Tarix o’tmishning ko’zgusi


AQSHning dunyodagi etakchi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114
AQSHning dunyodagi etakchi 
davlatga aylanishi. 
O’zgacha fikrlovchilarga 
qarshi kurash. 


- 80 - 
taraqqiyparvar tashkilotlarning a'zolariga qarshi tadbir uyushtirdilar. 10 mingdan ortiq 
kishi qamoqqa olindi. Xuddi shu yili kasaba uyushmalari harakati faollari sanalgan 
italiyalik muhojirlar - Sakko va Vansetti qamoqqa olindilar. Ular bankni o'g'irlash va 
politsiyachini o'ldirishda ayblandilar. 1927-yilda ular elektr kursida qatl qilindilar. 
Faqat Ikkinchi jahon urushidan so'ng ularga soxta guvohliklar asosida ayb qo'yilgani 
ma'lum bo'ldi. 
1922-yilda AQSHda ishlab chiqarishning 
o'sishi 
boshlandi. 
Avtomobilsozlik, 
samolyotsozlik, radio, elektrotexnika sanoatlari 
jadal sur'atlarda rivojlandi. O'sish yangi 
texnikaviy asosda, eng yangi texnika uskunalari, konveyer tizimi, standartlashtirish, 
modernlashtirish usullarini keng tadbiq etish yo‟li bilan amalga oshirildi. Ishlab 
chiqarishda yangi fan va texnika kashfiyotlari, seriyali ishlab chiqarish usuli keng 
qo'llanila boshlandi. Ishlab chiqarishda aql bovar qilmas o'sish ro'y berdi. 1927-yilga 
kelib AQSHda yiliga 7 mln. avtomobil ishlab chiqarilardi. Avtomobilsozlikning o'sishi 
keng shosse yo'llarining barpo etilishiga turtki bo'ldi, shahar va qishloq qurilishinmg 
rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi. Ishlab chiqarishing o'sishi Amerika monopoliyalariga 
ulkan daromadlar keltirib, ularning raqobatbardoshligini oshirdi. 
Standartlashtihsh - xom ashyo, ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar 
va h. k. larga nisbatan davlat miqyosida yagona, qat'iy belgilangan me'yor va talablarni 
o'rnatish. Iqtisodiyotdagi jadal o'sish o'z qo'llarida katta iqtisodiy va siyosiy 
hokimiyatni jamlagan ulkan ishlab chiqarish va moliya birlashmalarining tashkil 
topishiga olib keldi. 
Avtomobilsozlikda uch yirik kompaniya - «Ford», ―Jeneral Motors‖ va 
«Kraysler» butun avtomobil sanoatini o'ziga bo'ysundirdi. Kimyo sanoatida «Dyupon» 
firmasi, po'lat quyish sanoatida «Po'lat tresti» hukmronlik qildi. Banklarning 
hukmronligi ayniqsa beqiyos bo'ldi. Morgan va Rokfeller nazorati ostidagi olti yirik 
bank mamlakatdagi jami sarmoyaning yarimidan ortig'ini nazorat qildi. Amerikaning 
barcha yirik moliya va sanoat kompaniyalari birgalikda mamlakat ichki va tashqi 
siyosatini, Amerikadagi butun siyosiy tizimni nazorat qildilar. Ular Amerika davlat 
siyosatining shakllanishiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatdilar. 
20-yillarda mamlakat siyosiy hayotida yangi sharoitga moslashishga erishgan 
Respublikachilar partiyasi muhim rol o'ynadi. 1920-yildagi prezidentlikka saylovlarda 
Demokratlar partiyasi mag'lubiyatga uchradi va Oq uyni respublikachilar egalladilar. 
Ular Oq uy va Kongressda 1932 yilgacha hukmronlik qildilar. Bu davrda prezidentlik 
kursida U. Garding (1921-1923), K. Kulij (1923-1924 va 1925-1929) va G. Guver 
(1929-1932) o'tirdi. Bu davr Amerika iqtisodiyotining gullab-yashnash (prosperiti) 
davri bo'ldi. Unga U. Garding asos soldi. 1922-yilda u qo'shimcha foyda solig'ini, narx-
navo ustidan nazoratni bekor qildi va kompaniyalarga ishchilar bilan munosabatlarda 
to'liq erkinlik berdi. 
U. Garding ishini davom ettirgan K. Kulij 1925-yilda: «Amerikaning ishi - 
tijorat», deb e'lon qildi. Bu jumla Amerika hukmron doiralarining bosh tamoyiliga 
aylandi. Ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch 
hisoblanib, u tinimsiz o'sishi va boyliklar yaratishi, ularning bir qismi AQSHdagi 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling