Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yangi yo’nalish”
- AQSH tarixida birinchi marta
- 1934-yili Dyupon va Morganlar yirik monopolistik guruhlarining bevosita ishtirokida Amerika
1933-yil 12-mayda fermerlarga yordam haqidagi qonun qabul qilindi. Ularning
mahsulotlariga bo'lgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzor maydonini va chorva sonini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Burring uchun ularga muko-fotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va noma'lum muddatga to'xtatib qo'yildi. Davlat yuz minglab fermerlarga kreditlar berdi. Norentabel fermalar tugatildi. 1933-1936-yillarda qarzlar va soliqlarni to'lamaganligi uchun deyarli 600 ming fermalar, ya'ni jami fermalarning 10 foiziga yaqini «kim oshdi»da sotib yuborildi. Mazkur choralar amerikalik fermerlarning barcha muammolarini hal etmasada, qishloq xo'jaligini halokatdan saqlab qoldi. “Yangi yo’nalish” AQSHdagi ijtimoiy munosabatlarni hiberallashtirish uchun ijtimoiy qonunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirdi. 1935-yili AQSH Kongressi «Vagner gonuni»ni qabul qildi. Mazkur qonun bo'yicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega bo'lishdi. Bundan buyon ish tashlashda qatnashganligi uchun ta'qib qilish man qilindi. Xuddi shu yili AQSH tarixida birinchi marta ijtimoiy sug'urtalash haqidagi qonun qabul qilindi. Bu qonunda keksalarni ta'minlash va ishsizlik bo'yicha kompensatsiya to'lash, ko'zi ojizlarga, majruhlarga, yolg'iz onalarga va yetimlarga yordam berish ko'zda tutildi. Bunday qonunlar mavjud bo'lmagan mamlakatda bu hodisa ijtimoiy islohotlar va adolatli jamiyat yaratish yo'lidagi olg'a tashlangan katta qadam edi. FDRning «yangi yo'nahsh»i AQSH tarixidagi eng ilg'or sahifalardan biri bo'ldi. Bu Amerika siyosatida liberalizm va liberal g'oyalarning g'alabasi edi. «Neoliberalizm» nomi shu bilan bog'liqki, ruzveltcha liberalizm avvalgi liberal islohotlardan farqli o'laroq, davlatdan kelib chiqardi va uning asosida ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish maqsadida yirik biznes daromadining ma'lum qismini olish uchun davlat tomonidan barcha samarador dastaklardan faol foydalanish yotardi. Eng boy oilalarning millionlab va milliardlab daromadlariga keng mehnatkashlar ommasining ahvolini yaxshilash uchun qo'shimcha soliqlar solindi. «Yangi yo'nalish» bozor iqtisodiyoti doirasida umuman butun jamiyatning sifat jihatdan o'zgarishiga olib keluvchi teran ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. «Yangi yo'nalish» amalga oshirilishining boshlang'ich davrida AQSHdagi yirik biznes uni qo'llab-quvvatladi, hatto bu rejaning hayotga tatbiq etilishiga ko'maklashdi. Biroq inqiroz o'tib borgani sari moliya va sanoat kapitali vakillari, shuningdek muxolif siyosiy kuchlar FDR siyosatiga qarshi ochiq chiqa boshlashdi. Amalda 1934-yildayoq burjuaziyaning bir qismi «yangi yo'nalish» siyosatiga muxolifatlikka o'tdi. Bu 1934-yili Dyupon va Morganlar yirik monopolistik guruhlarining bevosita ishtirokida Amerika Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling