Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114
 
ISPANIYA 
 
Tarixni esga oling ! 

Qadimda Ispaniya Iberiya deb atalgan. Bu hududda bir necha shahar-davlatlar 
mavjud bo’lib, ular miloddan avvalgi 2-asrning oxiri va 1-asrning boshlarida 
Rimliklar tomonidan bosib olindi. 

Rim imperiyasi inqirozga yuz tutayotgan bir paytda, 418-yilda Ispaniya 
hududida Vestgotlar qirolligi tashkil topdi.

6-asrning oxiri va 7-asrning boshlarida Ispaniya Arab xalifaligi tomonidan 
ishg’ol etildi. Keyinchalik bu erda arablarning Qurdoba (Kardova) amirligi 
tashkil topdi. Ayni paytda bu hududda Kastiliya va Aragoniya qirolliklari ham 
mavjud edi. Suni alohida ta’kidlash kerakki, Ispaniya o’rta asrlarda Sharq va 
G’arb madaniyatlari tutashgan hudud edi. Sharq mutafakkirlarining nodir 
asarlari Ispaniyada lotin tiligi tarjima qilinib, Evropaga tarqaldi. 

Rivojlangan o’rta asrlarda Ispaniya qirolligi qudratli davlatga aylandi va 
dengizda hukmrohlik uchun Angliya bilan raqobatlashar edi.

Buyuk geografik kashfiyotlarni ham Ispanlar boshlab berishdi. Ispanlar 
Amerika qit’asining katta qismi, Afrika va boshqa hududlarda 
mustamlakalarni bosib oldilar. 

1-jahon urushida Ispaniya betaraf turdi. 
Ispaniya Yevropaning chetki janubi-
g'arbiy burchagida joylashgan va Yevropa 
davlatlari 
tizimida 
muhim 
strategik 
bo'g'inni tashkil etadi. U uzoq vaqt 
davomida Osiyo, Afrika va Lotin 
Amerikasida ulkan imperiyani barpo etib, yirik mustamlakachi davlat bo'lib keldi. 
lspan mustamlakalan XIX asr oxirida mamlakatda hukmron ijtimoiy kuchga va siyosiy 
hayotdagi eng ta'sirdor omilga aylangan yirik ispan pomeshchiklari -latifundistlarini 
boyitib turardi. Latifundistlar hukmronligi hukmron armiyaga va katolik cherkoviga 
tayanardi. Zodagon oilalarning, yirik latifundistlarning vakillaridan iborat zobitlar 
korpusi o'zini qaror topgan tartiblar qo'riqchisi hisoblar va har qanday ilg'or 
o'zgarishlarga intilishlarni mamlakat milliy manfaatlariga daxl qilish sifatida baholab, 
ularga barham berardi. 1916-1917-yillarda armiyada «harbiy xuntalar» tarmog'i yuzaga 
keldiki, ular mamlakatda harbiy diktatura o'rnatish rejalarini tuzib yurishardi. Ushbu 
xuntalar XX asrda mamlakat siyosiy hayotiga armiyaning tez-tez aralashuvi vositasiga 
aylandi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling