Tarix o’tmishning ko’zgusi


Avtarkiya -odatda, ma'lum mamlakat doirasidagi alohida xo'jalik


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114
Avtarkiya -odatda, ma'lum mamlakat doirasidagi alohida xo'jalik. 
Avtarkizm sharoitida mamlakat yo boshqa rnamlakatiar bilan aloqa qilmaydi
yoki bu aloqalar o'ta chegaralangan bo'ladi. 
Shu bilan birga, Mussolini «g'alla uchun kurash» kompaniyasini e'lon qildi va u 
Italiyaning g'alla bilan o'zini o'zi to'liq ta'minlashiga olib kelishi lozim edi. Garchi 30-
yillarda g'alla yetishtirish hajmlarining o'sishiga erishilgan bo'lsada, Italiya g'alla bilan 
o'zini o'zi to'liq ta'minlashga muvaffaq bo'la olmadi. Chorvachilik mahsulotlan bilan 
ham xuddi shu hoi yuz berdi. Birin-ketin ko'mir, neft, elektr energiyasi uchun «kurash» 
kompaniyalari o'tkazila boshlandi, ular milliy iqtisodiyotni xususiy xom ashyo va 
elektr manbalari bilan ta'minlashga qaratildi. Biroq, Italiya fashizm intilgan iqtisodiy 
avtarkiyaga erisha olmadi, rivojlangan ilg'or sanoat davlatlari qatoriga qo'shilmadi. 
Asosiy qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ishlab chiqanhshi mamlakatdagi ichki 
ehtiyojni qondirmadi. 
Italiya fashizmi o'ttizinchi yillarda mamlakat hayotining barcha tomonlarini 
o'ziga bo'ysundirib, totalitar diktaturani o'rnatdi. Demokratiyaning barcha, hatto rasmiy 
belgilari, shu jumladan, parlament ham tugatildi. Parlamentning saylanuvchi palatasi " 
o'rniga fashi di kombattimento va korporatsiyalar palatasi tuzilib, unga tayinlanuvchi 
«deputatlar» kirdilar. Fashistlar partiyasi esa davlat tizimiga to'liq qo'shildi. Partiya 
nizomiga ko'ra u duche Mussolini buyruqlariga bo'ysunib, davlat xizmatini bajaruvchi 
«fuqarolar militsiyasi» (lotincha «milicia» -qo'shin)ga aylandi. 
Ommaviy axborot vositalari fashizmga xizmatga o'tib, fashist senzurachilari 
tomonidan qattiq nazorat qilindilar. Dorilfununlarda professorlar duchega sodiqlikka 
qasamyod qildilar. Ommaviy tashkilotlar tizimi, fashistik matbuot va maktab orqali, 
sershovqin targ'ibot kompaniyalari yordamida fashist g'oyalari ommaga singdirildi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling