Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Buyuk depressiyalarning
boshlanishi. FDRning “yangi yo’nalishi”. - 82 - jumladan, pullar ham shuncha qadrsizlandi. Bir necha hafta mobaynida ko'plab zavodlar, shaxtalar, temir yo'llar, elektr stansiyalari to'xtab qoldi. Sanoat ishlab chiqarishi deyarli yarimiga qisqardi. Avtomobillar chiqarish 80%ga, eksport, import, chakana savdo aylanmasi ikki barobarga kamaydi. Ushbu inqiroz «Buyuk depressiya» deb nomlandi, zero, 1929-1932-yillarda 130 mingga yaqin firmalar bankrotlikka uchradi. Qishloq xo'jaligidagi vaziyat ham keskin yomonlashdi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining xarid narxlari tushib ketganligi fermer xo'jaliklarining ommaviy inqiroziga sabab bo'ldi. Inqiroz yillarida milliondan ortiq fermer xo'jaliklarining bor- budi sotib yuborildi. Ularning egalari esa ishsizlar safiga qo'shilishdi. Ishsizlik amerikaliklar uchun haqiqiy ofatga aylandi. 1933-yili mamlakatda 17 mln. ishsiz bo'lib, har uchinchi ishchi ish haqidan mahrum edi. AQSHda ish-sizlikdan sug'urtalash tizimi mavjud bo'lmagani bois ko'pchilik odamlar uchun ochdan o'lish haqiqatdan xavf sola boshladi. 1931-yili Nyu-Yorkda ikki mingdan ziyod odam ochlikdan halok bo'ldi. Ishlab turgan ishchilarning ahvoh ham aytarli yaxshi emas edi, zero, ish haqi 40% ga kamaytirilgan, ko'pchilik to'liqsiz ish haftasida mehnat qilardi. Buyuk depressiya ommaviy stachkachihk harakatiga turtki berdi, ishchilar va fermerlarning chiqishlari boshlandi. 1931-yil dekabrida va 1932-yili ishsizlarning Vashingtonga yurishlari tashkil etildi. Ular ―ocharchilik yurishlari ―deb nomlandi. G'alayonlar qishloq xo'jalik hududlariga ham tarqaldi. 22 shtatni fermerlarning chiqish- lari qamrab oldi. Davlat beshafqat repressiyalar yo'h bilan chiqishlarni bostirdi. Qora tanli aholi orasida ham g'alayonlar avj oldi. Ijtimoiy tuzumning barcha tayanchlari dahshatli tezlikda buzila boshlandi. Amerika bir necha yillar mobaynida mavjud tizimning halokati yoqasida turdi. 1932-yili prezidentlikka saylovlar og'ir iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy qutblanish va qizg'in siyosiy kurash sharoitlarida o'tdi. G. Guver - Respublikachilar partiyasidan, Nyu-York shtati gubernatori Franklin Delano Ruzvelt (1882- 1945) Demokratlar partiyasidan nomzod edilar. F. Ruzvelt keng miqyosli iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o'tkazish ko'zda tutilgan ko'lamdor dastur bilan chiqdi. U mustahkam g'alabaga erishdi - Ruzvelt uchun 23 mln. saylovchi ovoz berdi, raqibi esa 16 mln. ovoz oldi. Demokratlar 12 yil mobaynida birinchi bor zafar qozonishib, o'z nomzodlarini Oq uyga chiqarishdi. F. Ruzvelt AQSH ning 32-prezidenti hamda Amerika tarixidagi eng mashhur prezidentlardan biri edi. U 1932-yildan 1944-yilgacha prezidentlikka to'rt marta saylangan yagona prezident ham edi. Zero, konstitutsiyaga ko'ra, prezident faqat ikki muddatga saylanishi mumkin. F. D. Ruzvelt Morganlar moliya guruhiga yaqin boy amerikalik oilasida dunyoga keldi. U AQSHning ikkita eng nufuzli oliy o'quv yurti - Garvard hamda Kolumbiya universitetlarini tamomlab, huquqshunos diplomini oldi. Siyosiy faoliyatini 1910-yili harbiy-dengiz floti ministrining yordamchisi lavozimidan boshladi. Bu vazifasini yetti yil, ya'ni 1920-yilgacha egallab turdi, keyin kasallik tufayli tark etdi. Ruzvelt 1921-yili falaj dardiga yo'liqdi. U mustaqil harakatlanish qobiliyatidan mahrum bo'lsada, buyuk ishbilarmonlik fazilatlari va siyosiy iste'dodi tufayli katta siyosatga qayta oldi. Ruzvelt 1928-yili barcha qonun-qoidalarga qarshi o'laroq, Nyu- York shtati gubernatori etib saylandi. - 83 - FDR (butun Amerika ism-sharifi initsiallariga ko'ra, uni shunday atardi) prezident bo'lgach, Amerika iqtisodiyotida «yangi yo'nalish» sifatida shuhrat qozongan keng miqyosli islohotlarni boshladi. Bu yo'lning mohiyati ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik to'Liq saqlangan holda davlat boshqaruvini iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga keng joriy etishdan iborat edi. Ruzvelt hamda uni quvvatlovchi siyosiy arboblar dadil qadam tashlay olishdi - mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning davlat dastaklarini qo'llash ko'zda tutilar, mehnat huquqini jiddiy qayta ko'rish, ishsizlikka qarshi kurashga katta mablag'lar ajratish va ijtimoiy sug'urta asoslarini yaratish (pensiyalar, kasallik bo'yicha nafaqalar, sog'liqni saqlash, xalq ta'limi tizimini takomil-lashtirish) rejalashtirilgandi. Shunday qilib, Ruzveltning «yangi yo'nalish»idagi asosiy vazifa davlatning iqtisodiy faoliyat jarayoniga faol aralashuvi yo'li orqali mamlakatni inqirozdan chiqarishdan iborat edi. Ruzvelt Amerika bank tizimini qutqarishdan o'z yo'nalishini amalga oshirishga kirishdi. Inqiroz natijasida mamlakatdagi deyarli barcha banklar yopilgan edi. Favqulodda bank qonuni shartlariga ko'ra faqat eng yirik banklarga davlat zayomlari ochish va olish uchun ruxsat berildi. Oqibatda banklar soni qisqardi, lekin qolganlari haqiqatda faoliyat ko'rsatardi. 30-yillarning yarimiga kelib, 1929-yili AQSHda ishlab turgan 25 ming bankdan faqat 15 mingtasi keldi. Ular davlatdan kreditlar olib, omonatchilar bilan hisob-kitob qilishdi. Shu tariqa amerika iqtisodiyotining tabarruk qadamjosi - banklar saqlab qolindi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling