Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   114
yanvarda general iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. Bu harbiy-monarxistik 
diktaturaning xotimasi bo'ldi. 
Generalning iste'fosi tug'dirgan siyosiy inqiroz mamlakat sanoati, qishloq 
xo'jaligi, savdosi va moliyasini izdan chiqargan umumjahon iqtisodiy inqiroziga to'g'ri 
keldi. Ishsizlik jami ishchilarning 40 foizdan ko'prog'ini qamrab oldi. Inqiroz ishchilar, 
dehqonlar, o'rta tabaqalar va intelligensiya chiqishlarining yangi to'lqiniga turtki berdi. 
Barcha chiqishlarda bir narsa -demokratik respublika o'rnatilishi talab qilindi. 
 Ispaniyada keskin iqtisodiy va siyosiy 
inqiroz 
vujudga 
keldi. 
Diktatura 
ag'darilganidan keyingi birinchi haftalarda 
eski respublikachi partiyalarni tiklash va 
yangilarini tuzish qizg'in kechdi. 
An'anaviy monarxistik partiyalar -konservativ va radikal partiyalar chuqur 
inqirozga uchrab, siyosiy hayotga ta'siri yo'q qator mayda guruhlarga ajralib ketdi. 
1930-yil mart oyi oxirida monarxistlarning tarqoq guruhlari o'ng liberal-
respublikachilar partiyasiga birlashdi. 1930-yil avgustda mamlakatda ommaviy ish 
tashlash harakati avj oldi va dehqonlarning chiqishlari boshlanib ketdi. Bu 
respublikachi partiyalarni yanada faol harakatlarga undadi. Barcha respublikachi 
partiyalar keyinroq sotsialistik partiya ham qo'shilgan inqilobiy qo'mita tuzishdi va 
yashirin Muvaqqat burjua hukumat tashkil etishdi. Ularning maqsadi diktaturani 
majburan ag'darish edi. 
Respublikachilarning monarxistlar bilan birinchi to'qnashuvi 1931-yil 12-
aprelda bo'lib o'tgan mahalliy munitsipal saylovlarda yuz berdi. Saylovchilarning 
aksariyati o'z ovozlarini respublikachilarga berishdi. Saylovlar yakuni haqidagi xabar 
siyosiy kurashning rivojlanishiga turtki berdi. Mamlakatda burjua-demokratik inqilobi 
boshlandi. Barcha shaharlarda namoyishlar bo'lib o'tdi. Demokratlar davlat 
muassasalarini egallashib, siyosiy mahbuslarni ozod qilishardi. Qator shaharlarning 
munitsipalitetlari respublika e'lon qilishdi. Respublikachilar g'alabasi muqarrarligini 
ko'rgan qirol Alfonso XIII 14-aprelda taxtdan voz kechdi. Inqilob yanada avj olib
yuksalish yo'nalishidagi rivojlanishini davom ettirdi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling