Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114
1933-yil 16-iyunda kuchga kirgan ―sanoatni qayta tiklash haqidagi― qonun 
«yangi yo'nalish» doirasidagi yana bir muhim tadbir bo'ldi. Bu qonun sanoatning davlat 
tomonidan boshqarilishi tizimini joriy qildi. Sanoatning har bir sohasi uchun davlat 
qonuni sifatida tatbiq qilingan «halol raqobat kodekslari» ishlab chiqildi. Mazkur 
kodekslar har bir korxona uchun muayyan ishlab chiqarish hajmini, mahsulot narxini, 
savdo bozorini belgilab berardi. 
Qonun ishbilarmonlarga ish haqining eng kam darajasini va ish haftasining 
maksimal vaqtini kodekslarda qat'iy qayd etishni ham belgilardi. Shuningdek
ishchilarning kasaba uyushmalar vujudga keltirish va jamoaviy shartnomalar tuzish 
huquqi e'lon qilingandi. Sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun bo'yicha ishsizlarga 
yordam choralari ko'zda tutilgandi. Ijtimoiy ishlar maxsus qo'mitasi tuzilib, uning 
ixtiyoriga yo'llar qurish, maktablarni ta'mirlash, sport majmualari va boshqa inshootlar 
barpo etish uchun katta miqdorda mablag' berildi. Mazkur tadbirlar 8 mln. 
amerikaliklarni ish bilan ta'minladi. Ajratilgan mablag'larga 10.000 km. katta yo'llar 
qurildi, 77 ming ko'prik va 800 ta aerodrom barpo etildi, o'nlab harbiy kemalar 
yaratildi. 
Qashshoq oilalardagi 18 dan 25 yoshgacha bo'lgan ishsizlar uchun maxsus 
lagerlar barpo etildi. Bu yerda davlat hisobidan ta'lim olib, sanoatning yangi tarmoqlari 
uchun zarur ixtisosliklarni egallashardi. Har bir shtatga ishsizlarga yordam ko'rsatish 
uchun dotatsiyalar ajratildi. Mazkur faoliyatning miqyoslari ulkan edi va Amerika 
ijtimoiy ziddiyatlardan saqlanishga muvaffaq bo'ldi. 
FDR amerikalik fermerlarni qutqarishga alohida 
e'tibor qaratdi. Inqiroz AQSH qishloq xo'jaligiga 
ulkan ziyon yetkazdi. An'anaviy bozorlarida: 
Fermerlarning ahvoli, 
ijtimoiy qonunchilikdagi 
o’zgarishlar va 
Neoliberalizm siyosatiga 
qarshi harakat 


- 84 - 
mahrum bo'lgan, bank kreditlarini yo'qotgan ko'plab fei mer xo'jaliklari halokatga 
uchradi. Jorjiya, Alabama Oklaxoma, Texas fermerlari o'z fermalarini tark etib, boshqa 
shtatlarga ish va yer topish uchun jo'nab ketishdi. Amerika yo'llari birmuncha yaxshi 
sharoitli shtatlarg jo'nayotgan fermer oilalarining avtomashinalariga to'la edi. Bu 
yerlarda ham ularni o'zlari qochgan xuddi o'sha falokat kutardi. Mazkur voqealarni XX 
asrning buyuk amerikali yozuvchisi Jon Steynbek «G'azab g'ujumlari» asarida ajoyib 
tarzda tasvirlagan. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling