Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114
Ibarruri (1895-1989) katta rol o'ynadi. Dolores Ibarrurini Passionariya, ya'ni Olovli 
deb atashardi. Fashizmga qarshi yo'naltirilgan o'tli, yorqin nutqlari unga butun dunyoda 
fashistlarga qarshi dadil va qat'iy kurashchi shuhratini keltirdi. 
Mamlakatdagi vaziyat og'irlashib bordi. Ispaniya navbatdagi to'qnashuvga faol 
tayyorlanayotgan ikkita siyosiy lagerga ajraldi. 1934-yil 1-oktabrda eng reaksion 
doiralarning uchta vakili -«Ispan avtonom o'nglar konfederatsiyasi» (SEDA) partiyalari 
hukumatga kiritildi va bu qurolli qo'zg'olon boshlanishi uchun yetarli bo'ldi. 
SEDAning uchta vakilini hukumatga kiritish haqidagi qarorga javoban butun 
mam-lakatni 5-oktabr tongida umumiy ish tashlash qamrab oldi. Unda bir millionga 
yaqin kishi qatnashdi. Ko'plab shaharlarda namoyishlar va chiqishlar bo'lib o'tdi. 
Asturiyada qurolh qo'zg'olon boshlandi; ishchi alyanslar (kasaba uyushmalari) bu 
yerda ishchi-dehqon respublikasini e'lon qildi, hukumat qo'shinlarini quvib yubordi va 
qizil armiya bo'linmalarini tuzishga kirishdilar. Asturiyalik ishchilar hukumat 
qo'shinlari bilan ikki hafta davomida qattiq janglar ohb borishdi. Hukumat bu yerga 
yirik harbiy kuchlarni tashladi. Qo'zg'olon bostirildi. Janglarda bir mingdan oshiq kishi 
halok bo'ldi, 2 mingdan ko'prog'i yaralandi va 30 minggi qamoqqa tashlandi. 
Asturiyadagi voqealar fashistlarning hal qiluvchi jangga faol tayyorgarlik 
boshlaganiniko'rsatdi. Asturiya ular uchun bosh repetitsiya bo'ldi. Ular bu yerda asosiy 
kuch sifatida armiyaga, fashistik tashkilotlarga va Marokash korpusiga tayanishdi. 
1921-yili hukumat Marokashda Fransisko Frankoni (1892 -1975) asturiyalik 
ishchilarga qarshi jazo operatsiyalariga qo'mondon etib tayinladi va u o'z 
imkoniyatidan foydalandi. Franko qo'zg'olonni bostirishda o'ta shafqatsizlik ko'rsatdi 
va darhol Ispan armiyasi Bosh shtabining boshlig'i etib tayinlandi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling