Tarix o’tmishning ko’zgusi


Anarxo-sindikalizm -ishchilar harakatida anarxizm g'oyalari ta'sirida


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114
Anarxo-sindikalizm -ishchilar harakatida anarxizm g'oyalari ta'sirida 
bo'lgan oqim. Anarxo-sindikalistlar kasaba uyushmalarini (fransuzcha-
sindikatlar) ishchilar sinfini tashkillashtirishning muhim shakli deb hisoblashadi. 
Ishlab chiqarish vositalari kasaba uyushmalariga o'tishi shart. Bevosita harakat-
iqtisodiy ish tashlash, sabotaj, umumiy iqtisodiy stachka taktikasini qo'llashadi. 
Birinchi jahon urushidan so'ng mamlakatda tamomila yangicha vaziyat yuzaga 
keldi. Tuzilgan burjua partiyalari -konservativ va liberal partiyalar siyosiy hamda 
ijtimoiy islohotlar o'tkazilishini, respublika barpo etilishini talab qilishdi. Mayda va 
o'rta 
burjuaziya 
vakillari, 
demokratik 
intelligensiyaning 
kattagina 
qismi 
Respublikachilar federatsiyasini tuzishdi. Bu federatsiya demokratik o'zgarishlar va 
demokratik respublika barpo etilishi dasturini ilgari surdi. Mamlakatda siyosiy inqiroz 
boshlandi. 1917-yildan 1922-yilgacha Ispaniyada 11 ta hukumat almashdi. Ispaniya 
tarixida Burbonlar monarxiyasining zavoli va harbiy diktatura hukmronligi davri 
boshlandi. 
Italiyada Mussolinining hokimiyat tepasiga kelganligi Ispaniya qiroli Alfonso 
XIII va uning a'yonlarida harbiy diktatura o'rnatilishi zarurligiga intilishni kuchaytirdi. 
Kataloniya burjuaziyasi general Primo de Riverani yetakchilikka ko'tardi. 1923-yil 13-
sentabrdagi isyon natijasida hokimiyat general Primo de Rivera boshchiligidagi harbiy 


- 74 - 
direktoriya qo'liga o'tdi. Harbiylar birinchi marta mamlakatni boshqarish imkoniyatiga 
ega bo'lishdi. Generalga amalda cheklanmagan hokimiyat berildi, lekin tez orada 
Ispaniya yakka shaxs hokimligini qo'llab-quvvatlamasligi ma'lum bo'ldi. Iqtisodiyot 
izdan chiqdi, hamma joyda hukumatga qarshi chiqishlar boshlandi. 1930-yil 28-

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling