Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114
1935-yil dekabrda hukumat iste'foga chiqdi va 1936-yil 16-fevralda yangi 
saylovlar bo'lishi belgilandi. Bu so'l kuchlarni birlashishga undadi va 1936-yil 15-
yanvarda so'l respublikachi partiyalar va kasaba uyushmalari vakillari Xalq fronti 
haqida bitimni imzolashdi. Dasturda quyidagi talablar: siyosiy mahbuslarni afv etish, 
1934-yil oktabrdagi janglarda ishtiroki uchun ishdan bo'shatilganlarni ishga qabul 
qihsh, repressiya aybdorlarini jazolash, armiya va davlat apparatini demokratlashtirish, 
dehqonlarga soliqlarni va ijara haqini kamaytirish, ishsizlikni tugatish uchun jamoat 
ishlarini tashkil etish, ijtimoiy sug'urtalanish haqidagi qonunlarni tiklash va boshqalarni 
ilgari surdi. Shu tariqa Ispaniyaning kelajagi saylovlarga bog'liq bo'lib qoldi. 
1936-yil 16-fevralda Xalq fronti partiyalari korteslarga saylovlarda salmoqli 
muvaffaqiyatga erishdilar. Ularning 268 nafar vakili deputatlikka saylandi. O'ng 
partiyalar faqat 205 ta o'rin olishdi. Saylov natijalari asosida so'l respublikachilar 
yo'lboshchisi-Manuel Asani boshchiligida yangi hukumat tuzildi. 
Yangi respublikachi hukumat o'z dasturidagi va'dalarni bajarishga kirishdi. 30 
ming mahbus qamoqdan ozod qilindi. Korxonalarda ishchi nazorati joriy etildi. 
Mamlakatda tartibni yo'lga qo'yish uchun ishchi militsiya bo'linmalari tuzila boshlandi. 
Mamlakatda demokratik erkinliklar tiklandi, agrar islohot davom ettirildi -1936-yil 
iyunigacha dehqonlar 700 ming gektardan ziyod yer olishdi. Kataloniya avtonomiyasi 
ham tiklandi. Asturiyadagi qo'zg'olondan so'ng ishdan bo'shatilganlar esa yana ishga 
qabul qilindi. 


- 77 - 
 Ispaniyaning 
demokratik 
rivojlanishini 
qonuniy vositalar bilan orqaga qaytarish ilojsiz 
ekanligini anglagan qora kuchlar respubhkaga 
qarshi qurolli qo'zg'olonga tayyorlana boshladi. 
Moliya kapitali moliyaviy ta'minotni amalga oshirdi, reaksion generallar armiyani 
tayyorlashdi. Isyonchilarga yordam berishni va'da qilgan Gitler va Mussolini bilan 
aloqalar o'rnatildi. Yirik zamindorlar va cherkov iyerarxiyasi ham qurolli qo'zg'olonni 
yoqlashdi. Harbiy-fashistik isyon 1936-yil 17-iyulda Marokashning ispan zonasida 
boshlanib, 18-iyulda Ispahiya hududiga ko'chdi. Butun armiyaning 80 foizi isyonchilar 
tomonidan bo'lib chiqdi. Deyarli barcha shaharlarda janglar ketardi. 
Isyonning birinchi kunlaridanoq respublikani qo'lida qurol bilan himoya qilishga 
tayyor 300 mingdan ortiq kishi yig'in punktlariga kelishdi. Fuqarolar urushi boshlandi. 
Fashizmga qarshi ulkan jang, demokratiya bilan fashizmning birinchi ochiq olishuvi 
boshlandi. Bir zarba bilan respublikani tor-mor qilishga intilish muvaffaqiyatga 
erishmadi. 19-iyul oqshomida Ispaniyaning asosiy sanoat markazlari xalq qo'liga o'tdi. 
Hamma joyda zavod-fabrikalar ishchilar nazoratiga olindi. Xalq militsiyasi tartibni 
ta'minladi. Fashistlar qo'lida faqat Sevilya, Galisiya, Navarra, Eski Kastiliya va Aragon 
qoldi. Fuqarolar urushi taqdirini Germaniya va Italiyaning aralashuvi hal qildi. 
Germaniya «Kondor» harbiy-havo diviziyasini taqdim etdi. Bu diviziya bir necha 
haftada butun Marokash korpusi tarkibini o'tkazdi. Italiyadan 300 ming askar keltirildi, 
Germaniyadan samolyotlar, tanklar va artilleriya olib kelindi. Harbiy harakatlarda 50 
ming nemis askar va zobitlari, 15 ming portugaliyalik qatnashdi. General F. Franko 
isyonchi qo'shinlar qo'mondoni etib tayinlandi. 
Ispaniyadagi fuqarolar urushi tez orada fashizm bilan demokratiya o'rtasidagi 
g'oyaviy kurash maydoniga aylandi. Dunyoning butun mamlakatlaridan fashizmning 
tor-mor etilishini o'z hayoti va sharafli ishi deb bilgan ko'ngillilar respublikachilarga 
yordamga oshiqishdi. Jahon bo'ylab demokratlarning «Ispaniyaga yordamga!» shiori 
tarqaldi. Ispaniyaga kelgan antifashistlardan ko'ngilli baynalmilal bo'linmalar tuzila 
boshlandi. 1936-yil 9-noyabrdayoq Madrid ko'chalaridan birinchi baynalmilal brigada 
saf tortib o'tdi va darhol Ispaniya poytaxt mudofaasi uchun jangga kirdi. Ispaniyadagi 
fuqarolar urushida 54 mamlakatdan kelgan ko'ngillilar qatnashishdi. 
Fashizmga qarshi kurash butun ispan xalqida ulkan ma'naviy yuksalish uyg'otdi. 
Bu kurash tez orada milliy-inqilobiy urushga aylandi. Respublika ayni paytda o'z 
saflarini qayta qurib, o'z hukumatini mustahkamladi. 1936-yil oktabrda Ispaniyada so'l 
sotsialistlar yo'lboshchisi Largo Kabalero boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Yangi 
hukumat muntazam armiya tuzishga va agrar islohotni chuqurlashtirishga kirishdi. 
1936-yil 7-oktabrdagi dekretga asosan dehqonlar va chorakorlarga deyarli 5,5 mm. 
gektar yer berildi. Basklar mamlakati avtonomiyaga erishdi. Oziq-ovqat mahsulotlariga 
qat'iy narxlar belgilandi, ish kuni qisqartirildi. Ayollarga erkaklar bilan teng huquqlar 
berildi. 
Mamlakatda madaniy o'zgarishlar keng quloch yoydi. Qisqa muddatda 10 
mingta yangi maktab ochildi, 500 ming kishiga savod o'rgatgan «madaniy militsiya» 
tashkil etildi, oliy o'quv yurtlari tarmog'i kengaytirildi. Davlat stipendiyalari tizimi joriy 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling