Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114
Marokashdagi harbiy-
fashistik isyon. Fuqarolar 
urushining boshlanishi 


- 78 - 
etilib, eng qashshoq oilalarning farzandlariga birinchi marta universitetlarda tahsil olish 
imkoniyati yaratildi. 
1936-yil sentabri boshlarida fashistlar Madridga hujum boshlashdi. Yaxshi 
qurollangan fashistlar armiyasiga yomon qurollangan xalq militsiyasi bo'linmalari 
qarshi turardi. Ular cheksiz qahramonlik va fidoyilik ko'rsatib, fashistlarni to'xtatishdi. 
Dushman shahar ostonalarida minglab jangchilar bilan emas, minglab qahramonlar 
bilan to'qnashdi. 
O'sha paytda Dolores Ibarruri shunday yozgan edi: «Ayni kunlarda Ispaniyada 
bo'lmasdan turib, xalqimiz qahramonligini bor bo'yicha tasavvur qilish mumkin emas. 
Onalar o'lim bilan olishuvga ketayotgan farzandlarini ko'z yoshi to'kmasdan 
kuzatishardi. Ayollar erkaklardan fidoyilarcha mardlikni talab qilishardi. Ular 
qo'rqoqlarning xotinlari bo'lishdan ko'ra qahramonlarning bevasi bo'lishni afzal 
ko'rishardi». Ispan xalqi o'sha kunlarda Vatanni qanday himoya qilish, Respublikani 
qanday asrash kerakligini namoyon etdi. 
Ispan xalqining fidokorona va matonatli kurashi butun dunyoda ulkan ma'naviy 
yuksalish uyg'otdi. Bu kurash fashizm va sivilizatsiya mutlaqo nomuvofiqligini 
ko'rsatdi. Dunyo birinchi bor fashizmni harakatda ko'rdi va bu antifashistik ongning 
keng tarqalishiga olib keldi. Eng mashhur intelligensiya namoyandalari o'sha kunlarda 
fashist bosqinchilariga qarshi zarba berishga chaqirib, insoniyatga murojaat qilishdi. 
Respublikachilar va fashistlarning kuchlari teng emas edi. Fashizm g'alaba qildi. 
1939-yil 26-martda Barselona ishg'ol qilindi, 1939-yil 28-martda esa fashist 
qo'shinlari Madridga kirishdi. G'arb davlatlari Franko hukumatini darhol tan olishdi. 
Angliya va Fransiya hali qonuniy hukumat mavjudligidayoq yangi hukumatni tan 
olishgan bo'lsa, AQSH Frankoni Madridga kirganidan uch kun keyin -1-aprelda tan 
oldi. 
Ispaniyadagi fuqarolar urushi butun dunyoda antifashistik ong rivojlanishiga yo'l 
ochib, fashizm va insoniyat sivilizatsiyasi nomuvofiq ekanligini yaqqol namoyon qildi. 
Fashistlarning total urushi total tashkil qilingan qotilhkka avlandi Fashist uchuvchilari 
1937- yil 26-aprelda Gernike shahrini tamomila vayron qildilar. Bu kunning butun 
dahshati Pablo Pikassoning mashhur «Gernike» kartinasida aks ettirilgan. Gernikening 
vayron qilinishi va tinch aholining yo'q qilinishi bema'ni shafqatsizlik hodisasi sifatida 
tarixga kirdi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling