSH ning birlashgan armiyasiga (G'arbiy front) ham qarshi turishga majbur edi. Binobarin, uning armiyasi ikkiga bo'linib urushishga majbur etilar edi. Bu esa, Germaniyaning buningsiz ham og'ir ahvolini yanada og'irlashtirgan bo'lardi. Sovet davlati o'z ittifoqchilari Buyuk Britaniya va AQSH oldiga bunday frontni ochish masaiasini 1942-yildayoq qo'ygan edi, biroq ular bu masalani turli sabablar bilan orqaga surib keldilar. Ammo yolg'iz sovet davlatining o'zi Germaniyani yengishi ma'lum bo'lgach, ular bu masalani ortiq orqaga surish mumkin emas, degan qarorga keldilar. Chunki ularni Sovet davlatining butun Yevropani fashizmdan ozod etishi, binobarin, butun Yevropa Sovetlar nazorati ostiga tushib qolishi mumkinligi istiqboli xavotirga solib qo'ydi. 1943-yilning 27-noyabr 1-dekabr kunlari Eron poytaxti Tehron shahrida 3 buyuk davlat rahbarlarining ikkinchi front masalasida konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada F. Ruzvelt, I. Stalin va U. Cherchill qatnashdi. Buyuk Britaniya va AQSH 1944-yilning yozidan kechiktirmay Yevropada ikkinchi frontni ochishga va'da berdilar. Sovet davlati esa Yevropada urush tugagach, Yaponiyaga qarshi urushga kirish majburiyatini oldi. 1944-yilning 6-iyunida Buyuk Britaniya va AQSH ning birlashgan qurolli kuchiari AQSH generali Eyzenxauer qo'mondonligida Fransiya hududiga tashlandi. Shu tariqa Yevropada ikkinchi front ochildi. Bu hodisa Germaniyaning ahvolini yanada tang qilib qo'ydi.Endi Gitlerning sanoqli kunlari qolganligi hammaga ayon edi. Germaniya armiyasi orasida Gitlerni yo'qotish tarafdorlari paydo bo'ldi. Ular Gitlerni qurbon berib, Germaniyani halokatdan saqlab qolmoqchi edilar. Shu maqsadda 1944-yilning 20-iyunida Gitlerga suiqasd uyushtirildi. Biroq Gitler omon qoidi va suiqasd ishtirokchilarining barchasi hibsga olindi hamda qatl etildi. 1944-yilning 25-avgustida Parij shahri fashistlardan ozod etildi. Vishi tartibi quladi. Sentabr oyida Fransiya to'la ozod etildi. Hokimiyat general de Goll qo'liga o'tdi. 1944-yilning yozi va kuzi davomida Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa daviatlari fashizmdan to'la ozod etildi. Yevropaning bu qismida Polsha, Yugoslaviya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, Albaniya kabi davlatlar joylashgan edi. Ularning ozod bo'lishida Sovetlar armiyasi hal qiluvchi rol o'ynaydi. Yevropa davlatlarini ozod etishda sovetlarning jami 3 mln. dan ortiq jangchisi halok bo'ldi, mayib-majruh bo'lib qoldi yoki bedarak yo'qoldi. Ular orasida minglab o'zbek jangchilari ham bor edi. Birgina Polshani ozod etishda 600 ming sovet jangchisi qurbon bo'ldi. Bu davlatlarda xalq demokratik inqiloblari amalga oshirildi va ular xalq demokratiyasi daviatlari deb atala boshladi. Germaniyani butunlay tor-mor etish va ozod Yevropada birgalikda siyosat yuritishni kelishib Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropaning fashizmdan ozod etilishi Qrim konferensiyasi olish maqsadida Sovet davlati, AQSH va Buyuk Britaniya rahbarlari 1945- yilning 4-fevralida Qrim viloyatidagi Yalta shahrida to'plandilar. Bu yerdagi Livadiya saroyida 4-11-fevral kunlari tarixga Qrim konferensiyasi nomi bilan kirgan xalqaro anjuman bo'lib o'tdi. Konferensiyada I. Stalin, U. Cherchill, F. Ruzvelt ishtirok etishdi. - 128 - Konferensiyada Germaniyani so'zsiz taslim etish, uning qurolli kuchlarini yo'q qilish, harbiy jinoyatchilarni jazoga tortish, fashistlar tashkilotlarini, qonunlari va tartiblarini yo'q qilish, Germaniyani uning agressiyasiga duchor bo'lgan davlatlarga reparatsiya to'lashga majbur etishga kelishib oldilar. «Ozod Yevropa to'g'risidagi deklaratsiya» e'lon qilindi. Shuningdek bu maqsadlarni ro'yobga chiqarish uchun Germaniyani 3 ta okkupatsion hududga bo'lishga qaror qildilar. Konferensiyada Sovet davlatining Yevropada urush tugaganidan keyin 2-3 oydan so'ng Yaponiyaga qarshi urushga kirishishiga kelishib olindi, Buning evaziga Mo'g'uliston Xalq Respublikasining oldingi holati saqlanib qolishi, Janubiy Saxalin va Kurill orollari sovetlarga berilishi hamda Xitoyga qarashli Port-Arturda sovetlarning harbiy-dengiz bazasi qurilishi lozim edi. Bundan tashqari, Qrim konferensiyasi qarorlariga ko'ra, xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etiladigan bo'ldi. Uning maqsadi dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashdan ibprat bo'lishi zarur edi. 1945-yilning 25-aprelida AQSH ning San-Fransisko shahrida BMT ning Ta'sis konferensiyasi ochildi. Uning ishida Germaniyaga qarshi urush e'lon qilgan 42 ta davlat delegatsiyasi qatnashdi. Shu tariqa BMT vujudga keldi. 24-oktabr BMT tashkil etilgan kundir. Uning qarorgohi Nyu-York shahri deb belgilandi. 1945-yilning 16-aprel kuni Sovetlar armiyasi Berlinni qurshab oldi va ishg'ol etishga kirishdi. Shu tariqa Berlin operatsiyasi boshlandi. Unga mashhur rus sarkardasi G. K. Jukov qo'mondonlik qildi. 25-aprelda Sovet qo'shinlari hujumga o'tdi. 3000 ta projektor hujum qiluvchilarning yo'lini yoritib turdi. Projektor nurlari dushman jangchilari ko'zini qamashtirib yubordi. Sovet qo'mondonligi niqob sifatida tutun tarqatish vositasini qo'lladi. Minglab tank va samolyotlar dahshat solib hujumga tashlandi va bular nemis qo'shinini sarosimaga solib qo'ydi. ltaliyada ham fashizm keskin zarbaga uchradi. Ko'p joylar fashistlardan ozod qilindi. 29-aprel kuni Italiya Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling