Tarix o’tmishning ko’zgusi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
1. Birinchi jahon urushining Arab davlatlari uchun oqiubatlari haqida so’zlab 
bering.
2. Suriyaning mustaqillikka erishishi qanday jarayonda kechdi? 
3. ―Iroq vasiyati‖ haqida nimalarni bilasiz va bu jamiyatning Iroq mustaqilligi 
uchun ahamiyati nimada? 
4. Ikki jahon urushi oralig’ida Buyuk Britaniyaning Misrdagi agressiyasi 
haqida so’zlab bering. 
5. «Saylangan musulmonlar federatsiyasi», «Jazoir ulamolari ittifoqi» va 
«Yosh jazoirlik» partiyasi haqida nimalarni bilasiz? 


- 118 - 
6. Iki jahon urushi oralig’ida Marokash mustaqilligi uchun kurashgan 
vatanparvarlar haqida so’zlab bering. 
7. Tunisdagi ―Dastur‖ partiyasi haqida so’z yuriting. 
 
 
1918-1939 YILLARDA TROPIK VA JANUBIY AFRIKA DAVLATLARI 
Tropik Afrika deganda Afrikaning shimoli va janubi 
orasidagi o'lka hudud tushuniladi. XVII—XIX asrlar 
davomida bu hudud Yevropa davlatlari tomonidan bosib 
olingan. Chunonchi, Dagomeya, Kamerun, Senegal, Mali, 
Ruanda, Somali, Togo, Markaziy Afrika Respublikasi
Gvineya, Gabon, Chad, Kongo, Niger, Mavritaniya, Madagaskar va boshqalar Fransiya 
mustamlakalari edi. Buyuk Britaniya esa Gana, Malavi, Nyasalend, Uganda, Sudan, 
Keniya, Nigeriya, Serra-Leone, Gambiyaga egalik qilardi. Yevropaning biroz 
rivojlangan kichik davlatlari ham mustamlakalardan quruq qolmagan. Masalan, 
Belgiya hozirgi Zair hududiga (Belgiya Kongosi deb atalardi) egalik qilgan. 
Portugaliya esa Angola, Mozambik, Gviniya-Bisauni bosib olgan edi. Italiya Eriteriya 
hamda Somalining bir qismiga, Ispaniya esa Ekvatorial Gvineya hamda Ispan 
Saxarasiga egalik qildi. 
Janubiy Afrika davlatlariga bugungi Janubiy Afrika Respublikasi, Zimbabve
Zambiya, Namibiya, Botsvana, Lesoto, Svazilend kabi davlatlar kiradi. Ularning 
barchasiga Buyuk Britaniya egalik qilgan. Afrikada bosib olinmagan rasmiy mustaqil 
ikki davlat qolgan edi, xolos. Bular -Efiopiya va Liberiya davlatlari edi. Urushdan 
so'ng Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Buyuk Britaniya, Fransiya, 
Portugaliya va Belgiya o'rtasida taqsimlandi. Ko'pchiligi asosan Buyuk Britaniya va 
Fransiya mandati nazoratiga berilgan. 1919-yil Parij sulh konferensiyasi qarorlariga 
muvofiq Millatiar Ittifoqi mandatli nazoratga berilgan hududlar uch kategoriyaga 
bo'lindi (A,B,C).Uning muallifi Janubiy Afrika Ittifoqi Bosh vaziri Yan Smets edi. 
«A» kategoriyaga nisbatan rivojlangan davlatlar kiritilgan (Suriya, Livan, 
Falastin, Iordaniya va Iroq). Afrikaning birorta davlati bu kategoriyaga kiritilmagan. 
«B» kategoriyaga Germaniyaning Afrikadagi sobiq mustamlakalari (Janubi-
g'arbiy Afrikadan tashqari) kiritilgan. Bu kategoriyaga kiritilgan hududlarni boshqarish 
mandatiga ega bo'lgan davlatlar oldiga qator shartlar qo'yilgan: jumladan, qul, qurol, 
spirtli ichimlik savdosiga yo'l qo'ymaslik; vijdon va din erkinligini kafolatlash, jamiyat 
va axloqiy tartibni saqlash. 
«C» kategoriyasiga eng qoloq hududlar kiritilgan. Ularni mandat berilgan davlat 
o'z qonunlari asosida boshqarish huquqiga ega bo'lgan. Shu tariqa Afrika hamon 
amalda mustamlaka holatida qolaverdi. Uni qoloqlik chulg'ab olgan edi. Milliy 
daromadning 90 foizi eng sodda mehnat qurollari qo'llaniluvchi qishloq xo'jaligidan 
kelardi. Turmush darajasi dunyoda eng past qit'a edi. Ochlik, qashshoqlik va kasallik 
afrikaliklarning kundalik qismati edi. Afrikaning mahalliy aholisi har jihatdan 
kamsitilgan edi. Uning behisob tabiiy boyliklari esa mustamlakachi davlatlar 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling