Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1941-yil 11-martda
- Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1939-yil 26-iyul kuni AQSH Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi.
1939-yil 4-noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan so'ng betaraflik haqidagi qonun qayta ko'rib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga AQSHdan qurol-yarog' - 87 - sotib olish imkonini berdi. AQSH demokratik davlatlar tomonidagi o'z holatini qat'iy belgiladi. 1941-yil 11-martda Kongress prezident FDRga himoyasini «prezident AQSH mudofaasi uchun hayotiy muhim hisoblagan har bir millatga» qurol va harbiy anjomlar qarzga (lend), yoki ijaraga (liz) berishi uchun imkon yaratgan lend-liz haqidagi qonunni qabul qildi. AQSH lend-liz bo'yicha amalda Angliyaga, Sovet lttifoqi va Xitoyga qurol bilan katta yordam berdi. Qonun AQSHning Ikkinchi jahon urushiga kirishidan sakkiz oy oldin mamlakat harbiy sanoati rivojlanishini tezlashtirishga shart- sharoitlar yaratdi. Bu siyosiy jihatdan AQSHning urushayotgan tomonga aylanganligini anglatdi hamda amerikalik siyosiy va harbiy arboblarga jahon siyosatida faol rol o'ynash huquqini berdi. Biroq, bu AQSHning bevosita urushga kirish niyatidaligini bildirmasdi. Izolyatsionistlarning mavqei kuchli edi va Amerikaning rahbar namoyandalari doimiy ravishda AQSHning urushdagi ishtiroki harbiy harakatlarda faqat dengiz va havo kuchlarining qatnashishi bilan cheklanishi haqida ma'lum qilishardi. Shu boisdan AQSH hukumati fashistlar agressiyasiga faol va qat'iy qarshi chiqishga shoshilmadi. Shu bilan birga AQSH Buyuk Britaniyaning halokatga uchrashiga va Britaniya imperiyasining parchalanishiga yo'l qo'ya oimasdi. Zero, gitlerchilar Germaniyasining g'alabasi natijasida yuzaga keladigan yangicha kuchlar nisbati AQSH uchun g'oyatda foydasiz va xavfli bo'lishi mumkin edi. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 1. Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlarini misollar bilan tushuntiring. 2. ―Da’vatkorlik to’g’risida hujjat‖ning qabul qilinishi va uning oqibatlari haqida so’zlab bering. 3. Jahon iqtisodiy inqirozi AQSH iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko’rsatdi? 4. AQSHning prezidenti F. D. Ruzveltning ―Yangi yo’nalish‖i jamiyatni liberallashtirishda qanday rol o’ynadi? 5. ―1918-1939 yillarda AQSHning tashqi siyosati‖ mavzusida mustaqil ishlang. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling